Huawei O‘zbekistondagi eko-loyihalarni qo‘llab-quvvatladi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei O‘zbekistondagi eko-loyihalarni qo‘llab-quvvatladi

2021.12.29

O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi “Yuksalish” milliy harakati bilan birgalikda Tuzilgan memorandum doirasida “Bir million daraxt” aksiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida nihollar yetkazib berdi va “Do‘stlik” bog‘idagi yetuk daraxtlarni parvarishlash uchun mablag‘ o‘tkazdi.

2021-yil 13-noyabr kuni O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi va “Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga va keng ko‘lamli daraxtlar ekish orqali iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan “Bir million daraxt” aksiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Shu kuni Bolalar milliy tibbiyot markazi hududida birgalikda koʻchatlar ekildi va unda Huawei kompaniyasi xodimlari oʻz oilalari bilan, “Yuksalish” umummilliy harakati va “Ezgu amal” jamoat fondi oʻz xodimlari va koʻngillilari bilan ishtirok etdi.

2021-yil 24-dekabr kuni “Do‘stlik” bog‘ida (avvalgi Bobur bog‘i) ko‘proq yetuk daraxtlarni zararkunanda va kasalliklardan davolash va qutqarishga qaratilgan navbatdagi eko-tadbir tashkil etildi. Ekoko‘ngillilarga zarur asbob-uskunalar, materiallar va dori vositalari topshirildi, shuningdek 80 tup buta va daraxt ko‘chatlari ham ekildi.

            “2020-yil boshida oʻzimizning “Yashil Oʻzbekiston” loyihamizni eʼlon qilganimizdan beri biz tabiiy resurslarni asrash va qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, jamoat va nodavlat tashkilotlarning “yashil” aksiyalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va faoliyatning turli sohalari ishtirokchilarining birgalikdagi sa’y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash orqali atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish mavzusi butun dunyoda asosiy mavzulardan biriga aylandi. Biz esa, texnologiyalarga asoslangan va ijtimoiy mas’uliyatli kompaniya sifatida O‘zbekistonning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etayotganimizdan va hamma joyda o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz”, – dedi Huawei Uzbekistan direktori janob Lyu Tszyasin.

20 yildan ortiq vaqtdan buyon Jamoat va nodavlat tashkilotlar, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi faoliyatining ajralmas qismini tashkil etib kelmoqda. Korporativ ijtimoiy mas’uliyat va mahalliy hamjamiyatlarning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Huawei yil davomida bir qator loyihalarni amalga oshirdi, jumladan, “Ezgu Amal” jamoat fondi faoliyatini qo‘llab-quvvatladi. Oʻtgan yili tashkilotlar memorandum imzolagan boʻlib, uning doirasida Huawei shu yilning dekabr oyida saraton kasalliklari bilan kurashayotgan oilalarga yordam berish uchun hayriya mablagʻlarini oʻtkazish orqali yana bir bor “Ezgu Amal” jamoat fondini qoʻllab-quvvatladi.

“Green Uzbekistan” tashabbusi Yuksalishning “Bir million daraxt” aksiyasini qoʻllab-quvvatlashdan tashqari, BMT Taraqqiyot dasturining Orol dengizi tubini koʻkalamzorlashtirish loyihasini ham qamrab oldi. Ikki yil ichida Huawei kompaniyasi Orolbo‘yining qurg‘oqchil hududlariga 30 ming tup saksovul ko‘chatlarini ekishni qo‘llab-quvvatladi.