Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei kompaniyasi O'zbekistonda

Huawei kompaniyasi 1987-yilda tashkil etilgan bo‘lib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) infratuzilmasi va intellektual qurilmalarni yetkazib beruvchi yetakchi global provayder hisoblanadi. Uning 208 000 ga yaqin xodimlari 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda faoliyat yuritib, butun dunyo boʻylab uch milliarddan ortiq odamga xizmat koʻrsatadi.

Huawei maqsadi – aqlli dunyoni yaratish uchun har bir inson, uy va tashkilotni raqamli aloqa bilan ta’minlashdir.

Huawei O‘zbekistonda 26 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib, besh asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratadi: aloqa operatorlari (CNBG), davlat sektori va yirik sanoat (EBG), qayta tiklanadigan energiya (Digital Power) va bulutli hisoblash (Cloud) va oxirgi foydalanuvchilarga intellektual qurilmalarni taqdim etish (CBG). Biz xodimlarimizning kasbiy mahoratini oshirishga doimiy sarmoya kiritamiz, AKT sohasida mutaxassislar va ekspertlarni yetishtirishga hamda O‘zbekiston yosh iste’dodlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratamiz.

ofis-huawei-v-uzbekistane

Huawei O‘zbekistonda

  • 1999-yilda vakolatxonaning tashkil etilishi
  • 2005-yilda “Huawei Tech Investment Tashkent” MChJning tashkil etilishi
  • 400 dan ortiq xodimlar; Ish o'rinlarini 70% mahalliylashtirish
  • Huawei bosh ofisidagi Global marketing va yechimlar markazi
  • Mijozlar, hamkorlar va yoshlar bilan tajriba almashish uchun innovatsion integratsiya markazi..

Atrof-muhitni muhofaza qilish

  • 2020-yilda Huawei O‘zbekistonda "Green Uzbekistan" tashabbusini boshladi, uning doirasida bir qator ekologik loyihalar va aksiyalar amalga oshirildi.
  • Huawei kompaniyasi BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Orol dengizini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgann “Green aral Sea” loyihasini qo‘llab-quvvatladi. 2020-yildan 2022-yilgacha kompaniya tomonidan 40 ming dona saksovul ko‘chati ekish qo‘llab-quvvatlandi.li>
  • 2021-yilda Huawei “Yuksalish” umummilliy harakati bilan memorandum imzoladi va "Bir Million Daraxt" loyihasiga qo‘shildi.
  • 2021-yilda Huawei kompaniyasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda “Aqlli qishloq xo‘jaligi” loyihasini amalga oshirdi.
  • Quyosh energiyasi loyihalarini amalga oshirish

Korporativ ijtimoiy javobgarlik

  • "Seeds for the Future" global ta’lim loyihasini har yili amalga oshirish.
  • TATU va INHA talabalariga turli yillarda stipendiyalar taqdim etish
  • 15 ta mahalliy universitetda AKT akademiyasining ochilishi va O‘zbekiston talabalari uchun ICT Competition
  • Yangi O‘zbekiston universiteti, TATU va Yangi O‘zbekiston universitetida AKT Akademiyasining “aqlli” sinfi ochilishi
  • 2022-yilda Dungan qishlog‘idagi 42-maktabni sinf xonalarini ta’mirlash va mebel bilan ta’minlash
  • 2022-yilda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar press-klubi ochilishini qo‘llab-quvvatlash
  • 2021-yilda Toshkent shahridagi 59-maktabda xitoy tilini eng yaxshi biladigan o‘quvchilarni aniqlash maqsadida stipendiya tanlovini o‘tkazish
  • HAINA loyihasining ishga tushirilishi – TATU qoshidagi Huawei vakolatli akademiyasi 2016 yil
  • 2017-yilda Toshkent shahridagi 59-maktab va International House uy litseyida “aqlli sinflar”ning ochilishi
  • Toshkent shahridagi 250 va 133-sonli maktablarda hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTni chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan maktabda masofaviy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish
  • O‘zbekistonda AKT sammitlari va AKT ko‘rgazmalariga homiylik qilish

O‘zbekistondagi muhim loyihalarimiz

  • “UZMOBILE” Milliy mobil operator tarmog‘ini “UZBEKTELECOM” AK yaratish
  • “O‘zbektelekom” AK Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazini tashkil etish (2015-yil)
  • Hududlarda yuqori tezlikdagi Internet xizmatlarini (EVDO texnologiyasi) taqdim etgan holda UzMobile mobil tarmog‘ini (CDMA 450) rivojlantirish (2015-yil)
  • “O‘zbektelekom” AK magistral tarmoqlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiy markazlarigacha kengaytirish va ishonchliligini oshirish
  • FTTx texnologiyasidan foydalangan holda keng polosali optik foydalanish tarmoqlarini rivojlantirish
  • UMS bilan hamkorlikda RuralStar yechimining qishloq joylarida ilk bor ishga tushirilishi
  • Beeline Uzbekistan bilan birinchi ommaviy 5G sinovi
  • Uzmobile va Ucell bilan birinchi to'liq miqyosli 5G testi
  • Mobiuz tarmoqlarini kengaytirish bo'yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish
  • “Elektron hukumat” tizimi uchun yagona maʼlumotlar markazini ishga tushirish loyihasi (2021-2022-yillar)
  • O'zbekistonda quyosh elektr stansiyalari loyihalarida ishtirok etish
  • ICTWEEK Uzbekistan 2024 doirasida UZTELECOM bilan O‘zbekistonda birinchi 5.5G sinovi


Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyati haqidagi batafsil ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan topishingiz mumkin:Telegram, Instagram, Facebook