Huawei va “Ezgu amal” jamoat fondi xayriya sohasida hamkorlik qiladi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei va “Ezgu amal” jamoat fondi xayriya sohasida hamkorlik qiladi

2020.12.10

[2020-yil 09-dekabr] Huawei kompaniyasi “Ezgu amal” jamoat fondi bilan xayriya yordamini koʻrsatish boʻyicha hamkorlik va qoʻllab-quvvatlovga yoʻnaltirilgan oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Joriy yilning 9-dekabr kuni Huawei Uzbekistan ofisida “Ezgu amal” jamoat fondi bilan oʻzaro anglashuv Memorandumni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Huawei Uzbekistan direktori janob Forest Lyu va Fond boshqaruv raisi Nune Sardaryan fond qaramogʻidagi dori vositalariga va davolash xarajatlarini toʻlashga muhtoj boʻlgan shaxslarga xayriya yordamini koʻrsatish borasida sheriklik masalalarini muhokama etib, ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. 

“EZGU AMAL” jamoat fondi – onkologik kasalliklarni davolash maqsadida yordamga muhtoj oilalar farzandlariga zudlik bilan zarur dori vositalarini xarid qilish uchun koʻngillilar guruhi tashabbusi bilan tashkil etilgan Oʻzbekistondagi birinchi jamoat fondidir.

 Fond avval Facebook tarmogʻidagi “Mir ne bez dobrix lyudey!” guruhi orqali ish olib borgan.  Guruhimiz faoliyati davomida nafaqat jismoniy shaxslar bilan, balki yuridik shaxslar bilan ham hamkorlik qilish uchun notijorat tashkilotni ochish zarurligini anglab yetdik.  Shu tariqa 2018-yilning 12-noyabr sanasida Toshkent shahar Adliya boshqarmasida Fondimiz roʻyxatdan oʻtkazildi. 2019-yilda esa Fond tomonidan yordamga mujtoj insonlarga 3 mlrd. soʻmga teng miqdorda moliyaviy yordam koʻrsatildi. Korzinka.uz, Hyatt Regency, shuningdek HUMO va Pakhtakor kabi sport jamoalari bu borada bizning hamkorlarimiz va koʻmakchilarimizga aylanishdi. Huawei kabi yirik xalqaro kompaniya  faoliyatimizga eʼtibor qaratganidan va biz bilan hamkorlik memorandumini imzolaganidan juda mamnunmiz”, - deb taʼkidladi Fond boshqaruv raisi Nune Sardaryan.

Erishilgan kelishuvlar natijasi oʻlaroq, shu oyning oʻzida Huawei kompaniyasi xayriya yordami sifatida pul mablagʻlarini taqdim etadi. Ushbu mablagʻlar bolalarni davolash va zarur dori vositalarini xarid qilishga yoʻnaltiriladi.

Huawei kompaniyasi oʻz faoliyatini “Oʻzbekistonda, Oʻzbekiston uchun” tamoyili asosida olib boradi va biz mamlakatning ijtimoiy hayotida doimiy ravishda qatnashib, shu yoʻsin oʻz korporativ masʼuliyatimizni ifodalaymiz. Imkoniyatga qarab biz xayriya tashkilotlari bilan hamkorlik doirasini kengaytirib boryapmiz, joriy yilda pandemiya sharotida Mirobod tumanidagi oilalarni qoʻllab-quvvatlash uchun Mahallaning “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga moliyaviy koʻmak berildi, hozir esa davolanishga muhtoj oilalarning farzandlariga yordam qoʻlini choʻzmoqchimiz. 5-dekabr kuni Xalqaro koʻngillilar kuni nishonlandi, biz shu munosabat bilan Oʻzbekiston koʻngillilarining aholining ijtimoiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash borasida qilayotgan harakatlari va mehnatlarini qadrlashimizni maʼlum qilamiz. “Ezgu amal” fondi qanday qilib ezgu ish bolalar salomatligi va baxti uchun oddiy odamlar, biznes vakillari va yirik xalqaro kompaniyalarni birlashtira olishini koʻrsatadigan yaqqol misollardan biridir” - dedi Forrest Lyu, Oʻzbekistondagi Huawei bosh direktori.

Ijtimoya masʼul kompaniya sifatida Huawei Oʻzbekistondagi 20 yillik faoliyati davomida mamlakatda nafaqat AKT infratuzilmasi rivojiga, balki xayriya loyihalarini amalga oshirishda mahalliy hamjamiyatlarga koʻmaklashish, pandemiyaga qarshi kurashish, uskunalarni begʻaraz taqdim etish, raqamli taʼlim uchun binolarni texnologiyalar bilan jihozlash, shuningdek, mintaqada ekologik holatni yaxshilashga oid loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda.  Joriy yil boshida Huawei Green Uzbekistan tashabbusi doirasida UNDP Uzbekistan eʼlon qilgan Orol dengisini tubini koʻkalamzorlashtirish aksiyasiga qoʻshildi. Ijtimoiy jihatdan ahamiyatli hisoblangan bunday xayriya loyihalaridagi hamkorlik muammolarni birgalikda hal etish va koʻmak jarayonini tezlashtirishga imkon beradi. Huawei kompaniyasi boshqa yetakchi xalqaro va mahalliy kompaniyalarni ham ijtimoiy loyihalarga yanada koʻp eʼtibor qaratish va Oʻzbekistonning ijtimoiy sohasiga oʻz hissalarini qoʻshishga chaqiradi.