Huawei Toshkent shahridagi maktablarga ko‘maklashishda davom etmoqda

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei Toshkent shahridagi maktablarga ko‘maklashishda davom etmoqda

2020.09.29

2017-yilda Toshkent shahridagi xitoy tilini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan 59-sonli maktabda Huawei kompaniyasi tomonidan maktab ta’limiga “smart“ texnologiyalarni joriy qilishga doir ilk boshlang‘ich loyiha amalga oshirilgan edi. O‘qituvchilar kunini nishonlash tantanalari arafasida, shuningdek, Xitoyda keng nishonlanadigan an’anaviy kuz o‘rtasidagi bayram (Oy bayrami) ham 1 -oktabr sanasiga to‘g’ri kelishi munosabati bilan Huawei vakillari 59-sonli maktabga yana tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida maktab rahbariyatiga begʻaraz yordam sifatida maktabning texnik bazasini yaxshilashga moʻljallangan noutbuk, smart TV, printerlardan iborat ofis jihozlari topshirish marosimi tashkil qilindi.

“Jamiyatda o‘qituvchining oʻrni har qachongidan-da muhim, ayniqsa, ushbu yil Oʻzbekistonda ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga bag‘ishlanganini inobatga olsak, bu fikrning ahamiyati yanada ortadi. Uchala yoʻnalishdagi taraqqiyotni birlashtirib, raqamli poydevorni kuchaytirgan holda, mamlakatni raqamlashtirishga oid maqsadlarga erishishga xizmat qiladigan ishonchli kadrlar zaxirasini shakllantirish mumkin. Huawei kompaniyasi barcha oʻqituvchi va murabbiylarni ushbu bayram bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sogʻlik, oilaviy farovonlik va sharafli mehnatlarini ado etishda ulkan matonat tilaydi”, - dedi Huawei Oʻzbekiston direktori Forrest Lyu.

Huawei kompaniyasi Oʻzbekistonda 20 yildan buyon faoliyat yuritib, ushbu davr mobaynida muntazam ravishda taʼlim tizimiga ilgʻor texnologiyalarni joriy qilishga alohida urgʻu berib keladi. Bugungi kunga kelib, Huawei texnologiyalari asosida jihozlangan “aqlli” oʻquv xonalari  “International House” litseyi  250 va 133-sonli umumtaʼlim maktablarida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabida ochilgan boʻlib, bundan tashqari, Toshkent irrigatsiya va qishloq intellektual doskasi yordamida masofadan oʻqitish tizimi ishga tushirilmoqda. Har yili kompaniya tomonidan global miqyosda yosh isteʼdodlarga axborot texnologiyalari olamining eshigini ochadigan Seeds for The Future loyihasi oʻtkazib kelinadi.