Raqamli taʼlimni joriy qilishga oid loyiha Toshkent shahrining maktablarida taqdim etildi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Raqamli taʼlimni joriy qilishga oid loyiha Toshkent shahrining maktablarida taqdim etildi

2020.09.16

2020-yilning 16-sentyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan 250-umum-taʼlim maktabida va Olmazor tumanida joylashgan 133-umum-taʼlim maktabida raqamli taʼlimni singdirishga oid boshlangʻich loyiha taqdim etilib, u Xalq taʼlimi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida Huawei kompaniyasi va Oʻztelekom milliy operatori hamkorligida amalga oshirildi. Mazkur sinov loyihasi ushbu ikki maktabda joriy qilinish bilan bir qatorda, Muhammad Al-Horazmiy nomidagi AKT fanlariga ixtisoslashgan maxsus maktabda ham tadbiq etildi.

Mazkur boshlangʻich loyiha Xalq taʼlimi vazirligi va Huawei kompaniyasi oʻrtasida oʻtgan yili tuzilgan “Xalq taʼlimi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish toʻgʻrisida”gi Memorandum doirasida amalga tatbiq etildi. Loyiha doirasida ikkita maktabda unga ajratilgan oʻquv xonalari Wi-Fi tarmogʻi bilan qoplandi, masofaviy taʼlim va real vaqtda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun videokonferens aloqa tizimlari yoʻlga qoʻyildi, axborot texnologiyalarini oʻrganishga xizmat qiladigan auditoriyalar planshetlar, bulutli xotira uchun zarur server uskunasi bilan jihozlandi, shuningdek, Oʻzbektelekom milliy operatori bilan hamkorlikda axborot uzatish tarmogʻiga oid infratuzilma yaratildi. Har bir maktabda beshtadan oʻquv xonasi to’liq ta’mirdan chiqarildi.

"Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlagani ham bejizga emas. Zero, muhtaram yurtboshimiz 2020 yilning nomida raqamli iqtisod atamasi borligi va bu borada keng ommaga, maktab bolalariga tushunchalar berish uchun pedagoglarga tinmay murojaat qilmoqdalar. Xalq ta'limi sohasida ham raqamli tizimni rivojlantirishda bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda", deb taʼkidladi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari Rustam Karimjonov.

“Oʻtgan yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Huawei bosh qarorgohiga qilgan tashrifi davomida davlat rahbari axborot texnologiyalari yoʻnalishida kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning zarurligini alohida taʼkidlab oʻtdi, binobarin, bu omil mamlakatdagi raqamli iqtisodiyotni rivojlantiraishda poydevor hisoblanadi. Oʻquv jarayonida yuqori texnologiyalardan foydalanish mamlakat kadrlar zaxirasini tayyorlashda muhim rol oʻynaydi. Mazkur muassasalarda yoʻlga qoʻyilgan boshlangʻich loyihalar Oʻzbekistondagi boshqa maktablarni ham kelgusida raqamlashtirish uchun zarur boʻlgan imkoniyatlarni oʻzida aks ettiradi. Biz ushbu yoʻnalishda hamkorlikni davom ettirishdan faqat mamnun boʻlamiz”, - dedi Davron Azizov, Huawei kompaniyasining korporativ aloqalar departamenti rahbari.

Soʻnggi oylar mobaynida pandemiya sharoitida raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati har qachongidan-da ortdi. Taʼlim va tibbiyot singari ijtimoiy sohalarning raqamlashtirilishi, birincha galda, aholiga xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirishda oʻzining ijobiy jihatlarini namoyon qilmoqda. Texnologiyalar pedagogika va tibbiyot xodimlarining yelkasiga tushadigan yukni yengillashtirish, shu bilan birga, axborot almashish jarayonining sifatini oshirish va uni tezlashtirishga xizmat qilishi lozimdir. Ayni shu sabab tufayli maktab partasidanoq yosh avlodda raqamli koʻnikmalarni hosil qilish va uni yuqori texnologiyalar olamiga uygʻunlashtirish juda muhimdir.