Oʻzbekiston Prezidenti Huawei kompaniyasi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda taqdim etilgan “aqlli” sinf xonasiga tashrif buyurdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Oʻzbekiston Prezidenti Huawei kompaniyasi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda taqdim etilgan “aqlli” sinf xonasiga tashrif buyurdi

2019.12.27

27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT yoʻnalishidagi fanlarni chuqur oʻrganish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktabning yangi binosining ochilish marosimida Huawei kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga innovatsion oʻquv xonasiga asoslangan “aqlli” taʼlim tizimini taqdim etdi.

Mamlakatimiz rahbarining tashrifi davomida Huawei kompaniyasi vakillari innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda oʻquv jarayonini tashkil etishning koʻrgazmali namoyishini oʻtkazdilar. CloudLink aqlli videokonferensiya aloqasi tizimi asosida, kompaniyaning Xitoydagi bosh qarorgohining oʻquv markaziga ulanish amalga oshirildi. Mazkur yechim oʻqituvchiga real vaqt tartibida dunyoning istalgan burchagida turib ham bir nechta oʻquv yurtlari uchun maʼruza darslarini oʻtkazish imkonini beradi. Doʻstona boshqaruv interfeysi tufayli mazkur tizimdan oʻqituvchi ham, talaba ham osonlik bilan foydalanishi mumkin.

“Aqlli” oʻquv xonasi, shuningdek, darsliklar va yozuv anjomlaridan foydalanish ehtiyojini kamaytiradigan terminal qurilmalari (media-planshetlar) bilan jihozlangan.

Huaweiʼning “Smart Education” loyihalari uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturiy taʼminoti media-planshetlar bilan ham birlashtirilgan boʻlib, oʻqituvchi real vaqt tartibida:

- talabalar faoliyatini kuzatishi mumkin;

- media resurslarni (prezentatsiyalar, oʻquv filmlari va boshqalarni) oʻquvchilarning media-planshetlariga ham, aqlli doskalarga ham uzatishi mumkin;

- imtihon sinovlarini oʻtkazishi mumkin (imtihon tugaganidan soʻng darhol natijani maʼlum qilish imkoniyati bilan).

 “CloudLink Board – bu video konferensiyalar uchun aqlli ish stantsiyasi boʻlib, u interfaol aloqa, kontentni simsiz uzatish va boshqa shu kabi imkoniyatlarga ega. Ovoz boshqaruvi, aqlli uzatish, yuzni aniqlash texnologiyasi va sunʼiy intellektga asoslangan boshqa funksiyalarga egaligi tufayli CloudLink Board sizga real vaqt tartibida ishtirokchilarning hamkorlikda ishlashiga moʻljallangan mutlaqo yangi intelektual video konferensiyalarga kirish huquqini beradi”, – dedi, Huawei Uzbekistanʼning jamoatchilik va davlat organlari bilan aloqalar boʻyicha direktori Davron Azizov. 2020-yilda Huawei kompaniyasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda mazkur aqlli tizimlarni Toshkentdagi yana ikkita maktabda qoʻllashni rejalashtirmoqda.

Huawei kompaniyasi taʼlimga katta eʼtibor bermoqda va Oʻzbekistonda AKT yoʻnalishidagi isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga hissa qoʻshmoqda. Kompaniya tomonidan oʻquv xonalarini “aqlli taʼlim tizimlari bilan jihozlash boʻyicha bir nechta loyihalar amalga oshirilgan edi. Jumladan, Toshkent shahridagi 59-sonli maktabda va International house litseyida aqlli” oʻquv xonalari ochilgan edi. Doimiy ravishda, “Seeds for the Future” global loyihasi doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, China Campus Network va Jurnalistika universiteti kabi oʻquv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.