Seeds for the Future 2020
"Kelajak nihollari" (Seeds for the Future) - bu Huawei kompaniyasining korporativ ijtimoiy mas’uliyati doirasida amalga oshirilayotgan global dastur. 2008 yilda ishga tushirilgan mazkur loyiha AKT sohasidagi mahalliy iste'dodlarni yetishtirishni taraqqiy ettirish, iste’dodli yoshlarning dunyoqarashi va bilimlarini kengaytirish, ular orasida telekommunikatsiya haqida chuqur tushunchani hamda sohaga bo’lgan qiziqishni shakllantirish, shuningdek, mintaqa mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarni yaxshilashga va raqamli hamjamiyatda ishtirok etishni rag'batlantirishga qaratilgan.
Bugungi kunga qadar "Kelajak nihollari" dasturida 126 mamlakat va qator mintaqalar vakillari ishtirok etib, dunyoning 500 dan ortiq universitetlaridan 30 000 talaba ushbu dasturning ishtirokchilariga aylandi, natijada, jami 5770 nafar eng yaxshi talabalar “Huawei”ning Xitoydagi bosh ofisida amaliyotdan o’tish imkoniyatini qo’lga kiritdilar.
O'zbekistonda "Kelajak nihollari" loyihasi 6 yildan beri amalga oshirilib kelinmoqda. Loyiha doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (TATU) 50 nafar talabasi Xitoyga tashrif buyurib, kompaniyaning bosh ofisida amaliyot o'tashdi. 2017 yilda "Kelajak nihollari" loyihasining 4 nafar ishtirokchisi Pekindagi "Bir makon, bir yo'l" Xalqaro sammitida ishtirok etib, unda 30 mamlakatdan sammitda ishtirok etgan davlat va hukumat rahbarlari oldida loyiha taqdimotini o'tkazdilar. O'tgan yili O'zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Baxtiyor Saidov Shenchjen shahrida bo'lib o'tgan g’oliblarni mukofotlash marosimida qatnashdi va IT-sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash muhimligini ta'kidlab, loyihamiz ishtirokchilarini tabrik nutqi bilan qo'llab-quvvatladi.
Universitetni tamomlagandan so'ng 2018 va 2019 yilgi dasturlarning bitiruvchilari O'zbekistondagi “Huawei” kompaniyasi ofisida amaliyot o'tadilar hamda ularning bir qatori kompaniyaning o'zbek ofisi xodimlariga aylanishga ulgurdilar.
Dunyoda pandemiya natijasida vujudga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda, bu yil "Kelajak nihollari" loyihasi onlayn tarzda amalga oshirilmoqda, biroq bu hech qachon uning qiymatini hamda axborot ulashish nuqtai nazaridan ahamiyatini tushirmaydi. Talabalar 5 kun davomida 5G texnologiyalari, bulutli hisoblash, sun'iy intellekt, HMS bo'yicha chuqurlashtirilgan kurslarda qatnashishlari, shuningdek “Huawei”ning Xitoydagi bosh qarorgohi va bazalari bo'ylab virtual sayohat qilishlari hamda XXR madaniyati va an'analari bilan tanishishlari mumkin bo’ladi.
Ushbu kunlarda O'zbekistonda "Kelajak nihollari" 6-loyihasiga tanlov boshlanganligini e'lon qilamiz. “Huawei” kompaniyasi 3- va 4-kurs talabalarini tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. Arizalar mazkur yil 1 oktabrgacha qabul qilinadi, so'ngra eng yuqori ilmiy natijalarga erishgan va bilimga chanqoq bo'lgan ilg’or nomzodlar saralab olinadi.
Ariza berish uchun talabalar quyidagilarni taqdim etishlari kerak:
- CV (ingliz tilida)
- O'zini tanishtirish videosi (ingliz tilida)
- Nima uchun dasturda qatnashishni xohlayotganingizni ochib beruvchi insho (ingliz tilida)
- O'zlashtirish darajasi baholari (sinov daftarchasidan nusxa)
- Kurslar, treninglar va b.lardan o’tganlik haqidagi sertifikatlar
Axborot texnologiyalari sohasidagi quyidagi o'quv yurtlari talabalari ishtirok etish uchun taklif etiladi:
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)
- Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maxsus maktabi (yuqori sinflar)
O'z ta’lim muassasasida tanlovning birinchi bosqichidan ot’gan talabalar “Huawei” vakillari bilan suhbatga taklif qilinadi. Suhbat ingliz tilida olib boriladi. Suhbat natijalariga ko'ra eng yaxshi talabalar dasturning ishtirokchilariga aylanadi.
Dastur tafsilotlari bilan har bir ta'lim muassasasining Xalqaro bo'limida tanishishingiz mumkin.
Global loyiha to’g’risidagi ma'lumotni esa bu yerda topishingiz mumkin.