Huawei Tech4Good global tanlovida O‘zbekiston sovrinli o’rinni egalladi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei Tech4Good global tanlovida O‘zbekiston sovrinli o’rinni egalladi

2024.01.12

Sakkiz nafar o‘zbekistonlik talabalardan tashkil topgan “Techno Mind” jamoasi global Tech4Good tanlovida “Aquatibia” loyihasini taqdim etib, sovrinli o‘rinni egalladi. Shuningdek, suv va tuproqdagi tuz va og‘ir metallar miqdorini kamaytirish maqsadida qishloq xo‘jaligi uchun raqamli texnologiyalardan foydalangan holda integratsiyalashgan suv filtrlash tizimini yaratish loyihasi People’s Choice Award ovoz berish jarayonida “Tomoshabinlar tanlovi” deb topildi. Global musobaqaning finali O‘zbekiston, Jazoir, Singapur, Italiya, Chili, BAA, Kolumbiya, Germaniya, Braziliya va Namibiyalik o‘nta jamoa ishtirokida 2024-yil 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi.


2024-yil 11-yanvar Huawei Seeds for the Future 2023 taʼlim dasturi doirasida oʻtkazilgan Tech4Good global tanlovida oʻzbekistonlik sakkiz nafar talaba Silver Award mukofotiga sazovor bo‘ldi. Tanlovda Jazoir, Singapur, Italiya, Chili, BAA, Kolumbiya, Germaniya, Braziliya va Namibiyadan toʻqqizta jamoa bilan bir qatorda Oʻzbekistonlik jamoa ham ishtirok etdi. Loyihada Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti va Yangi O‘zbekiston universiteti talabalari g‘olib deb topildi. Tanlovda Namibiya, Germaniya va Braziliyadan kelgan talabalar ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tanlovning nufuzli hakamlar hay’atiga taqdim etilgan “Aquatibia” loyihasi qishloq xo‘jaligi uchun raqamli yechimlardan foydalangan holda suv va tuproqdagi tuz va og‘ir metallarni kamaytirish uchun lignin asosidagi innovatsion filtrga ega bo‘lgan integratsiyalashgan suv filtrlash tizimidir. Mazkur tizimni ishlab chiqish va joriy etish orqali chiqindilarning minimal darajasiga erishish, ocharchilikni bartaraf etish (BRM2) va toza suv va sanitariya (BRM6) kabi muhim barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishga qaratilgan. Loyihani amalga oshirish atrof-muhitga, qishloq xo‘jaligiga, tuproq sifatiga va hududlarda turmush sharoitini yaxshilashga katta ta’sir ko‘rsatishi, bir vaqtning o‘zida ikkita asosiy muammoni: biologik chiqindilarni qayta ishlatish va sug‘orish suvlarini tuzlar va og‘ir metallardan filtrlash ishlarini hal etishi mumkin

“AKT sohasida iqtidorli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Huawei kompaniyasida biz raqamli ko‘nikmalardagi tafovut milliy iqtisodiyot va insonlar hayotiga ta’sir qilishiga amin bo'ldik va raqamli sohada iste’dodlarni rivojlantirish bo‘yicha qator dastur va tashabbuslarni amalga oshirmoqdamiz, jumladan Seeds for the Future, Tech4Good tanlovi va AKT Akademiyasi”, — dedi. Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay. – Seeds for the Future 2023 ishtirokchilari Tech4Good g'olibligi sari uzoq yo'l bosib o'tishdi, jumladan, AKT bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish kurslarida qatnashishdi, bir necha mamlakatlarga tashrif buyurishdi va butun dunyodan talabalar bilan xalqaro tadbirlarda qatnashishdi. Biz barcha hamkorlarga, xususan, Raqamli texnologiyalar vazirligiga, oliy o'quv yurtlari rahbariyati va professor-o‘qituvchilariga ochiq hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yaratib berganliklari va bu yo‘lda talabalarni qo‘llab-quvvatlayotganliklari uchun minnatdormiz. Shuningdek, Tomoshabinlar tanlovi uchun ochiq ovoz berishda jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiramiz”.

Tech4Good 2023 tanlovi O‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun bir necha bosqichda o‘tkazildi. Birinchi tanlov 2023-yil sentabr oyida Qatar poytaxti Doha shahrida mintaqaviy darajada bo’lib o’tgan, har yili o’tkaziluvchi Seeds for the Future ta’lim dasturi davomida amalga oshirildi va unda O‘zbekistonlik o‘n besh nafar talaba ishtirok etdi. BAAning Dubay shahrida akseleratsiya dasturi ko‘rinishidagi ikkinchi bosqich bo‘lib o‘tdi va unda o‘zbekistonlik talabalar Tech4Good mintaqaviy chempioni bo‘lishdi. Mintaqaviy bosqich natijalariga ko‘ra, “Techno Mind” jamoasi 2023-yil dekabr oyida BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Seeds Tour va COP-28 tadbirlarida ishtirok etish uchun taklif qilindi va u yerda “Talent & Green Summit”da o‘z loyihasini taqdim etdi. Global bosqich g'oliblari sifatida talabalar bu yil Startup Sprintda ishtirok etish, biznes ko'nikmalarini oshirish va startap loyihasi uchun qo'shimcha moliyalashtirish imkoniyatlarini olish uchun Xitoyga tashrif buyuradilar.

– O‘tgan yilning sentabr oyida mintaqaviy chempionatida g‘olib chiqqanimizdan so‘ng, jamoamiz bilan global final bosqichiga jiddiy tayyorgarlik ko‘ra boshladik. Biz texnologiyamiz yordamida, suv resurslarini himoya qilish bo'yicha tobora ortib borayotgan muammolarni hal qilishimiz kerakligi tushundik. Bizning suv filtrimiz shunchaki g'oya emas, bu barqaror kelajak sari intilishdir. Biz o'z vazifamizning dolzarbligini to'liq tushungan holda odamlarni toza suv bilan ta'minlashga intilamiz. Huawei kompaniyasiga bunday taʼlim loyihalarini amalga oshirgani va tanlovni tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Loyiha bizga ko‘p narsani o‘rgatdi va biz o‘z qarashlarimiz bilan o‘rtoqlashadigan ajoyib insonlarni uchratdik”, — dedi “Techno Mind” jamoasi yetakshisi Nodira Otabekova.

Tech4Good global tanlovining jonli efir yozuvini tadbir mini-saytida va YouTube kanalida ko'rish mumkin.

Tech4Good — Seeds for the Future flagman ta'lim dasturi doirasidagi tanlov bo'lib, ilk marta 2021-yilda talabalarni raqamli texnologiyalar orqali ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishga jalb qilish hamda startap g'oyasini tijorat uchun foydali loyihaga aylantirish maqsadida o'tkazilgan.

Seeds for the Future — kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab AKT iste’dodlarini rivojlantirishga qaratilgan korporativ ijtimoiy mas’uliyat bo‘yicha flagman ta’lim dasturidir. Loyiha 2008-yildan buyon butun dunyo bo'ylab amalga oshirilib kelinmoqda, O‘zbekistonda 2024-yilda Seeds for the Future 10-marta o‘tkaziladi. Loyiha yo’lga qo’yilgan davrdan beri oʻzbekistonlik 50 nafar talaba Xitoyda tahsil oldi, 82 nafar talaba pandemiya sababli loyihaning onlayn va gibrid versiyalarida ishtirok etdi, 15 nafar talaba esa 2023-yilda Qatardagi eng yirik loyihaga qoʻshildi.