Huawei va UZTELECOM O‘zbekistonning AKT infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirdi
UZTELECOM milliy aloqa operatori va Huawei kompaniyasi oʻrtasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida respublika AKT infratuzilmasini mustahkamlash boʻyicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan shartnomalar imzolandi.
Xitoy Xalq Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi kunlarida Samarqand shahrida Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay va “Uzbektelecom” AK bosh direktori Nazirjon Xasanov o‘rtasida joriy loyihalarni muhokama qilish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Oʻzbekistonning AKT infratuzilmasini mustahkamlash sohasida, shuningdek, “Raqamli Oʻzbekiston 2030” strategiyasini jadal amalga oshirish uchun hamkorlikni kengaytirish rejalarini belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida tomonlar UZTELECOM infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, operatorning transport tarmoqlarini mustahkamlash, mobil aloqa qamrovini kengaytirish va shaharlar va qishloq joylarda keng polosali Internet qamrovini kengaytirish, shuningdek, bulutli yechimlar va xizmat ko‘rsatish platformalarini joriy etish bo’yicha shartnomalar tuzishdi. Natijada, kelishuv bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish foydalanuvchi tajribasini yaxshilash, operator abonentlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, chekka hududlarda ham aloqani ta’minlash hamda O‘zbekiston iqtisodiyoti va hayotining barcha tarmoqlarini raqamli o‘zgartirishni jadallashtirish imkonini beradi.
“Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 23 yildan ortiq UZTELECOM milliy aloqa operatorining strategik hamkori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan yillar davomida AKT sohasini mustahkamlash bo‘yicha ko‘plab davlat ahamiyatiga ega loyihalar birgalikda amalga oshirilib, mamlakatimizdagi turli xil soha va yo’nalishlarni raqamli rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Shu kunlarda ShHT sammiti doirasida yuqori martabali mehmonlarni qabul qilayotgan Samarqand shahridagi sayyohlik majmuasida 5G tarmog‘ini ishga tushirish bo‘yicha yaqinda amalga oshirilayotgan loyihalarimiz, shuningdek, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash “Elektron hukumat tizimi” yagona markazini ishga tushirish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar bundan dalolat beradi. Bugungi kunda tuzilgan shartnomalar hamkorlikning keyingi yo‘nalishlarini belgilab berdi va O‘zbekistonning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shish rejalarimizni mustahkamladi”, — dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay.
O‘zbekistondagi ko’p yillik faoliyati davomida Huawei kompaniyasi barcha mahalliy aloqa operatorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi va AKT sanoatini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarda faol ishtirok etmoqda. Operator segmenti uchun yechimlar va xizmatlarni taqdim etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish bilan bir qatorda kompaniya qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan “yashil” texnologiyalarni joriy etish hamda IT-kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish sohasida ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish orqali mamlakatni barqaror rivojlantirishga e’tibor qaratib kelmoqda. Shu tariqa, yaqin kunlarda Samarqand davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.