Huawei Uzbekistan va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei Uzbekistan va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

2022.09.13

O‘zbekistondagi Huawei va Sharaf Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti (SamDU) o‘rtasida raqamli asrda iqtidorli yoshlarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash sohasida hamkorlik qilishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.

2022 yil 12 sentyabr Samarqandda boʻlib oʻtadigan ShHT sammiti arafasida Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori Chen Szyakay Sharaf Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurib, prorektor Akmal Axatov boshchiligida universitet rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda SamDU vakillari oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, Xitoy, Germaniya, Isroil, Ispaniya, Italiya, Turkiya kabi turli mamlakatlarning kompaniya va universitetlari bilan erishilgan xalqaro hamkorlik muvaffaqiyatlari bilan bo’lishdilar.

“Biz bugun ShHT sammiti kabi yirik mintaqaviy tadbirlardan biri arafasida Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbariyatini Samarqandda kutib olishdan mamnunmiz. Bizning universitetimiz uzoq tarixga ega bo'lib, doimiy ravishda innovatsiyalar va raqamli taraqqiyotga intiladi. Huawei bilan hamkorlik yoshlarni AKT texnologiyalarini o‘rganishga yanada ko‘proq jalb etish va mamlakatning raqamli ishchi kuchini mustahkamlash uchun o‘z vaqtida amalga oshirilgan chora bo‘ladi”, — dedi SamDU prorektori Akmal Axatov.


Huawei O‘zbekistonda 23 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib, ta’lim sohasida korporativ ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirishga katta e’tibor qaratib kelmoqda. Bugungi kunga qadar kompaniya mahalliy yirik IT universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan va har yili qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. Raqamlashtirish faoliyatning mutlaqo barcha sohalariga ta’sir qilishini hisobga olib, Huawei irrigatsiya, qishloq xo‘jaligi, transport, iqtisodiyot, diplomatiya va jurnalistika kabi sohalarda mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha universitetlar bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

“Mamlakatning raqamli ekotizimini mustahkamlash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish muhimligini anglagan holda, biz koʻproq AKT sohasida kadrlar tayyorlash va IT sohasida yangi bilim olishga intilayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga va raqamli koʻnikmalarini oshirishga eʼtibor qaratishimiz kerak. Bugun biz O‘zbekistonning respublikadan tashqarida IT-xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylanish borasidagi ulkan salohiyatini ko‘rib turibmiz. Ushbu to'lqinda va davlatning sohaga investitsiyalarini hisobga olgan holda, bizning ofisimiz ham kengayib bormoqda. Yaqinda biz kompaniyamiz faoliyatini Markaziy Osiyo, MDH va Yevropa mamlakatlari uchun qoʻllab-quvvatlash maqsadida Yevroosiyo resurs markazini ochdik. Ushbu markaz shuningdek, 2012 yildan beri BPO rejimida autsorsing faoliyatini amalga oshirib kelayotgan beshta global marketing markazlaridan birini o'z ichiga olgan. – dedi muzokaralar chog‘ida Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay Bugun ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammiti arafasida universitetingizda va shahringizda boʻlganimdan xursandman. Bu yerda tadbirga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilganligi ko’rinib turibdi. Oʻz navbatida biz ham mahalliy aloqa operatorlari bilan hamkorlikda beshinchi avlod tarmoqlarini oʻrnatish va ishga tushirishni koʻrib chiqib, shaharning raqamli rivojlanishiga hissa qoʻshishga harakat qilmoqdamiz”.


Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Memorandumda hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari Huawei AKT Akademiyasining va “Seed for the Future” oʻquv dasturi asosida taʼlim loyihalarini amalga oshirish, universitet faoliyatiga raqamli yechimlarni, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish imkoniyatlarini o‘rganish bo’ldi.