“Yashil” va “aqlli” fotoelektrik tizimlar Oʻzbekistondagi har bir xonadon va tashkilot uchun asosiy energiya manbai sifatida.
2022-yil 10-iyun kuni boʻlib oʻtgan QTEM boʻyicha videoselektor yigʻilishida Oʻzbekiston Prezidenti QTEMʼdan foydalanayotgan aholi va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimi haqida maʼlum qilgan edi. Unga koʻra quyosh qurilmalarini oʻrnatish uchun quvvatiga qarab 15 million soʻmgacha kompensatsiya toʻlanadi yoki qurilmani uch yillik foizsiz muddatli toʻlov asosida xarid qilish imkoniyati yaratiladi. 2022-yil oxirigacha 2107 ta bolalar bogʻchasi, 1000 ta maktab, 1071 ta oilaviy shifokor punktlari, poliklinika va shifoxonalar, 1000 ta yangi tibbiyot punktlari, 200 ta qariyalar uyi va boshqa tibbiyot muassasalariga quyosh batareyalarini oʻrnatish rejalashtirilmoqda.
Respublikada qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga muvofiq Huawei kam uglerodli rivojlanishni jadallashtirish va Oʻzbekiston aholisi uchun yanada intelektual, ekologik va yaxshi hayotni taʼminlash uchun toza, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini taʼminlash maqsadida innovatsiyalarni joriy etish va mahalliy hamkorlar bilan hamkorlik qilishni davom ettirmoqda.
Joriy yilda kompaniya tomonidan ishlab chiqarish, tijorat va sanoat sektorida foydalanish uchun moʻljallangan yirik elektr stansiyalari va xoʻjalikda foydalaniluvchi quyosh elektrostansiyalar bozori uchun fotovoltaniklar va energiya saqlash texnologiyalarini oʻzida birlashtirgan elektr stansiyalari uchun yangi FusionSolar Smart PV Intelektual Fotoelektrik Yechimni ishga tushirdi. Taqdim etilgan yechimlar har bir uy va tashkilot uchun asosiy energiya manbai sifatida quyosh elektr stansiyalarining yashil aqlli yechimlariga oʻtishni tezlashtirish imkonini beradi.
I. FusionSolar Smart PV 6.0+ yechimi: Samaradorlikni oshirish uchun har qanday joyda foydalanish imkoniyati
Huawei turli sanoat ssenariylaridagi talablarga javob bergan holda oʻzining Smart String Inverterdan foydalaniladigan Smart PV yechimini rivojlantirishda davom etmoqda. Kompaniya raqamli texnologiyalar va quvvatli elektronika texnologiyalarini integratsiyalash, shuningdek fotoelektr sanoatining raqamli va aqlli rivojlanishiga koʻmaklashish hisobiga ekologik toza quyosh energiyasini ishlab chiqarish boʻyicha saʼy-harakatlari uchun butun dunyoda mijozlar tomonidan keng eʼtirof etilgan.
Huawei kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan aqlli simli yechimlar fotoelektr sanoatida muhim tanlovga aylandi. Oʻzining yetakchi mavqeiga tayanib, FusionSolar 6.0+ yuqori energiya ishab chiqarish, aqlli foydalanish va texnik xizmat koʻrsatishni (O&M) taklif qilishda davom etmoqda, shu bilan birga xavfsizlik, ishonchlilik va tarmoqni shakllantirish sohasida katta yutuqlarga erishmoqda va bu bilan mijozlarning sarflagan sarmoyalarini samarali qoplamoqda.
II. Smart String ESS energiyani saqlash boʻyicha yechim: Elektr energiyasi narxining optimal darajasi uchun FusionSolar
Energiyani gʻamlash umumiy sof energiya ishlab chiqarish siklida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilishda muhim rol oʻynaydi. Energiyani gʻamlash yechimi (ESS) bir vaqtning oʻzida quvvat zahirasi, regulyator va tarmoq stabilizatori boʻlib xizmat qiladi va yuqori kuchlanishlarni ushlab qolish va chastotalarni tartibga solish uchun qimmatli resurslarni taʼminlaydi. ESS uchun bozor standartlari tobora kuchayib borishi kutilmoqda.
Anʼanaviy energiya saqlash yechimlari katakchalarning nomuvofiqligi tufayli cheklangan sigʻimga egaligi, xizmat qilish muddatining qisqaligi, foydalanishga va texnik xizmat koʻrsatishga qiyinligi va xavfsizlik borasida yuqori riskka egaligi bilan ajralib turadi va bu omillar ESSʼdan keng foydalanishga toʻsqinlik qilmoqda. ESS sohasida tadqiqotlar oʻtkazish va ishlanmalar ishlab chiqish boʻyicha 10 yildan ortiq tajribaga ega Huawei kompaniyasi litiyli batareyalardagi cheklovlarini bartaraf etish uchun raqamli texnologiya, quvvat elektronikasi va energiyani saqlash texnologiyasini noyob aqlli simli tuzilmaga birlashtirmoqda. Huawei Smart String ESS yuqori kuchlanishlarni ushlab qolish va chastotalarni tartibga solish uchun juda mos yechim boʻlib, u yuqori foyda olish salohiyatiga ega, moslashuvchan va tejamkordir.
Turli biznes modellariga muvofiq, Huawei Smart String ESS moslashuvchan tarzda joylashtirilishi va mijozlar uchun qiymat yaratishi mumkin. Bizning energiya saqlash yechimimiz Smart Rack Controller yordamida batareya zaryadsizlanishini optimallashtirilgan boshqaruvini taʼminlaydi, bu esa chastotalarni tartibga solish uchun juda muhim boʻlgan uzoq va doimiy chiquvchi quvvatni taʼminlaydi. Shu bilan birga, Huaweiʼning avtomatik SOC kalibrovkasi va foydalanishga qulayligi ESS uchun chastotani tartibga solish ssenariylaridagi yuqori SOC balansi chastotasi va komponentlarning nosozliklari kabi tarmoq muammolarini hal qiladi, bu esa mijozlar uchun foydalanish xarajatlarini kamaytiradi. Maksimal yuklanishni kamaytirish uchun Pack Optimizer va Smart Rack Controller hayot sikli davomida quvvat ishlab chiqarishni 15% ga oshiradi va mijozlarga yuqori daromad keltiradi.
III. Tijorat va sanoat Smart PV 2.0 yechimi: Barqaror biznes uchun FusionSolar
Korxonalarning energiya xarajatlari va uglerod chiqindilarini kamaytirish uchun ortib borayotgan talabini hisobga olgan holda, Huawei mutloq yangi uch fazali invertor (SUN2000-50KTL-M3), 100 kVt quvvatni sozlash tizimiga (PCS) va aqlli PV optimallashtiruvchisiga (MERC-1100W/1300W-P) ulanishi mumkin boʻlgan Smart String ESS (LUNA2000-200KWH -2H0) ni oʻz ichiga olgan 1+3 C&I Smart PV Solution 2.0 yechimini ishlab chiqdi. C&I Smart PV yechimining yangi avlodi turli sanoat tarmoqlari uchun optimallashtirilgan energiya xarajatlari, faol xavfsizlik va imkoniyatlarni kengaytirish uchun aqlli foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish imkoniyatlariga ega kam uglerodli davrni boshlab beradi.
Korxonalarning elektr energiyasi isteʼmoli odatda kunduzi eng yuqori darajaga yetadi va isteʼmol egri chizigʻi PV egri chizigʻiga nisbatan mos keladi. Fotoelektr energiyani oʻz isteʼmoli uchun ishlatish va qolgan quvvatni imtiyozli tariflarda tarmoqqa sotish orqali elektr energiyasi xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. ESSʼni oʻrnatish energiya isteʼmolini 80% dan koʻproqqa oshiradi va eng yuqori narxlardan foydalanish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish mumkin boʻladi. Bularning barchasi mijozlarga yashil rivojlanish uchun raqobatbardoshlikni oshiradigan past uglerodli muhitni yaratishga yordam beradi.
IV. Uylar uchun aqlli fotoelektr 3.0 yechimi: yanada yaxshiroq hayot uchun FusionSolar
Bu yil Huawei yangilangan “1+3+X” dizaynini taqdim etdi. Modul kontrolleri, ESS, elektromobil uchun zaryadlovchi qurilma va boshqaruv tizimini oʻzida birlashtirgan aqlli energiya kontrolleri hisobiga integratsiyalashgan yechim aqlli energiya isteʼmoli ekotizimini taʼminlaydi. Bu avvalgi avlodga nisbatan fotoelektrik tizimlardan isteʼmol qilishni 70% dan 90% gacha oshiradi, bu esa elektr energiya xarajatlarini kamaytirish, faol xavfsizlikni taʼminlash va aqlli yordamchi vazifasini bajarish bilan uylarda ekologik sof energiyadan keng qamrovli foydalanish imkonini yaratadi.
PV va ESS kombinatsiyasi elektr uzilishlari vaqtida zaxira quvvatni kafolatlaydi, xavfsizlik tizimi, yoritish tizimi va maishiy texnikalar kabi muhim jihozlarning uzluksiz ishlashini taʼminlaydi va bu bilan foydalanuvchilarni uyda elektr taʼminotining oʻchib qolishi muammosidan xalos qiladi.
Huawei kam uglerodli muhit va yanada ekologik toza va yaxshiroq kelajak qurish uchun butun dunyo boʻylab oʻzining buyurtmachilari va biznes sheriklari bilan hamkorlikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), quvvat elektronikasi va energiyani saqlashni yaxlit tizimda birlashtirishga harakat qilmoqda. Kompaniya Oʻzbekistonda 23 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib keladi va shu kunga qadar Huawei raqamli energetika yechimlari yirik va korporativ quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish boʻyicha qator loyihalarda qoʻllanilgan. Yaqinda boʻlib oʻtgan ShHT Iqtisodiy forumi doirasida Huawei “INNO” texnoparki hududida boʻlib oʻtgan ShHT sanoat innovatsiyalari yarmarkasida raqamli yechimlarni taqdim etdi, shuningdek, “ShHT hududida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish” panel sessiyasida “Raqamli energiya – bu Yashil rivojlanish drayveri” maʼruzasi bilan ishtirok etdi.
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun: https://solar.huawei.com