Oʻzbekistonlik talabalar “Seeds for Future 2021” Huawei koʻrgazmasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Oʻzbekistonlik talabalar “Seeds for Future 2021” Huawei koʻrgazmasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

2021.11.11

Oʻzbekistonning IT sohasidagi toʻrtta oliy taʼlim muassasasi talabalari Sunʼiy Intellekt, 5G, bulutli hisoblash, IoT kabi ilgʻor texnologiyalar va yechimlarni oʻrganishga, shuningdek, yetakchilik sifatlarini rivojlantirish, Xitoy urf-odatlarini oʻrganish, hamda Tailand va Belarusiyalik ishtirokchilar bilan madaniy almashinuvga yoʻnaltirilgan “Huawei Seeds for the Future 2021” oʻquv dasturida ishtirok etishdi.


10-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabida IT sohasidagi oliy taʼlim muassasalari talabalariga 7-marta oʻzlarining AKT sohasidagi bilimlarini oshirish, xalaqaro ekspertlarning ilgʻor texnologiyalar mavzusidagi maʼruzalarini tinglash, boshqa mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar bilan madaniy qadriyatlar almashish, shuningdek, Xitoy madaniyati va urf-odatlari bilan tanishish imkoniyatini taqdim etgan “Seeds for the Future 2021” loyihasining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tantanali marosim Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT texnologiyalari maktabi oʻquvchilari uchun, shuningdek, IT sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining robototexnikaga qiziquvchi barcha talabalari uchun moʻljallangan Hakatonning oʻtkazilishi bilan yakunlandi.

“Huawei kompaniyasi Oʻzbekistonda yosh AKT kadrlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratib kelmoqda. Bizning “Seeds for the Future” loyihamiz nafaqat texnologiya sohasidagi innovatsiyalarni chuqur oʻrganish, balki oʻz salohiyatini kengaytirish, oʻzining yetakchilik sifatlarini namoyon etish, qiziqarli odamlar bilan tanishish va keyingi yutuqlar uchun ilhom manbalarini topish imkonini ham beradi. Oʻzbekistonda “Seeds for the Future” dasturi oʻziga xos xususiyatlarga ega. Biz loyihada nafaqat oliy taʼlim muassasasi talabalarini birlashtiryapmiz, balki unda ishtirok etish uchun maktab oʻquvchilarini ham jalb qilmoqdamiz. Bugungi kunda dastur doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabi ishtirokida Hakaton tadbiri, 59-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda esa, stipendiya tanlovi oʻtkazilmoqda. Biz 2021-yilgi loyiha ishtirokchilarini uning muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabriklaymiz va IT sohasidagi oliy taʼlim muassasalariga dasturdagi faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz”, – deya taʼkidladi Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasining direktori Lyu Szyasin.  


1-8 noyabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Amiti universiteti, Yeoju texnika instituti va Turin politexnika universitetining 25 nafar talabasi Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasi ofisida gibrid formatda oʻqitildi. 2021-yilgi dastur Huawei kompaniyasining Xitoydagi bosh qarorgohi bilan jonli ulanishlar, Xitoyning “Kremniy vodiysi”dagi IT-kompaniyalari tajribasi bilan tanishish, texnologiya boʻyicha oldindan yozib olingan kurslar, Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasining koʻrgazma zaliga sayohat, shuningdek Shenchjen shahridagi koʻrgazma zali boʻylab virtual sayohat, Huawei Mobil servislarni (HMS) rivojlantirish va ilovalarni ishlab chiquvchilar uchun ochiq imkoniyatlar mavzusidagi taqdimotni oʻzida mujassamlashtirdi.


Kompaniya taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi talabalar uchun Oʻzbekistonning barqaror rivojlanishi va bu jarayonda raqamli texnologiyalarning roli boʻyicha maʼruza tashkil qildi. Talabalar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun raqamli texnologiyalarni joriy etishning muvaffaqiyatli misollari bilan tanishdilar, shuningdek, maʼruzachilar Huawei “Yashil chempion” boʻlgan #GreenAralSea loyihasi haqida maʼlumot berishdi. “Green Uzbekistan” tashabbusi doirasida Huawei kompaniyasi Orol dengizi tubiga 30 ming tup saksovul koʻchati ekilishini taʼminladi.

Oʻquv dasturi davomida talabalar oʻzlarining Tech4Good (Yaxshilik uchun texnologiyalar) loyihasini yaratish ustida ishlash uchun ikki guruhga boʻlingan edilar. Mashgʻulotlarning soʻnggi kunida ishtirokchilar Sifatli taʼlimni taqdim etish  (BRM4) va Munosib ish va iqtisodiy oʻsishni ( BRM8) taʼminlash boʻyicha BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga yordam beradigan IT-texnologiyalari joriy etilgan loyihalarni taqdim etdilar.

“Seeds for the Future” – Huawei kompaniyasi tomonidan oʻz korporativ ijtimoiy majburiyatlarini bajarish doirasida amalga oshirilayotgan global dasturdir. Oʻtgan yillar davomida dastur boʻyicha Oʻzbekistondan 50 nafar talaba Xitoydagi oʻquv kurslarida tahsil olib qaytdi. 2017-yilda “Seeds for the Future” loyihasining oʻzbekistonlik 4 nafar ishtirokchisi Pekinda boʻlib oʻtgan “Bir kamar, bir yoʻl” xalqaro sammitida ishtirok etish uchun taklif etilgan edi. 2020-yilda pandemiya sababli loyiha onlayn tartibda oʻtkazildi.