59-sonli maktab oʻquvchilari uchun Huaweʼining stipendiyalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

59-sonli maktab oʻquvchilari uchun Huaweʼining stipendiyalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

2021.12.01

2021-yil 1-dekabr kuni Toshkent shahridagi 59-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida xitoy tilini yaxshi bilish boʻyicha 8-9 va 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Huawei kompaniyasining stipendiyalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

59-sonli davlat umumta’lim maktabida xitoy tilini eng yaxshi biluvchi o‘quvchilarni aniqlash bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Stipendiyalar tanlovi Huawei kompaniyasi tomonidan maktab rahbariyati bilan 2021-yil 12-oktabrda tuzilgan  oʻzaro anglashuv memorandumiga muvofiq o‘tkazildi.

Oktyabr oyidan boshlab 8-9 va 10-11-sinf o‘quvchilari tanlovning ikki bosqichidan oʻtib, xitoy tilida ijodiy topshiriqlar bajarishdi: “Raqamli O‘zbekiston” mavzusida insho yozishdi va “Raqamli dunyo va men” mavzusida monolog tayyorlashdi. Oxirgi bosqichda ishtirokchilar maktab o‘qituvchilari va Huawei xodimlarini oʻz ichiga olgan hakamlar hay’atining savollariga ham javob berishdi. Tanlov g‘oliblari Huawei kompaniyasining bir martalik stipendiyasi sohibiga aylandilar va shunga muvofiq sertifikatlar hamda kichik esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“Huawei kompaniyasi O‘zbekistondagi ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish va taʼlim loyihalarini amalga oshirish orqali ham AKT sohasida, ham boshqa turli sohalarda yosh iste’dodlarni rivojlantirishni keng qo‘llab-quvvatlamoqda. Biz xitoy tilini bilish bo‘yicha koʻrik-tanlovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan, shuningdek, o‘z ishlarida raqamlashtirish mavzularini ochib bera olgan yigit-qizlarni tabriklashdan mamnunmiz. Bu raqamli texnologiyalar bugungi kunda tanlagan ta’lim yo‘nalishi va boʻlajak kasbidan qat’i nazar, barcha uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi”, –deya taʼkidladi O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining direktori o‘rinbosari janob Go Veylay.

Hamkorlik yillarida Huawei kompaniyasi 59-sonli maktab bilan birgalikda xalq ta’limi sohasida qator loyihalarni amalga oshirdi. 2017-yilda maktabda raqamli ta’lim konsepsiyasiga ega birinchi o‘quv xonalaridan biri ochildi. 2020-yilda Huawei kompaniyasi muassasaning texnik va moddiy bazasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida  maktabga ofis texnikalarini sovg‘a qildi

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 20 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va shu vaqt mobaynida ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga va yosh kadrlarni tayyorlashga doimiy ravishda katta e’tibor qaratib kelmoqda. Kompaniya har yili Seeds for The Future xalqaro taʼlim loyihasini amalga oshrib kelmoqda, xususan bu loyiha 2021-yil noyabr oyida O‘zbekistonda 7-marta oʻtkazilgan boʻlib, bu gal u nafaqat oliy taʼlim muassasalari talabalarini, balki maktab o‘quvchilarini ham oʻzida birlashtirdi. Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTni chuqur oʻrganishga ixtisoslashtirilgan maktabda xakaton o‘tkazildi, 59-sonli maktabda esa, raqamlashtirish mavzularini ochib berish maqsadida lingvistik koʻrik-tanlov tashkil etildi.