Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei kompaniyasi Mobil AKT Akademiyasini taqdim etdi

2021.06.04

3-iyun kuni Huawei kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashgan AKT maktabi va IT-Park Uzbekistan koʻmagi yordamida Raqamli Oʻzbekistonni barpo etish uchun innovatsion texnologiyalar va yechimlar bilan jihozlangan koʻrgazma konteynerida tashkil etilgan Mobil AKT Akademiyasini namoyish etdi.

AKTni rivojlantirish va joriy etish BMT tomonidan belgilangan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM)ga erishishda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Bu borada axborot texnologiyalari uchun uchta asosiy yoʻli mavjud boʻlib, bular: raqamli axborotlar tafovutini qisqartirish hisobiga barcha uchun axborot va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirish, odamlar va tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oshirish, resurslardan foydalanish unumdorligini va samaradorligini oshirish. Ularga koʻra esa, eng avvalo raqamli texnologiyalarni joriy etishning asosiy yoʻnalishlari sifatida taʼlim, atrof-muhitni muhofaza qilish, sogʻliqni saqlash va barqaror rivojlanish kabi sohalariga eʻtibor qaratish kerak.

Taʼlim sohasiga eʼtibor qaratgan holda, Huawei kompaniyasi AKT yechimlarini joriy etish va aholi oʻrtasida raqamli savodxonlik darajasini oshirish orqali sifatli va teng huquqli taʼlimni taʼminlashga harakat qilmoqda. Global miqyosda kompaniya ushbu sohada toʻrtta asosiy loyihani amalga oshirmoqda: oʻquv sinflarini raqamlashtirish, koʻchma sinf xonalari, imkoniyati cheklangan odamlar salohiyatini rivojlantirish va mustahkam AKT ekotizimini yaratish.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan AKT maktabi tomonidan tashkil etilgan “ICT FEST” festivali doirasida, Huawei kompaniyasi ham boʻlajak IT mutaxassislari uchun bazaviy, ham hukumat va korporativ segmentlar aloqa operatorlari vakillari uchun chuqurlashtirilgan raqamli bilimlarga ega turli guruhlar va jamoalarni qamrab olishga imkon beradigan Mobil AKT akademiyasini namoyish etdi. Koʻrgazma trakining koʻchmaligi nafaqat poytaxtda, balki respublikaning boshqa hududlarida ham yoshlarning bilim va koʻnikmalar darajasini oshirishga imkon beradi. Bu yil Huawei kompaniyasi Oʻzbekistonning bir qator viloyatlariga tashrif buyurib, talabalar, maktab oʻquvchilari va AKT sohasi vakillari uchun koʻchma koʻrgazma tashkil qilishni, kelgusi yilda esa, butun mamlakatni raqamli bilimlar bilan qamrab olishni rejalashtirmoqda. Mobil AKT sinfiga tashrif buyuruvchilarga 5G tarmoqlarining imkoniyatlari, simli telefon aloqalarini rivojlantirishdagi yutuqlar, bulutli texnologiyalar va katta maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash tizimlari, quyosh panellari asosida energiya taʼminoti tizimlari va boshqa koʻplab narsalar namoyish etiladi.

“Soʻnggi ikki yil ichida biz bilim olish uchun axborotlardan hech qanday toʻsiqsiz foydalanish imkoniyatini taqdim etish maqsadida raqamli taʼlimni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratdik. Biz Toshkent shahridagi ikkita umumtaʼlim maktabida, shuningdek Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabida sinf xonalarini raqamlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirdik. Bugun biz koʻchma akademiya asosida gʻildirakli shou-rum koʻrinishida taqdim etilgan yanada keng koʻlamli loyihani taqdim etmoqdamiz. Ushbu loyihaning maqsadi yoshlarning raqamli texnologiyalar borasidagi dunyoqarashini kengaytirish, hamda yosh avlod va AKT sohasi mutaxassislari oʻrtasida raqamli koʻnikmalar darajasini oshirishdir. Biz Mobil AKT sinfiga qiziquvchilar doirasini kengroq qamrab olish maqsadida tashrif buyuruvchilarning barcha guruhlari uchun turli xil tarkiblar tayyorladik”, – deya taʼkidladi Huawei Uzbekistan direktori janob Lyu Tszyasin.

Huawei Uzbekistan kompaniyasi 20 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va turli iqtisodiy sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali aholining ijtimoiy rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshish va foyda keltirishga harakat qilmoqda. Taʼlim sohasiga eʼtibor qaratgan holda kompaniya Huawei AKT akademiyasiʼni ochish, raqamli sinflarni ochish boʻyicha mahalliy IT-universitetlari bilan, shuningdek, yaqinda ishga tushirilgan “aqlli” qishloq xoʻjaligi misolida institutlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini oshirish boʻyicha Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshirmoqda.