Huawei va TIQXMMI tomonidan "aqlli" qishloq xo'jaligining pilot loyihasi taqdim etildi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei va TIQXMMI tomonidan "aqlli" qishloq xo'jaligining pilot loyihasi taqdim etildi

2021.09.28

O'zbekistondagi Huawei kompaniyasi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qishloq xo'jaligi va sug'orish tizimlari sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo'yicha pilot loyihani taqdim etdi.

            28 sentyabr kuni TIQXMMI ko'rgazma zalining ochilishi bo'lib o'tdi, u yerda 5G texnologiyalariga asoslangan boshqaruv tizimlari, monitoring va ma'lumotlarni qayta ishlash, narsalar Interneti (IoT), dron, aqlli sensorlar va  katta hajmdagi ma'lumotlarni intellektual qayta ishlash uchun platformasini qo’llash orqali "aqlli" qishloq xo'jaligining pilot loyihasi taqdim etildi.. Mazkur loyiha Huawei bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) o'rtasida imzolangan memorandum doirasida amalga oshirildi va UZTELECOM milliy operatorining texnik ko'magi bilan Toshkent viloyatining O’rta-Chirchiq tumanidagi TIQXMMI Ilmiy-o'quv poligonida amalga oshirildi.

            Loyihaning taqdimotiga TIQXMMI professorlari, UZTELECOM milliy operatori mutaxassislari va rahbariyati, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Suv xo'jaligi vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, "Geoinnovatsion markaz" DUK vakillari qishloq xo'jaligi va suv resurslarini boshqarish tizimiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ko'paytirish va hosilni monitoring qilish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko'rsatish maqsadida taklif etildi. Ko'rgazma zalida "aqlli" qishloq xo'jaligining ilmiy loyihasining to'liq konsepsiyasi taqdim etildi, bunda ilmiy va o'quv poligonida texnologiyalarni qo'llashning onlayn monitoringi hisobga olinadi.

            "Huawei” bilan birgalikda qishloq xo'jaligi va sug'orish tizimlarida eng yangi texnologiyalarni qo'llash bo'yicha pilot loyihani boshlash tashabbusi bizni tark etgan rektor Umurzoqov O'ktam Pardayevichga tegishli edi. U innovatsion texnologiyalar tufayli biz O'zbekistonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga bo'lgan yondashuvni o'zgartirib, raqamli iqtisodiyotga o'tish sharoitida qishloq xo'jaligini yangi "raqamli" darajaga ko'tarishimiz mumkinligiga ishonar edi, zero, qishloq xo'jaligi butun mamlakat iqtisodiyotida yetakchi o'rinni egallaydi. Amalga oshirilgan loyiha qishloq xo'jaligi korxonalari, bu sohadagi mutaxassislar va olimlar uchun, shuningdek institutimiz talabalari uchun texnologiyalarni qo’llash hosilni parvarish qilishni soddalashtirish, mehnat samaradorligini oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilishning namunali modeliga aylandi",- deya qayd etdi TIQXMMI birinchi prorektori Bahodir Mirzayev.

            “Men bir necha bor aytganman, bizni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan uzoq yillik hamkorlik bog'lab turadi. Rahmatli O'ktam Pardayevich bilan iliq va do'stona munosabatlar xotirasida ushbu loyihani yakunlash va qishloq xo'jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etishning barcha imkoniyatlarini namoyish etish biz uchun nihoyatda muhim edi. Raqamli transformatsiya tez orada iqtisodiyotning barcha sohalariga ta'sir o’tkazib, bizning qo'shma loyihamiz O'zbekistondagi qishloq xo'jaligining yangi tarixini shakllantiradi, bu narsalar Interneti texnologiyalari, 5G va uchuvchisiz qurilmalardan foydalanish muvaffaqiyatining yaqqol namunasidir. Endi olimlar, professorlar, agronomlar, dehqonlar va albatta yoshlar ushbu makonga kelib, tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklarini sinab ko'rishlari mumkin”, - dedi “Huawei” kompaniyasining O'zbekistondagi direktori Lyu Szyasin.

            “Huawei Uzbekistan” kompaniyasi 20 yildan ziyod vaqtdan beri faoliyat yuritib kelmoqda, turli iqtisodiy sohalarga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali aholining barqaror rivojlanishiga qadriyatlar va foyda keltirishga harakat qilmoqda, shuningdek, atrof-muhitni himoya qilish va ta'lim sohasini qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratib kelmoqda. Jumladan, mazkur yil boshida TIQXMMI uchun Ma’lumotlar markazini bepul taqdim etilishi bolib otdi hamda institut mutaxassislari va professorlari uchun treninglar o'tkazildi, bu esa pilot loyihani amalga oshirish uchun kadrlarni o'z vaqtida tayyorlashga hissa qoshdi.