Raqamlashtirish taʼlimdan boshlanadi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Raqamlashtirish taʼlimdan boshlanadi

2021.01.15

Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida mamlakatdagi taʼlim muassasalarini raqamlashtirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida data center (maʼlumotlar markazi)ni ishga tushirdi.

Oʻzining korporativ ijtimoiy javobgarligini amalga oshirish doirasida, shuningdek, Oʻzbekistondagi taʼlim sohasiga innovatsion raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida Huawei Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) bilan birgalikda “data center” (maʼlumotlar markazi)ni ishga tushirish boʻyicha loyihani amalga oshirib, “aqlli” universitet va talabalar shaharchasi tizimlarini kelgusida qoʻllash uchun platforma yaratdi. Ushbu yechim modulli formatdagi Maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini (MQIMʼlarni) qurish loyihalarini amalga oshirish tendensiyasining davomi hisoblanadi.

MQIMʼlarning modulli formati juda kam elektr energiyasi sarflashi hisobiga juda samarali boʻlib, bu uning maʼlum vaqt oraligʻida kerakli miqdordagi energiya sarfini nazorat qiladigan aqlli sovitish tizimiga ega germetik shkafda joylashganligi bilan taʼminlanadi. Modul uchun yagona boshqaruv tizimini joriy etish orqali monitoring intuitiv asosda standart terminal qurilmasi orqali amalga oshiriladi, bu IT mutaxassisiga butun maʼlumotlar markaziga yanada samarali xizmat koʻrsatishga imkon beradi. Maʼlumotlar markazida “tezkor almashuv” tizimi ham koʻzda tutilgan boʻlib, u hatto uskunalarni almashtirish va qoʻshishda ham “aqlli” institutning barcha tizimlarining uzluksiz ishlashini taʼminlashga imkon beradi.

“2021-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb eʼlon qilindi, bu respublikada yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash va taʼlim tizimini raqamlashtirish bilan bevosita bogʻliqdir. Huawei kompaniyasi koʻp yillardan buyon, xususan, “International House-Tashkent” akademik litseyida birinchi “aqlli” sinf xonasi ochilishidan boshlab, 2020-yil may oyida pandemiya sharoitida CloudLink Board aqlli taxtasini taʼlim tizimiga joriy etish boʻyicha pilot loyihani amalga oshirishgacha boʻlgan koʻplab ishlardaToshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Har qanday faoliyat sohasini raqamlashtirish xuddi raqamli iqtisodiyotni qurish kabi AKT infratuzilmasini mustahkamlash shaklida poydevor qoʻyishdan boshlanadi. Hozir mahalliy maʼlumotlar markazini qurish uchun uskunalarni bepul oʻtkazish boʻyicha loyihani amalga oshirishning ayni vaqti va u TIQXMMIʼga ushbu maʼlumotlar bazasi asosida “aqlli” institut va “aqlli” talabalar shaharchasini tashkil etish boʻyicha oʻzining keyingi rejalarini amalga oshirishga imkon beradi. Institut oʻz faoliyatini taʼminlashi uchun zarur boʻlgan barcha kelgusi dasturlarni kengaytirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot loyihalari va ishlari boʻyicha maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash taqdim etilgan MQIMʼning imkoniyatlari hisobiga amalga oshiriladi”, – dedi Huawei Uzbekistan kompaniyasining korporativ aloqalar boʻlimi rahbari Davron Azizov.

Huawei Uzbekistan kompaniyasi 20 yildan buyon innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali yosh avlodni doimiy qoʻllab-quvvatlash va isteʼdodlarni rivojlantirish tamoyillariga asoslanib oʻz faoliyatini olib bormoqda. 2020-yilda kompaniya tomonidan bir qator ijtimoiy loyihalar va taʼlim loyihalari, jumladan, Toshkent shahridagi ikkita maktabni raqamlashtirish uskunalari bilan taʼminlash ishlari, IT-muassasalari talabalari uchun “Seeds for the Future” oʻquv loyihasi, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikdagi “Oʻzbekistonning AKT sharhlovchisi” tanlovi, shuningdek, “Ezgu Amal” jamoatchilik fondi bilan hamkorlik ishlari amalga oshirildi va UNDP Uzbekistan bilan birgalikda Orol dengizi tubini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tashabbusda ishtirok etdi.