Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei kompaniyasi O'zbekistonlik talabalarni "ICT Competition 2025-2026" global AKT tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonlik talabalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatli karyera qurish hamda oz mahoratini namoyish etish uchunICT Competition 2025-2026yillik AKT tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi.

To‘qqizinchi bo‘lib o‘tgan tanlovda 100 ta davlatdan 210 000 dan ortiq talabalar ishtirok etdi va  ushbu “ICT Competition 2024-2025” boshlanganidan beri eng yirik oflayn tanlovga aylandi. O‘tgan yili O‘zbekistonlik talabalar ilk bor 2024-yil dekabr oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan hududiy saralash bosqichidan o‘tib, 2024-yil 24-may kuni Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan global final bosqichida mamlakatimiz sharafini himoya qilib, 48 davlat orasida uchinchi o‘rinni egalladi.

2025-yil 24-sentabr kuni ICTWEEK Uzbekistan 2025 doirasida bo‘lib o‘tgan “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” ta’lim forumida Huawei kompaniyasi Huawei ICT Competetion 2025-2026 tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qildi. Talabalar uchun maxsus moʻljallangan, har yili oʻtkaziladigan global AKT isteʼdodlar almashinuvi tadbiri oʻz iqtidorlarini namoyish etish va yutuqlari uchun jahon eʼtirofiga sazovor boʻlish uchun nufuzli platformani taqdim etadi.

 

Asosiy bosqichlar:

1. Huawei ICT Competition 2025-2026 tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tish
2. Talent platformasida mavjud onlayn kurslarni mustaqil o‘rganish
3. Dastlabki imtihon (onlayn), 2025-yil 4-noyabr
4. O‘zbekistonda milliy final (onlayn), 2025-yil, 18-noyabr
5. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo talabalari uchun mintaqaviy final (oflayn), 2025-yil dekabr
6. Xitoydagi global final (oflayn), 2025-yil may

 

Musobaqa yonalishlari:

·                 Network Track
·                 Cloud Track
·                 Computing Track

 
Tanlovda ishtirok etish talablari:

·                 Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘lishi shart.
·                 Ishtirokchilar shaxsiy kompyuter va internetga kirish imkoniga ega bo'lishi kerak.
·                 Har bir ishtirokchiga bir vaqtning ozida faqat bitta tanlov treki uchun royxatdan otishga ruxsat beriladi.
·                 Saralash bosqichida HCIA xalqaro sertifikatiga ega ishtirokchilar saralash bosqichi natijalari uchun 100 ball oladi.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 31-oktabrgacha davom etadi.

 Sizni Huawei Uzbekistan va Huawei Uzbekistan ICT Academy Telegram kanallarida ICT Competition yangiliklarini kuzatib borishga taklif qilamiz.