Huawei kompaniyasi O‘zbekiston АKT infratuzilmasini mustahkamlash uchun texnologik yangiliklarni namoyish etdi
2024-yil 26–29-fevral kunlari Barselonada GSMA (MWC 2024) Аssotsiatsiyasining Butunjahon mobil kongressi bo‘lib o‘tdi. Kongress doirasidagi tadbirlarning asosiy mavzulari hamma joyda qoplanishni taʼminlovchi 5G texnologiyalari va aloqa vositalari, Sunʼiy intellekt, sanoat va ishlab chiqarish sohalarini raqamlashtirish kabi masalalardan iborat bo‘ldi. Butun dunyodan, jumladan, O’zbekistondan kelgan delegatsiyalar forumlar, konferentsiyalar, innovatsiyalar ko‘rgazmalarida faol ishtirok etdilar.
2024- yilning 26–29-iyun kunlari Shanxayda bo‘lib o‘tadigan, АKT sohasida navbatdagi eng yirik anjuman – MWC Shanghai arafasida Huawei kompaniyasi o‘zining Toshkentdagi yangilangan ko‘rgazmalar zalida innovatsiyalar taqdimotini o‘tkazdi. Huawei ekspertlari O‘zbekiston bozorida yaqin istiqbolda ham, kelajakda ham qo‘llanishi mumkin bo‘lgan innovatsion mahsulotlar haqida so‘zlab berdilar. Ular orasida radioulanish nuqtalari tarmoqlari bo‘yicha yechimlar, jumladan bazaviy stansiyalar hamda radioreley asosidagi aloqa liniyalari antennalari uchun ilg‘or texnologik yechimlar, maʼlumotlarni uzatish magistral optik tizimlari, bulutli yechimlar va boshqalar namoyish etildi. Huawei mutaxassislari texnologik yangiliklar bilan bir qatorda isteʼmolchilar segmenti (B2C), uy-xonadon segmenti (B2H) va biznes-segment (B2B) uchun yangi servislar bo‘yicha yondoshuv va g‘oyalar bilan ham bo‘lishdilar.
«Bizning kompaniyamiz O‘zbekistondagi 25 yillik faoliyati davomida hamisha o‘z hamkorlari va buyurtmachilariga yaqinroq bo‘lishga hamda mamlakat АKT infratuzilmasini mustahkamlash uchun yaratilayotgan innovatsiyalar haqida o‘z vaqtida xabardor qilishga intilib keladi. АKT sohasi mutaxassislarini ilg‘or texnologiyalar bilan tanishtirish maqsadida may oyi davomida kompaniyamizning yangilangan shourumida treninglar va tanishtiruv tadbirlari tashkil etildi, – deya fikr bildirdi Huawei ning O‘zbekistondagi direktori janob Chen Szyakay. – Biz O‘zbekistondagi buyurtmachilar va hamkorlarimiz uchun innovatsion mahsulotlarni taqdim etish hamda bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkillashtirishda davom etamiz, bu mamlakatda raqamli transformatsiya va taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi».
Sunʼiy Intellekt (SI) modellarini asbob-uskunalarning ishlash samarasini oshirish uchun qo‘llash, abonentlarning foydalanuvchi sifatidagi tajribasini oshirish maqsadida takliflarni shakllantirish barobarida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkoniyatlarini ochib berish mavzulariga alohida eʼtibor qaratildi, va shuningdek iqtisodiyotning turli sohalari, jumladan ishlab chiqarish, taʼlim, sog‘liqni saqlash, moliya va chakana savdo sektorlariga SIni tatbiq etish masalasi ham qizg‘in muhokama etildi.
O'zaro bog'liq mavzular sirasiga, shuningdek dolzarb hisoblangan «yashillikka» sodiqlik masalalarini ham eʼtirof etish mumkin. Bu borada Huawei energiya samaradorligiga xizmat qiladigan texnologik mahsulotlar va yechimlarni yaratmoqda, ular o‘z o‘rnida elektr quvvati isteʼmoli samaradorligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishish orqali atrof-muhitga nojo‘ya taʼsirni qisqartirishga ham xizmat qiladi.
Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi shourumi 2016-yilda, mijozlar va hamkorlarga ilg‘or texnologiyalar va yechimlar taqdimoti o‘tkazish, shuningdek OTM talabalari va maktablar o‘quvchilari uchun taʼlim turlari uyushtirish uchun integratsiyalashgan innovatsion markaz sifatida ochilgan edi. 2024-yil 6-mayda kompaniyaning Toshkentdagi ofisida shourum kontseptsiyasi davomi bo‘lgan Huawei do’koni ochildi va u yakuniy foydalanuvchilarga Huawei ning intellektual qurilmalar sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalaridan xabardor bo‘lish imkoniyatini taqdim etdi.