O‘zbekistonning АKT sohasi vakillari Barselonadagi MWC 2024 tadbirida Huawei ning ilg‘or yechimlari bilan tanishdilar

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

O‘zbekistonning АKT sohasi vakillari Barselonadagi MWC 2024 tadbirida Huawei ning ilg‘or yechimlari bilan tanishdilar

2024.02.27

Ispaniyaning Barselona shahrida GSMA Аssotsiatsiyasining har yilgi Butunjahon mobil kongressi (MWC 2024) ish boshladi. Kongress doirasidagi tadbirlarning asosiy mavzusi to‘liq 5G qoplamni taʼminlovchi texnologiyalari va aloqa vositalari, sunʼiy intellekt, industriya va ishlab chiqarish sohalarini raqamlashtirish kabi masalalardan iborat bo‘ldi. Butun dunyodan, jumladan O‘zbekistondan tashrif buyurgan delegatsiyalar forum va konferensiyalarda qatnashadilar, shuningdek eng katta innovatsiyalar ko‘rgazmasida bo‘ladilar.


Huawei kompaniyasi MWC ning doimiy ishtirokchisi bo‘lib, anʼanaviy tarzda butun dunyoning АKT industriyasi vakillari uchun qator tadbirlarni o‘tkazadi. Kongressning birinchi kunida Raqamli texnologiyalar vazirligi, tegishli tashkilotlar va mahalliy aloqa operatorlari vakillaridan tarkib topgan delegatsiya Huawei stendida bo‘lib, 5G va 5.5G ilg‘or texnologiyalari, mazkur yechimlarning maʼlumotlar bazasida jamlangan personallashtirilgan foydalanuvchi tajribasi, aloqa operatorlari hamda ekotizim bo‘yicha hamkorlarga muvaffaqiyat keltira oladigan universal biznes-modellar va sanoat ilovalari bilan tanishdilar.

«5G ning 2019-yilda dastlab joriy etilgan paytidan boshlab bugungacha bo‘lgan taraqqiyoti dunyo mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. 2024-yil bu yo‘ldagi muhim bosqichga aylanadi, chunki АKT industriyasi 5G biznesining o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va 5G-Advanced davrini yaqinlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. O‘zbekistonda ekotizimni АKT vakillari tomonidan ilg‘or yechimlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora kuchaymoqda, shu bois bunday maqomdagi tadbirlardagi ishtirok Raqamli O‘zbekistonni rivojlantirish imkoniyatlari chegarasini kengaytirishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda 25 yildan buyon o‘z faoliyatimizni yuritib kelar ekanmiz, biz 5Gning global miqyosdagi yutuqlari bilan bo‘lishish va mamlakatda raqamli infratuzilmalarni yanada mustahkamlash imkoniyatlarini birgalikda ko‘rib chiqish mumkinligidan mamnunmiz», - deya fikr bildirdi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay.

Delegatsiyaning Huawei kompaniyasining ko‘rgazma zonasiga tashrifi chog‘ida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi vitse-prezidenti Van Shunli bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uzoq muddatli hamkorlik, shuningdek bu hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokamasida asosiy mavzu O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani mustahkamlash, 5G texnologiyalarini joriy etish, uzluksiz qoplamni taʼminlash, va shuningdek, raqamli rivojlantirish orqali O’zbekistonning investitsion jozibadorlik reytingini oshirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar bo‘ldi. Taraflar O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining ko‘p sonli texnologik hamkorlarnini jalb etish hisobiga mamlakatda sheriklik ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi o‘zaro birdamlikni tasdiqladilar. Delegatsiya vakillari shuningdek IT Park ning global arenadagi so‘nggi yutuqlari bilan bo‘lishdilar va IT Park ning bunday tadbirlardagi ishtiroki xorij kompaniyalarini O‘zbekistonda biznes yuritishga qiziqtirishda muhim ekanini qayd etdilar.

Barselonadagi 2024 Butunjahon Mobil Kongressi 26–29-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Huawei kompaniyasi o‘z yechimlarini Fira Gran Via ko‘rgazmalar majmuining birinchi pavilyonidagi 1H50 stendida namoyish etadi. Batafsil maʼlumot olish va Huawei tadbirlarida onlayn ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o‘tishingizni so‘raymiz: https://carrier.huawei.com/en/events/mwc2023