O‘zbekiston talabalari COP-28 doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

O‘zbekiston talabalari COP-28 doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

2023.12.03

Joriy yilning sentabr oyida Qatar va BAAda oʻtkazilgan “Seeds for the Future 2023” taʼlim loyihasi doirasida mintaqaviy Huawei Tech4Good tanlovida gʻolib boʻlgan oʻzbekistonlik talabalar Dubayda bo’lib o’tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP-28 konferensiyasi doirasidagi “Seeds Tour” va Huawei tadbirlarida ishtirok etishga taklif etildi.


Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Toshkent shahridagi Inha Universiteti, Toshkent shahridagi Amiti Universiteti, Toshkent shahridagi Kimyo Xalqaro Universiteti va Yangi O‘zbekiston Universitetining sakkiz nafar talabasidan iborat Tech4Good tanlovi g‘oliblari BAAning Dubay shahriga "Seeds Tour" o‘quv kursida va "Talent & Green Summit" da qatnashish uchun jo‘nab ketishdi.

COP-28 tadbirlariga to'g'ri keladigan " Talent & Green Summit" sammiti 5 dekabr kuni bo'lib o'tadi va unda 22 mamlakatdan "Seed for the Future 2.0" ta'lim dasturining 36 nafar ishtirokchisi qatnashadi. Sammitda iqtidorli yoshlar bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlar olimlari, ta’lim muassasalari professorlari, Huawei kompaniyasi ekspertlari ishtirok etadi. Ishtirokchilar yoshlar o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish zarurligini muhokama qiladi.

“Techno Mind” jamoasining guruh rahbari Nodira Otabekova Tech4Good tanlovi doirasida ishlab chiqilgan “Aquatibia” loyihasi - raqamli yechimlardan foydalangan holda suv va tuproqdagi tuz va og'ir metallar miqdorini kamaytirish uchun innovatsion suvni filtrlash tizimi taqdimotini o‘tkazadi.

“Talent & Green Summit” ning jonli efiri 2023-yil 5 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da boʻlib oʻtadi - https://www.huawei.com/en/events/huawei-at-cop28