O‘zbekiston uchun yashil yechimlar.

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

O‘zbekiston uchun yashil yechimlar.

2022.06.15

15-iyun kuni O‘zbekistonda “Yuksalish” Umummilliy harakati tomonidan tashkil etilgan “Faol fuqarolar haftaligi– 2022  doirasida Ekologik forum bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonning ekologiyaga yo‘naltirilgan nodavlat-notijorat tashkilotlari va eko-faollarini mamlakatdagi dolzarb ekologik muammolar, jumladan, uglerod neytralligiga erishishda ilg‘or texnologiyalar va muqobil energiya manbalarining roli bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun birlashtirishdan iborat edi.


Huawei “Bir million daraxt” loyihasida “Yuksalish” milliy harakatining hamkori sifatida “Faol fuqarolar haftaligi” – 2022 doirasida o‘tkazilgan “Yashil iqtisodiyot va innovatsiyalar barqaror rivojlanish drayveri sifatida” ekologik forumini qo‘llab-quvvatladi.


“Bugun har bir korxona, tashkilot, har bir inson o‘z faoliyatidan keyin qanday iz qoldirayotgani, yashil dunyoni asrab-avaylashga qo‘shadigan hissasi haqida o‘ylashi kerak. Huawei o‘z faoliyatida ham korporativ mas’uliyatli fuqaro, ham ekotadbirlarda ishtirok etuvchi, ham innovatsiyalarga doimiy sarmoya kirituvchi texnologiya kompaniyasi pozitsiyasidan turib, sayyoramizning barqaror rivojlanishini saqlashga e’tibor qaratishga intiladi. Bizning texnologiyamiz uglerod chiqindilarini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni koʻpaytirish, aylanma siklli iqtisodiyotni rivojlantirish va texnologiya orqali tabiatni asrash strategiyasidan iborat. Raqamli texnologiyalar atrof-muhitni muhofaza qilishning asosiy omili ekanligiga ishonamiz”, dedi Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori janob Chen Jiakay o‘zining kirish nutqida.

Forum davomida ishtirokchilar ekologik hamjamiyatni tashvishga soladigan eng dolzarb mavzular, xususan, atrof-muhit va bioxilma-xillikni saqlashning zamonaviy vazifalari, “yashil” iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va yerning degradatsiyasi singari dolzarb mavzularni tilga olishdi. Huawei kompaniyasi qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish va rivojlantirishga, shuningdek, uglerod neytralligiga erishish uchun sanoat, transport, qurilish sohalarining raqamli transformatsiyasini jadallashtirish hamda “yashil” raqamli infratuzilmadan foydalanish zarurligiga eʼtibor qaratdi.

Tadbir davomida Huawei BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan 2020-yilda boshlangan “Green Aral Sea” loyihasini qo‘llab-quvvatlashga qoʻshadigan navbatdagi hissasi haqida ma’lum qildi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad saksovul ko‘chatlari ekish orqali Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirib, Orol dengizi mintaqasida iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini yumshatishdir. Loyihaning “yashil” chempioni sifatida Huawei joriy yilda 10 000 ta ko‘chat ekishga yordam koʻrsatadi va kompaniyaning umumiy hissasini 40 000 ta saksovul ko‘chatiga yetkazadi.

Huawei O‘zbekistonda 20 yildan koʻproq vaqtdan beri ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishga harakat qilib oʻz faoliyatini yuritmoqda. 2020-yilda kompaniya Green Uzbekistan tashabbusini boshlab, uning doirasida “Yuksalish” milliy harakati va BMT Taraqqiyot dasturining ekoloyihalariga qoʻshildi, shuningdek, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti bilan birgalikda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish boʻyicha pilot loyihani amalga oshirdi