ICTWEEK 2022: “Yashil” raqamli rivojlanishni tezlashtirish uchun Huawei yechimlari

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

ICTWEEK 2022: “Yashil” raqamli rivojlanishni tezlashtirish uchun Huawei yechimlari

2022.10.24

Samarqand shahrida yilning eng yorqin va eng muhim tadbirlardan biri – ICTWEEK UZBEKISTAN 2022 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi. Mahalliy va mintaqaviy AKT hamjamiyatining faol aʼzosi hisoblangan Huawei ICTEXPO axborot texnologiyalari koʻrgazmasida va haftalik dasturi doirasidagi sessiyalarda oʻzining raqamli yechimlarini taqdim etmoqda. Joriy yilda asosiy eʼtibor AKT infratuzilmasini mustahkamlash boʻyicha innovatsiyalarga, jumladan, 5G tarmogʻidan foydalanish doirasini yanada kengaytirish, energiya tejovchi va “yashil” AKT texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, raqamli energetikani rivojlantirish, sanoat va davlat sektorini raqamlashtirishga qaratilmoqda.

ICTWEEK UZBEKISTAN tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yutuqlarni namoyish etish uchun gavjum maydon boʻlib xizmat qilishi koʻzda turilgan. “Raqamli Oʻzbekiston” strategiyasini amalga oshirishdagi ildam qadamlarni hisobga olgan holda, tadbir Oʻzbekiston IT-bozorini kengaytirish va rivojlantirish, mintaqaviy hamkasblar bilan raqamli rivojlanish va telekommunikatsiya sohasini yanada mustahkamlash boʻyicha rejalarni muhokama qilish, shuningdek, mamlakatning barqaror rivojlanishida texnologiyalarning oʻrni haqida odamlarga koʻproq maʼlumot yetkazish va Oʻzbekiston aholisi oʻrtasida IT-sohasini ommalashtirish uchun muhim maydon vazifasini bajaradi.

“Huawei kompaniyasi 23 yildan ortiq vaqtdan beri mahalliy aloqa operatorlari, davlat sektori va ekotizim boʻyicha oʻzining hamkorlari bilan birgalikda Oʻzbekistonda AKT sohasini rivojlantirishda, xususan 2G tarmogʻini joriy etish va oʻrnatilgan aloqani rivojlantirishdan boshlab 5Gʼni ishga tushirish, bulutli texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etishgacha boʻlgan barcha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda. ICTWEEK – IT sohasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va Oʻzbekistonning istiqbolli innovatsiyalar asosidagi salohiyatini ochish imkoniyatlarini namoyish etish uchun oʻtkazilayotgan eng muhim tadbirdir. Bugun biz davlatni raqamlashtirishni tezlashtirish va mamlakatning “yashil” rivojlanish boʻyicha rejalarini amalga oshirishga yordam beradigan yechim va ishlanmalarimizni taqdim etayotganimizdan mamnunmiz”, — dedi Huawei Oʻzbekiston direktori Chen Szyakai.

ICEXPO koʻrgazmasida kompaniya aloqa operatorlari uchun asosiy yechimlarning afzalliklarini, shu jumladan quyidagilarni namoyish etdi:

  • Barcha ssenariylarni qoʻllab-quvvatlash va tabaqalashtirilgan tajriba taqdim etilishining kafolatlanishini taʼminlovchi intellektual multiservisli transport tarmoqlari;
  • Internet tarmogʻi gigabit servisini taʼminlashning yangi turi sifatida FTTR keng polosali ulanish uchun yuqori darajadagi yechimlar;
  • Operatorlarga xizmat koʻrsatish, tarmoqni rivojlantirish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash nuqtai nazaridan biznes maqsadlariga erishishga yordam beradigan 5G tayanch tarmoqlarining konvergent yechimlari.

AKT mahsulotlarining toʻliq portfeliga ega boʻlgan Huawei turli tarmoqlar va sanoatga aqlli kampus yechimlari, katta maʼlumotlar analitikalari, sunʼiy intellekt va superkompyuter markazlari, shuningdek toʻliq stekli maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari uchun yechimlarga asoslangan raqamli texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini taqdim etadi. FusionDC 1000B yangi avlod yigʻma modulli maʼlumotlarni qayta ishlash markazi AKT konvergensiyasi ssenariylari uchun moslashuvchan konfiguratsiya va sigʻimni tezkor kengaytirishni qoʻllab-quvvatlaydigan modulli infratuzilma yechimidir. Barcha modullar zavodda oldindan tayyorlangan boʻlib, obyektda ish yukini kamaytirish, yuqori sifatni kafolatlash va qisqa muddatda keng yoyish imkonini beradi. Oʻzbekiston elektron hukumati uchun maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markazini ishga tushirish boʻyicha yaqinda amalga oshirilgan loyiha mamlakatimizda raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish uchun bulutli texnologiyalarni joriy etishning yorqin namunasi boʻlib xizmat qiladi.

Bulutli texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar Oʻzbekistondagi mahalliy mijozlarni AKT innovatsiyalari sohasida qoʻllab-quvvatlash uchun ilgʻor texnologiyalar va yirik hisoblash quvvatidan teng darajada foydalanish imkoniyatini taqdim etishga qodir HUAWEI CLOUD bazasidagi ommaviy bulutli platformalarni kengaytirish boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Koʻrgazma stendida asosiy eʼtibor barcha ssenariylar boʻyicha aqlli fotoelektr tizimlarini yaratish, xususan ishlab chiqarish, tijorat va sanoat sektoriga moʻljallangan yirik elektr stansiyalarni tashkil etish va maishiy quyosh elektr stansiyalari bozorini yaratish uchun “yashil” yechimlarni integratsiyalash, kuch energetikasini rivojlantirish va energiyani saqlashga qaratildi. Huawei global mijozlari va hamkorlari bilan birgalikda minglab sanoat va uy xoʻjaliklariga foyda keltirish, uglerod neytralligiga erishishni tezlashtirish va birgalikda “yashil” kelajakni qurish uchun fotoelektr tarmoqlarini asosiy energiya manbai sifatida taqdim etmoqda.

Aqlli qurilmalar ishqibozlari uchun kompaniya Oʻzbekiston bozoriga Huawei Nova Y70 va Huawei Nova Y90 kabi yangi smartfonlarni, shuningdek, P50 smartfonlar seriyasini va bir qator aksessuarlarni taqdim etdi.

Huawei AKT haftaligining Bosh homiysi sifatida barchani oʻz koʻrgazma zaliga, shuningdek ICTWEEK 2022 doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishga taklif qiladi, bunda kompaniya maʼruzachilari kompaniyaning Oʻzbekiston va butun Yevroosiyo mintaqasining raqamli rivojlanishi borasidagi qarashlari bilan oʻrtoqlashadilar. ICTWEEK 2022 2022-yilning 24-27-oktabr kunlari Silk Road Samarkandʼda boʻlib oʻtadi.