Huawei kompaniyasi 42-maktabga xitoy tilini oʻrganish uchun ajratilgan sinfxonalarni yangilashda yordam berdi.

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei kompaniyasi 42-maktabga xitoy tilini oʻrganish uchun ajratilgan sinfxonalarni yangilashda yordam berdi.

2022.03.16

Huawei kompaniyasi oʻzining korporativ ijtimoiy masʼuliyati doirasida Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumanidagi 42-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida xitoy tilini chuqur oʻrganish uchun ajratilgan oʻquv xonalarini taʼmirlab, yangi jihozlar bilan taʼminladi. 2022-yil 15-mart kuni oʻquvchilar va maktab rahbariyati, Huawei kompaniyasi vakillari hamda Dungan madaniyat markazi raisi ishtirokida ushbu sinfxonalarni ochishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Huawei kompaniyasi xalq taʼlimini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yana bir ijtimoiy loyihani amalga oshirdi. Oʻrtachirchiq tumanidagi 42-maktabda ikkita oʻquv xonasida taʼmirlash va pardozlash ishlari olib borilib, yangi jihozlar bilan taʼminlandi. Bu maktab chet tillarini oʻrganish, jumladan, Dungan qishlogʻi aholisi uchun tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan xitoy tilini chuqur oʻrganishga ixtisoslashgan.

 “Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga va har bir elatni oʻz madaniyatini asrab-avaylash va rivojlantirish borasida qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilayotgan oqilona milliy siyosat olib borilmoqda. Qishloq aholisi uchun xitoy tili oʻz ona tili boʻlib, yaqinda 42-maktabda bu tilni oʻqitish yoʻlga qoʻyildi. Tilni taʼlim muassasasida oʻrganish bizning dunganlik bolalarimizga oʻz ona tilini yaxshiroq oʻzlashtirish imkonini beradi va shu bilan birga, boshqa bolalarga xitoy tilini chet tili sifatida oʻrganish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Bularning barchasi ularning dunyoqarashini kengaytirish va bilimini chuqurlashtirish, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 42-maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda koʻrsatayotgan yordami uchun Huawei kompaniyasidan minnatdormiz”, – dedi Dungan madaniyat markazi raisi Mane Savurov.

“Soʻnggi yillarda Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasi taʼlim sohasini qoʻllab-quvvatlash uchun masofaviy taʼlim tizimini mustahkamlashda raqamli texnologiyalarni joriy etish va taʼlim olish sharoitlarini yaxshilash borasida bir qator loyihalarni amalga oshirdi. Bugun 42-maktabning taʼmirlangan oʻquv xonalari foydalanishga topshirildi va endi u yerda oʻquvchilar qulay sharoitlarda bilim olishadi va chet tillarini, jumladan xitoy tilini maroq bilan oʻrganishadi. Biz yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning kamol topishlari uchun imkoniyatlar yaratishda oʻz hissamizni qoʻshayotganimizdan mamnunmiz”, — dedi Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasi rahbari janob Chen Szyakay.

Huawei kompaniyasi, shuningdek, xitoy tilini oʻrganishga ixtisoslashgan yana bir maktab – Toshkent shahridagi 59-maktab bilan doimiy hamkorlik qilib keladi. 2017-yilda maktabda raqamli taʼlim tamoyiliga asoslangan ilk oʻquv xonalaridan biri ochilgandi. 2020-yilda Huawei kompaniyasi maktabning texnik va moddiy bazasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida taʼlim muassasasiga ofis texnikalarini sovgʻa qilgan boʻlsa, oʻtgan yili oʻquvchilar oʻrtasida xitoy tilini yaxshi bilish boʻyicha maxsus tanlov tashkil etilgan edi. Tanlov yakuniga koʻra maktabning 6 nafar oʻquvchisiga Huawei kompaniyasi stipendiyalari topshirilgandi.

Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasi 20 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritmoqda va butun faoliyati davomida taʼlim tizimiga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va yosh kadrlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. 2020-yilda Toshkent shahridagi ikkita maktabga masofaviy taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish uchun zarur jihozlar taqdim etildi. Boʻlajak AKT xodimlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kompaniya har yili Seeds for The Future global oʻquv loyihasini oʻtkazib keladi.