Huawei va Toshkentdagi INHA universiteti kelgusida O‘zbekistondagi IT – kadrlarini qo’llab-quvvatlash masalasi bo’yicha hamkorlikni muhokama qildi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei va Toshkentdagi INHA universiteti kelgusida O‘zbekistondagi IT – kadrlarini qo’llab-quvvatlash masalasi bo’yicha hamkorlikni muhokama qildi

2022.05.20

2022 yil 19 may Huawei bosh direktori va Toshkent shahridagi Inha universiteti (TshIU ) rektori uchrashuv o‘tkazishdi va O‘zbekistonda IT - kadrlarini tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash sohasida kelgusidagi hamkorlik rejalarini muhokama qilishdi. Uchrashuv davomida Huawei universitetning o‘quv markazlari va laboratoriyalari uchun planshetlarni taqdim etdi.

Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Chen Szyakay TshIUga tashrif buyurdi va universitet rektori Muzaffar Jalolov bilan uchrashdi . Uchrashuvda tomonlar IT – kadrlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida uzoq muddatli hamkorlikni, shuningdek, taʼlim sohasida qo’shma loyihalarni amalga oshirish, amaliyot oʻtashni tashkil etish va TshIU talabalarini kelgusida ishga joylashtirish rejalari va imkoniyatlarini muhokama qildilar .

“ Toshkent shahridagi Inha universiteti 8 yildan buyon talabchan IT - kadrlarni tayyorlagan holda mamlakatning kadrlar salohiyatini rivojlantirishda ulkan  asos yaratmoqda. Talabalarimiz va bitiruvchilarimiz bozorda yuqori talabga ega, shuning uchun biz yirik texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik qilish orqali ular uchun imkoniyatlarni kengaytirish ustida doimiy ishlamoqdamiz. Biz Huawei kompaniyasi bilan do‘stona va uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatganmiz , uni yanada mustahkamlashni istaymiz”, — dedi Toshkentdagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov .

“Hozirda O’zbekistonda IT -taʼlimga katta eʼtibor qaratilmoqda, bu esa kompaniyamiz global faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Tadqiqot va ishlanmalarga doimiy sarmoya kiritishdan tashqari, biz Seeds for the Future kabi ta'lim loyihalarini amalga oshirish, bitiruvchilar uchun amaliyotlarni tashkil etish, eng dolzarb mavzular bo'yicha ma'ruzalar va kurslar o'tkazishga e'tibor qaratamiz. Huawei jamoasi IUTning avvalgi yillardagi bitiruvchilari bilan safi kengaydi va hozirgi kunda yuqori kurs talabalari bizda 3 oylik amaliyotni o‘tishmoqda. Biz universitet maʼmuriyati bilan hamkorlikni kuchaytirishga harakat qilamiz, shuningdek, hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini aniqlaymiz”, - dedi Chen Szyakay.

Uchrashuv yakunida kompaniya universitetning talabalar laboratoriyalari va oʻquv markazlarida foydalanilishi uchun, shuningdek, HarmonyOS operatsion tizimi va HMS ekotizimidagi ilovalar asosida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini oʻrganish uchun klaviaturali  Huawei Matepad 11 planshet to’plamlarini topshirdi.

Huawei 2016 -yilda Toshkentdagi Inha universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan edi . Memorandumga ko‘ra, TshIUning besh nafar talabasi 2016 yildan 2020 yilgacha stipendiya to‘lash uchun grant oldi. 2020 yilda TshIU talabalari birinchi marta Seeds for the Future flagman ta’lim loyihasi ishtirokchilariga aylanishdi, bu loyiha  bu yil noyabr oyida yana O'zbekistonda bo'lib o'tadi va respublikaning barcha hududlaridan 30 nafargacha ishtirokchini o'zida jamlaydi.