Huawei MatePad 11 tavsifi: hamma narsaga qodir planshet
Yangi HUAWEI MatePad 11 - bu 120 Hz yangilanish chastotasiga ega displeyi bilan jihozlangan birinchi Huawei plansheti bo‘lib, ajoyib silliq tasvirlar va har qachongidan ham tezroq responsivlik imkonini beradi.
Planshet HarmonyOS 2’da ishlaydi va HUAWEI MatePad 11’ga yangi funksiyalarni taqdim etadi. Yangi planshetning ishchi stoli har qachongidan ham tartibli bo‘lib, foydalanuvchilarga muhim ma’lumotlarni yanada samaraliroq ko‘rishning yangi usulini taklif etadi.
Minimalist dizayn
Huawei MatePad 11 o‘zida soddalik, qulaylik va ko‘p qirralilikni mujassam etgan estetik dizaynga ega. Planshetda tomonlar nisbati 16:10 bo‘lgan 10,95 dyuymli ultra yupqa FullView displey mavjud. Keng displey, 86% ekran-korpusga nisbati va 7mm yupqa romlar planshetdan foydalanganda muvozanatli ko‘rinish va ta'sirchan foydalanish amaliyotini yaratadi. Planshetda ingichka hoshiyali romga ega bo‘lib, qurilma ingichka ko‘rinishini ta’minlaydi va qurilmaning qo‘lga yaxshiroq o‘rnashishi imkonini beradi.
Yuqori yangilanish tezligi
Huawei MatePad 11 bozordagi ko‘plab planshetlar orasida o‘zining yuqori yangilanish tezligi bilan ajralib turadi, bu esa foydalanuvchilarga ko‘proq tafsilotlarni ko‘rish va his qilish imkonini berib, foydalanishda yaqqol ustunlikni namoyish etadi. DCI-P315 rangli gamuti esa videolarni yanada to‘yingan va jonli qiladi.
Eng muhimi, foydalanishga osonligi va qulayligi
App Multiplier bir ilovada ikkita vazifa ustida ishlash imkonini beruvchi oynani blokirovka qilishning yangi funksiyasini taqdim etadi, Multi-Window8 bilan esa bitta ekranda 4 tagacha ilovani ochish mumkin — hamkasblar bilan suhbatlashing, elektron pochta xabarlarini tekshiring va ishlayotganingizda muhim qaydlar oling. Bundan tashqari, planshet sensorli ekran yoki sichqoncha yordamida barcha ilovalarni katta samaradorlik bilan ko‘rish va ulardan foydalanish imkonini beradi.
Noyob stereo tizimi
HUAWEI MatePad 11’ning to‘rt kanal, to‘rt karnayli ovoz tizimi butun tovushlar olamini kaftingizda mujassam etadi. Harman Kardon tomonidan sozlangan, kuchli, bassga boy va tiniq baland tovushlar har qanday tovushni ular jaranglashi eshitilishi kerak bo‘lgan tarzda aks ettiradi.
O‘ta tiniq tovushli ichki mikrofon tizimi
4 ta ichki mikrofon ovozingizni aniq qabul qiladi. Tizim sun’iy intellektli shovqinni kamaytirish texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, klaviaturada matn terishdan hosil bo‘lgan va atrofdagi suhbatlar shovqinini avtomatik ravishda filtrlaydi va yaxshi muloqot qilishingizni kafolatlaydi.
Planshetning 12 soatlik batareya quvvati ish kunini bexavotir o‘tkazishga yordam beradi.
Oldindan buyurtma keyingi haftalarda mamlakatdagi barcha yirik do‘konlarda mavjud bo‘ladi.
HUAWEI Consumer Business Group haqida:
HUAWEI mahsulotlari va xizmatlari 170 dan ortiq mamlakatlarda mavjud va ulardan dunyo aholisining uchdan bir qismi foydalanadi. Kompaniya AQSH, Germaniya, Shvetsiya, Rossiya, Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda 14 ta tadqiqot va ishlanma markazlarini ochgan. HUAWEI Consumer BG smartfonlar, noutbuklar va planshetlar, taqiladigan qurilmalar, keng polosali mobil qurilmalar, uy yechimlari va bulutli xizmatlarni ishlab chiqadigan va ishlab chiqaradigan uchta HUAWEI biznes bo‘linmalaridan biridir. HUAWEI global tarmog‘ining afzalliklari, butun dunyo bo‘ylab operatsiyalar hajmi va rivojlangan hamkorlar tarmog‘i telekommunikatsiya sohasidagi 30 yillik tajriba asosida qurilgan.