MWC 2024: “Huawei”ning 5.5G tijorat tarmoqlari uchun intellektual texnologiyalari - Компания Huawei в Узбекистане

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

MWC 2024: “Huawei”ning 5.5G tijorat tarmoqlari uchun intellektual texnologiyalari

2024.02.26

Huawei kompaniyasi MWC Barcelona 2024 Butunjahon Mobil Kongressi doirasida tarmoqlar, bulut va intellektual sinergiyasi kelajagini muhokama etish uchun global aloqa operatorlari, soha bo‘yicha hamkorlar va fikr yetakchilarini o‘zining «Advance Intelligence» ko‘rgazma zonasida qabul qildi. Kompaniya intellektual raqamli transformatsiyani barcha sohalarda ilgari surish, taraqqiy etgan tarmoq ekotizimini yaratish, 5G ning ijobiy biznes-siklini jadallashtirishga intilmoqda va istiqboldagi 5.5G davriga hozirlik ko‘rmoqda.

Birinchi pavilondagi Huawei stendi shunday loyihalashtirildi-ki, unda butunlay intellektual aloqaga o‘tgan  raqamli dunyoning (connectivity of everything) aniq ko‘rinishini tasavvur qilish mumkin edi. Bo‘lajak intellektual dunyoning raqamli infratuzilmasi hayotimiz, sanoat va jamiyatning barcha jabhalariga chuqur integrallashgan bo‘ladi. Odamlar, uy xo‘jaliklari, korxonalar va transport vositalari uchun yangi biznes-ssenariylar tarmoq imkoniyatlariga nisbatan talablarni oshiradi. Huawei kompaniyasi MWC  Barselona 2024 ko‘rgazmasida 5.5G, F5.5G va Net 5.5G ning turli ssenariylar uchun yechimlari hamda mahsulotlarning to‘liq spektrini namoyish etdi. Kompaniya intellektual dunyoni ilgari surish uchun imkoniyatlardan foydalanish maqsadida global operatorlar va tarmoqdagi hamkorlar bilan ishlashga intilmoqda.

2023-yil oxiriga kelib, butun dunyoda 1,6 milliarddan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi 300 dan ortiq 5G tijorat tarmoqlari ishga tushirilgan edi. 5G rivoji jadal ketmoqda: dunyoda 5G foydalanuvchilar soni o‘sish surʼati aynan shu davrdagi 4G foydalanuvchilar sonining o‘sish surʼatidan yetti karra ko‘pdir. Huawei yechimlaridan foydalanayotgan operatorlar Germaniya, Аvstriya va Gollandiyaning asosiy shaharlarida 2023-yilda mashhur tashkilot tomonidan o‘tkazilgan sinovda tarmoqdagi ish tajribasi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladilar. Huawei, shuningdek, 5.5G ning yangi ilovalari va ssenariylarining yanada yuqori talablariga javob beradigan innovatsion yechimlarini izlash borasida dunyoning qator yetakchi operatorlari va tarmoqdagi sheriklari bilan hamkorlik o‘rnatmoqda.

Huawei kompaniyasi dunyoning 20 dan ortiq shahrida 5.5G ning tijorat tekshiruvi va sinovini boshlashda operatorlarga ko‘mak berishga ulgurdi. Yaqin Sharqda 5.5G ni rivojlantirish bo‘yicha umumiy konsensus shakllandi: Ko‘rfaz mamlakatlarining hamkorlik Kengashi (Gulf Cooperation Council - GCC) 5.5G ning 10 Gbit/s tezligi sinovini hamda RedCap va passiv IoT kabi yangi xizmatlar inkubatsiyasini yakunladi.

Xitoyning eng yirik uchta operatori odamlar, buyumlar, transport vositalari, sanoat sohasi va uy-joylarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini tahlil qilish maqsadida katta shaharlarda 5.5G tarmoqlarini tarqatishni boshladi. Gonkongda operatorlar, shuningdek 5.5G ning 10 Gbit/s tezligini C-band diapazonda va mmWave dagi sinov va testlarini yakunlab, 5.5G FWA xizmatlarini ko‘rsatishni boshladi.

Yevropada fin operatorlari 5.5G texnologiyasini tijorat tarmoqlarida sinovdan o‘tkazib, 10 Gbit/s dan yuqori bo‘lgan tezlikga erishdi, shuningdek IoT passiv texnologiyasini ham amalda sinab ko‘rdi. Germaniyada 6 GGts diapozonda ishlovchi operatorlar ham 12 Gbit/s tezligiga erishdi.

Huawei kompaniyasi shuningdek MWC davomida sohada birinchi bo‘lib telekommunikatsiya poydevor modelini namoyish etadi. Ushbu bazaviy model xizmatlarning moslashuvchanligi, foydalanuvchi tajribasini aniq taʼminlash va barcha domenlardan ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatish samaradorligiga nisbatan tarmoqlar talablarini qo‘llab-quvvatlash uchun rollar va ssenariylar negizida yaratilgan intellektual ilovalarni namoyish etadi. Bu operatorlarga xodimlarning imkoniyatlarini kengaytirish va foydalanuvchilarning xizmatdan qoniqishi darajasini oshirishga yordam beradi, bu esa o’z o‘rnida tarmoqning ishlab chiqarish samaradorligini kompleks ravishda oshiradi.

2024-yilda 5.5G ning tijoriy ishga tushirilishi kutilmoqda va Huawei kompaniyasi 5.5G evolyutsiyasini tahlil qilish uchun butun dunyo operatorlari bilan hamkorlikka tayyor ekanini tasdiqladi. Kompaniya operatorlarning premium-sinfiga xos xizmatlar ko‘rsatishi uchun hamma joyda samarali, ekologik sof, barqaror va intellektual bo‘la oladigan tarmoqlarni o‘rnatishda yordam berishga intilmoqda. Bunday tarmoqlar bo‘yicha hamkorlik intellektual raqamli transformatsiyani yanada yuqori darajaga olib chiqadi va intellektual olamning shakllanishini tezlashtiradi.

Huawei kompaniyasining korporativ bo‘linmasi «Sanoat intellektini jadallashtirish uchun ilg‘or infratuzilma» mavzusi doirasida 10ta soha uchun yangi intellektual raqamli yechimlar va flagman toifasidagi mahsulotlarni namoyish etadi. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab o‘z mijozlari va hamkorlari bilan birgalikdagi saʼy-harakatlarini birlashtirgan holda innovatsiyalar hamda intellektual raqamli transformatsiya amaliyotini o‘rganishga intilmoqda. Huawei turli sohalardagi intellektual raqamli transformatsiya jarayonida eng ishonchli hamkor bo‘lishga harakat qilmoqda.

Huawei ning intellektual qurilmalar bo‘yicha bo‘linmasi tadbirda flagman toifasidagi yuqori sifatli, eng so‘nggi urfdagi va yuqori texnologiyalarni namoyish etadi. Huawei qurilmalarini yaratuvchilari jamoasi 2024-yilda texnologik innovatsiyalarni moliyalashtirishda davom etgan holda sohada yanada ilgarilab, butun dunyodagi isteʼmolchilar uchun boy va personallashtirilgan hayot tarzini yaratishga intilmoqda.

Barselonadagi MWC 2024 Butunjahon Mobil Kongressi 26–29-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Huawei kompaniyasi o‘z yechimlarini Fira Gran Via ko‘rgazmalar majmuasining birinchi pavilonidagi 1H50 stendida namoyish etadi, shuningdek O‘zbekistonning davlat korxonalari, aloqa operatorlari va ekotizim bo‘yicha hamkorlari vakillaridan tarkib topgan delegatsiyani ham qabul qiladi.