Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil
#Huawei Day0 Onlayn
Eurasia Data Center and Cloud Forum
Tadbir haqida
Sizni 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi,Toshkent shahrida, IKS OAV bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Eurasia Data Center and Cloud Forum” doirasida bo’lib o’tadigan Huawei Day0 onlayn translyatsiya tinglovchisi bo'lishingizga taklif qilamiz
Huawei Day0 tadbirining asosiy mavzusi "Yevrosiyo mintaqasida raqamli transformatsiyani tezlashtirish uchun to'liq ma'lumotlar markazi ekotizimini birgalikda qurish" bo'ladi. Tadbirda biz sanoatni raqamlashtirishni rivojlantirishning joriy tendentsiyalari va yangi imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz, shuningdek, ma’lumotlar markazi, bulut, sun’iy intellekt kabi raqamli texnologiyalar mintaqadagi raqamli transformatsiyani tezlashtirish uchun turli sanoat senariylarida amalda qanday qo‘llanilishi mumkinligini o‘rganamiz.
Biz birgalikda raqamlashtirishdan tortib ishlab chiqarish, sanoatni qo‘llab-quvvatlash jarayonlari va korxonalarni boshqarish tizimlarigacha bo‘lgan raqamli transformatsiya jarayonining barcha bosqichlarida duch keladigan muammolar va ehtiyojlarni muhokama qilamiz .
Tadbirda biz, shuningdek, turli soha senariylariga javob berishga mo‘ljallangan bir qator innovatsion mahsulotlar va yechimlarni taqdim etamiz, ularni amalga oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar hamda butun dunyo bo‘ylab mijozlar va hamkorlar bilan ishimiz natijalari bilan o‘rtoqlashamiz.
Huawei Day0 tadbirida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lasiz:
- Yetakchi sanoat kompaniyalari vakillari bilan uchrashish va muloqot qilish;
- Hamkorlar bilan biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilish;
- Texnik mutaxassislar va ishlab chiquvchilar bilan fikr almashish;
- Turli sohalarda raqamli biznes modellaridan foydalanishning amaliy holatlarini o'rganish;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish tendentsiyalari va muammolari, ma'lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazlari, bulutli xizmatlar va sun'iy intellekt kabi yechimlar asosida ularni qo'llashning amaliy tajribasi haqida ko'proq bilib olasiz.
Biz birgalikda muvaffaqiyatga erishish yo'lida ochiq va samarali hamkorlik qilish uchun mustahkam ekotizim qurishni muhokama qila olamiz.
Eurasia Data Center and Cloud Forum doirasida bo’lib o’tadigan Huawei Day0 tadbirida siz bilan uchrashishni orziqib kutamiz.
Tadbir Dasturi
-
Yevroosiyo mintaqasida raqamli transformatsiyani tezlashtirish uchun maʼlumotlar markazi ekotizimini birgalikda qurish
-
09:00-09:05
-
Ochilish Marosimi : Tabrik so'zi
-
09:05-09:20
-
Yevroosiyo mintaqasida raqamli transformatsiyani tezlashtirish uchun maʼlumotlar markazi ekotizimini birgalikda qurish
-
To'liq ma'lumotlar markazi ekotizimini qurish uchun yechimlar va keyslar
-
09:20-09:40
-
Yevroosiyoda ma'lumotlar markazlari va bulutli provayderlik bozorini rivojlantirish istiqbollari
-
09:40-10:10
-
Maʼlumotlar markazi ekotizimlarini qurish uchun HUAWEI yechimlari
-
10:10-10:25
-
Keys Namoyishi | Davlat organlarining raqamli transformatsiyasi
-
10:25-10:45
-
Raqamli dunyoda ishonchlilik standartlari
-
10:45-11:00
-
Keys Namoyishi | Sohalarning raqamli transformatsiyasi
-
11:00-11:30
-
TANAFFUS | Ko’rgazmaga tashrif buyurish
-
Raqamli transformatsiya , biznesni rivojlantirishning innovatsion senariylari
-
11:30-12:00
-
HUAWEI Cloud: Bulut qarorlarning ekotizimi
-
12:00-12:45
-
Panel muhokamasi | Ma'lumotlar markazi ekotizimini qanday qurish mumkin