Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei va O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi moliya sektori uchun ta’limiy-axborot konferensiyasini o‘tkazdi

2025-yil 21-avgust kuni Huawei kompaniyasi O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda moliya va bank sektori uchun “Raqamli transformatsiya trendlari va Sun’iy intellekt” nomli ta’limiy-axborot konferensiyasini “Intellektuallikni tezlashtirish uchun barqarorlik” umumiy mavzusi ostida o‘tkazdi. Tadbir O‘zbekistondagi 25 dan ortiq banklarning raqamli transformatsiya va axborot texnologiyalari bo‘yicha rahbarlari, texnik direktorlari va vakillarini birlashtirdi.

huawei-uzbekistan-fin-conference-20250821-tangxiaoxiang

Konferensiyada Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori janob Tan Syaosyan o‘zining ochilish nutqini so‘zlab, kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab moliya sektorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘n yillik tajribasini takidladi. “Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi moliya sektori jadal rivojlanmoqda. Biz O‘zbekiston banklari va moliya institutlari o‘rtasida mobil va raqamli bank xizmatlari, moliyaviy ochiqlik va tizimlarning yuqori barqarorligiga alohida e’tibor qaratilayotgan raqamli transformatsiya yo‘lining faol o‘zlashtirilishini ko‘rmoqdamiz. O‘z navbatida, biz iqtisodiy rivojlanish va aholi uchun moliyaviy xizmatlar sifatini oshirishga hissa qo‘shadigan aqlli tizimlarni yaratish uchun hamkorlik qilishga tayyormiz”, deya ta’kidladi Tan Syaosyan.

huawei-uzbekistan-fin-conference-20250821-takhir-babamuradov

Tadbir ishtirokchilariga Ozbekiston banklari Assotsiatsiyasining xalqaro munosabatlar va axborot texnologiyalari departamenti direktori janob Tohir Bobomuradov nutq bilan murojaat qildi. U moliya sektori uchun raqamlashtirish va axborot xavfsizligi masalalari muhim ahamiyatga ega ekanini takidlab, Huawei kabi texnologik yetakchilar bilan hamkorlik zamonaviy IT-ekotizimlarni barpo etishda yangi imkoniyatlar ochishini qayd etdi.

Dastur doirasida konferensiyada ishtirok etish uchun maxsus taklif etilgan Huawei kompaniyasining yetakchi xalqaro ekspertlarining taqdimotlari o‘tkazildi. Ishtirokchilarga bank sektorida sun’iy intellektni qo‘llash amaliyoti, sun’iy intellekt bilan ma’lumotlarni saqlash tizimlari bo‘yicha innovatsion yechimlar, ilg‘or ma’lumotlar-kommunikatsiya texnologiyalari yechimlari hamda korporativ tarmoqlarda kiberxavfsizlikka zamonaviy yondashuvlar taqdim etildi. Ma’ruzalar multimedia taqdimotlari orqali texnologiyalarni joriy etishning amaliy ssenariylari va ularning biznes uchun ahamiyatini namoyish etdi.

huawei-uzbekistan-fin-conference-20250821-yantuoyuan

Konferentsiyada tizimlarning barqarorligi tamoyillariga asoslangan SI-bank infratuzilmasini qurish bo‘yicha yondashuvlar taqdim etildi. Turli xil mahsulotlarning sinergiya imkoniyatlaridan      foydalangan holda, Huawei banklarga mustahkam raqamli infratuzilmani yaratish va aqlli moliyaviy o‘zgarishlarni tezlashtirish imkoniyatini berishga intiladi.

Huawei 80 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda moliya sohasida 5600 dan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi, shu jumladan dunyodagi 100 ta eng yirik banklardan 53 tasiga ham. Shuningdek, kompaniya butun dunyo bo‘ylab 80 dan ortiq yirik banklar, sug‘urta kompaniyalari va qimmatli qog‘ozlar bozorida ishlaydigan kompaniyalar bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi va ularning raqamli transformatsiya bo‘yicha ishonchli hamkoriga aylandi.