Huawei beshinchi marta "OlympusMons" musobaqasini o'tkazmoqda
2024-yil dekabr oyida Huawei kompaniyasi xalqaro ishtirokchilar uchun "OlympusMons Awards"da qatnashish uchun arizalar qabuli boshlanganini e'lon qildi. Tanlovning ikkita asosiy yo'nalishi - "Ma'lumotlarni saqlash texnologiyalari, bir bit uchun xarajatlarining maksimal samaradorligini ta'minlash" ("Storage Technologies that Deliver Ultimate Per-Bit Cost Efficiency") va "Sun'iy intellekt davri uchun yangi ma'lumotlar asoslari" ("New Data Foundations for the AI Era"). Huawei butun dunyo bo'ylab tadqiqotchilarni ma'lumotlarni saqlashning asosiy nazariyalari bo'yicha tadqiqotlarga hissa qo'shishga, asosiy texnik qiyinchiliklarni birgalikda yengishga, fan yutuqlarini sohalarda qo'llashni tezlashtirishga va soha, ilmiy doiralar va tadqiqot institutlari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga chaqirmoqda. Huawei kompaniyasi besh yil davomida "OlympusMons" musobaqasini o'tkazmoqda.
Birinchi yo'nalish bir bit uchun xarajatlarning maksimal samaradorligini ta'minlaydigan saqlash texnologiyalari bilan bog'liq. Shu sababli tadqiqotchilarga yirik sun'iy intellekt modellari uchun axborotni saqlash vositalari, innovatsion media ilovalari va yo'qotishsiz siqish texnologiyalarini o'rganishni davom ettirish tavsiya etiladi. Ikkinchi yo'nalish sun'iy intellekt davridagi muammolarni hal qilish bilan bog'liq, jumladan xPU protsessorlari va saqlash o'rtasida cheklangan o'tkazish imkoniyati, hisoblash klasterlarining kam yuklanishi, chiqish kechikishining oshishi va ma'lumotlarning tez o'sishi natijasida ma'lumotlarni saqlash xarajatlarining oshishi. Ushbu sohada tadqiqotchilar, ayniqsa, iqtisodiy jihatdan samarali o'rganish va xulosa chiqarish texnologiyalari, shuningdek, saqlashning yangi shakllari va ma'lumotlarni boshqarishning yangi usullari, AI ssenariylariga moslashtirilgan yanada samarali ishlov berish texnologiyalari bo'yicha yutuqlarga erishishlari tavsiya etiladi. Bunday harakatlar maksimal ishlash, yuqori miqyoslilik, ma'lumotlar barqarorligi, yangi ma'lumotlar paradigmalari va ma'lumotlar tuzilishi imkoniyatlarini taklif qiluvchi ma'lumotlarni saqlash tizimlarini yaratishga, bu esa turli sohalarda AI ilovalarini yaratilishiga olib keladi.
Huawei kompaniyasi ma'lumotlarni saqlashga katta e'tibor qaratmoqda va ushbu sohadagi ilg'or tadqiqotlarga investitsiyalarni ko'paytirdi. "OlympusMons Awards" muqofotini tashkil etishdan tashqari, kompaniya dunyodagi eng yaxshi tadqiqot institutlari va universitetlari bilan hamkorlik qiladi va qo'shma laboratoriyalar tashkil etadi. 2019-yilda tashkil etilganidan beri "OlympusMons Awards" mukofoti butun dunyodan 240 dan ortiq olimlarni jalb qildi va hozirda ma'lumot saqlash sohasida yuqori qadrlanadigan mukofot hisoblanadi.
Ishtirok etish uchun arizalar 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi. Musobaqada ishtirok etish tafsilotlari va "OlympusMons Awards" haqida batafsil ma'lumot: https://e.huawei.com/en/topic/storage/olympus-mons-awards