O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Huawei kompaniyasining yarim yillik mintaqaviy yig‘ilishida ishtirok etdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Huawei kompaniyasining yarim yillik mintaqaviy yig‘ilishida ishtirok etdi

2024.07.27

2024-yil 27-iyul Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Toshkentda Huawei kompaniyasining 20 dan ortiq vakolatxonalari rahbarlari va boshqaruvchi rahbarlari yig‘ilgan Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha yarim yillik mintaqaviy yig‘ilishida ishtirok etdi.

Ochilish nutqida vazir mamlakatning jadal raqamli rivojlanishi, xalqaro IT-kompaniyalar uchun qulay biznes sharoitlarini yaratish va O‘zbekiston brendini mustahkamlashda respublikaning mintaqaviy yetakchi sifatidagi mavqeini oshirishni hisobga olgan holda AKT sohasidagi yirik xalqaro tadbirlarga mezbon davlat sifatida yillik yig‘ilishni O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni olqishladi.

“Oʻzbekiston bilan hamkorlikning 25 yillik tarixini inobatga olib, Huawei kompaniyasining mintaqaviy rahbarlarini bu yil Toshkentda kutib olishdan mamnunman. Kompaniyaning AKT sohasini rivojlantirish, raqamli transformatsiya va kadrlar tayyorlashga qo‘shgan hissasi “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyamizni amalga oshirish va O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish uchun katta ahamiyatga ega. Respublikada xalqaro IT-kompaniyalar biznesini rivojlantirish, kompaniya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun butun dunyo boʻylab ularning biznes-jarayonlarini autsorsing (BPO) ofislarini joylashtirish, mintaqaviy va global tadbirlarni oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan,” – dedi Sherzod Shermatov.

Huawei rahbarlari IT Park Uzbekistan rezidentlari uchun amaldagi “Zero Risk” dasturi, IT Park rezidentlari O‘zbekistonda o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun oladigan imtiyozlar va xalqaro biznesni O‘zbekistonga yanada jalb etish rejalari bilan tanishdi. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi loyihalarni ishlab chiqishni Toshkentdagi ofis xodimlariga topshirish orqali O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan beshta Huawei global resurs markazlaridan birining faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari qayd etildi, bu esa u yerdagi xodimlar sonini ko‘paytirish va O‘zbekistonning IT-xizmatlari eksportini oshirish uchun ko‘proq imkoniyatlar ochish, respublikaning mintaqada IT-sanoatni rivojlantirish markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Huawei O‘zbekistonda 25 yildan buyon AKT infratuzilmasini mustahkamlash, energetika sohasiga yashil texnologiyalarni joriy etish va mahalliy iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim loyihalarni amalga oshirish orqali faoliyat yuritib kelmoqda. Avgust oyida Raqamli texnologiyalar vazirligi koʻmagida Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlaridan 150 dan ortiq talabalarni birlashtiradigan“Seeds for the Future 2024” taʼlim loyihasi Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.