“ICT Competition 2024-2025” tanlovi boshlandi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

“ICT Competition 2024-2025” tanlovi boshlandi

2024.09.24

Huawei kompaniyasi talabalarni axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatli karyera qurishda o‘z mahoratini namoyish etish uchun “ICT Competition 2024-2025” yillik AKT tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi.

Sakkizinchi marotaba o‘tkazilgan tanlovda 80 mamlakatning 2000 dan ortiq universitetlaridan 170 000 talaba ishtirok etdi va bu “ICT Competition 2024-2025” boshlanganidan beri eng yirik oflayn tanlovga aylandi. 2024-yilning 23-26-may kunlari Xitoyning Shenchjen shahrida boʻlib oʻtgan 2024-yilgi Global Final tanloviga chiqish uchun 49 mamlakat va mintaqadan 470 nafar ishtirokchidan iborat 160 jamoa milliy va mintaqaviy bosqichlardan oʻtdi.

2024 yil 18-sentabr kuni ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 doirasida boʻlib oʻtgan “Huawei ICT Talent Summit” doirasida kompaniya Oʻzbekiston talabalari uchun “ICT Competition 2024-2025” tanlovi boshlanganini eʼlon qildi. Talabalar uchun maxsus moʻljallangan, har yili oʻtkaziladigan global AKT isteʼdodlar almashinuvi tadbiri oʻz iqtidorlarini namoyish etish va yutuqlari bilan jahon eʼtirofiga sazovor boʻlish uchun nufuzli platformani taqdim etadi.

Asosiy bosqichlar:

1. Learning Space platformasida mavjud bo'lgan onlayn kurslarni mustaqil o'rganish.

2. Dastlabki imtihon (Onlayn), 2024 yil oktyabr

3. O‘zbekistonda Milliy final (onlayn), 2024 yil noyabr

4. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo talabalari uchun Mintaqaviy final (oflayn), 2024 yil dekabr.

5. Xitoydagi Global final (oflayn), 2025 yil may

Musobaqa yo'nalishlari:

• Network Track

• Cloud Track

• Computing Track

Tanlovda ishtirok etish shartlari:

• Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari bo‘lishi kerak.

• Ishtirokchilar shaxsiy kompyuter va Internetga kirish imkoniga ega bo'lishi kerak.

• Har bir ishtirokchiga bir vaqtning o'zida tanlovning faqat bitta yo'nalishi bo'yicha ro'yxatdan o'tishga ruxsat beriladi.

• Saralash bosqichida xalqaro HCIA sertifikatiga ega bo‘lgan ishtirokchilar qo‘shimcha ball oladi.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish ushbu havola orqali amalga oshiriladi.

Sizni Huawei Uzbekistan va Huawei Uzbekistan ICT Academy telegram kanallarida ICT Competition yangiliklarini kuzatib borishga taklif qilamiz.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 20-oktabr.