Ar-Riyodda Huawei ICT Competition 2024-2025 mintaqaviy finali va "ICT Academy"ning 10 yilligini nishonlash tadbiri bo'lib o'tmoqda
- Tadbir YUNESKOning ta'limda axborot texnologiyalari Instituti (TATI) bilan hamkorlikda Saudiya Arabistoni aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi (MCIT), Qirol Saud universiteti (KSU) va texnik va kasb-hunar ta’limi korporatsiyasi (TVTC) ko‘magida o‘tkazilmoqda.
- Uch kunlik tadbir yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 19 mamlakatidan (ME&CA) 300 dan ortiq ishtirokchilarni jalb qildi.
- Joriy yilda Huawei ICT Academy ME&CA mintaqada iste’dodlar rivojlanishining 10 yilligini nishonlamoqda.
2024-yil 16-dekabr kuni Ar-Riyoddagi Qirol Saud universitetida (KSU) Huawei kompaniyasi yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari (ME&CA) uchun ICT Competition 2024-2025 mintaqaviy finalini tantanali ravishda ochdi va uni mintaqadagi Huawei AKT Akademiyasining 10 yilligiga bag’ishladi. Saudiya Arabistoni aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi (MCIT), Qirol Saud universiteti (KSU) va texnik va kasb-hunar ta’limi korporatsiyasi (TVTC) ko‘magida YUNESKOning ta'limda axborot texnologiyalari instituti (TATI) bilan hamkorlikda o‘tkazilgan uch kunlik tadbir yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning (ME&CA) 19 mamlakatidan 300 dan ortiq ishtirokchilarni jalb qildi.
Huawei kompaniyasining ME&CA mintaqasi bo'yicha vitse-prezidenti Van Shunli shunday dedi: "Huawei ICT Competition boshlanganidan buyon yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida raqamli iste’dodlarning yetishmasligi bilan bog’liq muammolarga yechim bo‘ldi va intellektual davrga yo‘l ochish vositasiga aylandi. Huawei ME&CA AKT Akademiyasining 10 yilligiga to‘g’ri kelgan Huawei ICT Competition mintaqaviy finali milliy rejalar va qarashlarni amalga oshirishga hissa qo‘shish orqali mintaqaning raqamli o‘zgarishiga hissa qo‘shadigan AKT sohasidagi mutaxassislarining keyingi avlodini tarbiyalashga sodiqligimizni aks ettiradi."
Texnik va kasb-hunar ta’limi korporatsiyasi (TVTC) telekommunikatsiya va axborot kolleji (CTI) dekani doktor Ibrohim Alvatban shunday izoh berdi: "Huawei kabi soha yetakchilari, jumladan, bugungi kunda o‘zining o‘n yilligini nishonlayotgan AKT Akademiyasi bilan mustahkam hamkorlik orqali TVTC telekommunikatsiya va axborot kolleji texnologik yutuqlar avangardida yuqori pog'onalarni egallab kelmoqda. Huawei kompaniyasining sun'iy intellekt sohasidagi innovatsion yechimlari, masalan, bizga eng zamonaviy o‘qitish usullarini taqdim etish va bitiruvchilarimiz va xodimlarimiz mehnat bozorining o‘zgaruvchan talablariga javob berish uchun yaxshi jihozlangan bo‘lishini ta'minlash imkonini beradi."
Birinchi kuni, shuningdek, Huawei ICT Academy o‘qituvchilari uchun tanlov bo‘lib o‘tdi, unda o‘qituvchilar o‘zlarining o‘qitish usullarini namoyish etdilar va AKT-ta’limini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashdilar. Shu bilan bir vaqtda sun’iy intellekt, hisoblash, bulut va tarmoq texnologiyalari kabi texnologiyalarga asoslangan ilg’ot loyihalarni taqdim etgan talabalar jamoalari ishtirok etgan Innovatsion tanlov finali o‘tkazildi. Innovatsiyalar tanlovida O‘zbekistonlik talabalar ham sun’iy intellekt modelidan foydalangan holda eshitish qobiliyati past insonlar bilan muloqot qilishga yordam beruvchi “Sahiya” loyihasini taqdim etishdi.
Joriy yilda ICT Competition 2024-2025 mintaqaviy tanlovida 19 mamlakatdagi 640 ta mintaqaviy universitet va kollejlardan 31 000 dan ortiq talaba ishtirok etdi. 290 ishtirokchi innovatsion tanlovlarga, 30 900 ishtirokchi esa bulutli, tarmoq, hisoblash va SI innovatsiyalarini qamrab oluvchi bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy tanlovlarga qo‘shildilar.
Uch kunlik tadbir doirasida Huawei innovatsiyalari va texnologiyalari bilan tanishish hamda Huawei kompaniyasining ishlab chiqarish korxonalari, Future Space va Ar-Riyoddagi flagman do‘koniga eksklyuziv tashrif ham kiritildi.
Bu yil Huawei ME&CA AKT Akademiyasi mintaqada iste’dodlar rivojlanishining o‘n yilligini nishonlamoqda. O‘tgan o‘n yil ichida AKT Akademiyasi 300 000 dan ortiq talabalarni o‘qitdi, 35 000 dan ortiq iste’dodlarni sertifikatladi va 2 000 dan ortiq malakali o‘qituvchilar tarmog’ini yaratdi. Huawei AKT Akademiyasining (ASC) oltita AKTni qo‘llab-quvvatlash markazlari tomonidan boshqariladigan 106 AKT akademiyalari bilan hamkorlik orqali dastur mintaqadagi raqamli ta'limning asosiy elementiga aylandi.
2017-yilda ishga tushirilgandan buyon ME&CA mintaqasidagi Huawei ICT Competition eng yirik va eng nufuzli tashabbus, AKT iste’dodlarini rivojlantirish va kelajakdagi AKT yetakchilari yordamida ME&CA mamlakatlarining milliy raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha kuchli dasturga aylandi. Tanlov YUNESKOning TATI va 40 dan ortiq mintaqaviy vazirliklar, operatorlar va sanoat hamkorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va ma’qullandi.
Ushbu tashabbus Huawei kompaniyasining raqamli texnologiyalarni har bir inson, uy va tashkilot hayotiga to‘liq ulangan, aqlli dunyoni yaratish uchun olib kirishga intilishini ta’kidlaydi va kompaniyaning mintaqadagi raqamli ekotizimni rivojlantirishning yetakchi ishtirokchisi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.