Huawei kompaniyasining «Imagine Wi-Fi 7» innovatsion ilovalar tanloviga IEEE ning BААdagi seksiyasi bilan hamkorlikda start berildi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei kompaniyasining «Imagine Wi-Fi 7» innovatsion ilovalar tanloviga IEEE ning BААdagi seksiyasi bilan hamkorlikda start berildi

2024.03.26

Wi-Fi shaxsiy foydalanuvchilar va biznes vakillari hayotining ajralmas qismiga aylangan, Wi-Fi ning yangi avlodi asosiy isteʼmolchilar va korxonalar uchun cheksiz imkoniyatlarni vaʼda qilmoqda. Elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti (IEEE)ning BААdagi seksiyasi hamda Huawei Wi-Fi ning kelajakni shakllantirishdagi katta ahamiyatini tan olgan holda «Imagine Wi-Fi 7» innovatsion ilovalarning novatorlik tanlovini o‘tkazish bo‘yicha o‘z saʼy-harakatlarini birlashtirdilar. Ushbu hamkorlik tashabbusi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo (ME&CA) mintaqasidagi АKT sohasi amaliyotchi-mutaxassislarini innavatsion g‘oyalarni ulashish hamda Wi-Fi ning eng so‘nggi avlodi — Wi-Fi 7 ni tatbiq etish bo‘yicha eng yaxshi ssenariylarni o‘rganishga taklif etadi.    

 «Imagine Wi-Fi 7» ning ishga tushirish marosimi

Wi-Fi 6 ning davomchisi bo‘lgan Wi-Fi 7 simsiz aloqa ahamiyatini qayta belgilashga qodir bo‘lgan mislsiz yutuqlarni vaʼda qilmoqda. Standart Wi-Fi 7 maʼumotlarni uzatishda Wi-Fi 6 ga nisbatan uch karra ortiq bo‘lgan hayratlanarli tezlik; 4K va 8K videolarni oqimli uzatish uchun choksiz ulanish; virtual reallikda qatnashish imkoniyati yoki masofadan ishlashni yengillashtirish kabi afzalliklari bilan maqtana oladi. Bundan tashqari, ko‘pkanalli ishlash tartibi, bir nechta kirish nuqtalari bilan koordinatsiyalashuv va (AP) kirish nuqtalarini koordinatsiyalashtirish orqali tartiblash singari ilg‘or uslublar aloqa sifatini real vaqt rejimida yaxshilash hamda javob qaytarish tezligini oshirish orqali kechikishlarni sezilarli ravishda kamaytiradi.

Wi-Fi 7 ga o‘tish simsiz tarmoqlar uchun salmoqli ustunliklarni vaʼda qilgan holda ulanishning yangi davrini boshlab beradi. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida Wi-Fi 7 simsiz kampus tarmog‘ini modernizatsiya qilishning o‘ziyoq milliardlab bozorbop imkoniyatlarni yuzaga chiqarishi kutilmoqda. Huawei АKT sohasida Wi-Fi 7 ni yetkazib berish peshqadami sifatida mazkur texnologik rivojlanishning qoq markazida turibdi.

Huawei ning innovatsion ilovalar bo‘yicha «Imagine Wi-Fi 7» tanlovi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarida Wi-Fi 7 ni tatbiq etishni jadallashtirishga xizmat qiladi. Tanlov mijozlarni, hamkorlarni, ilmiy-tekshirish institutlari, universitetlar va tahlilchilarni Wi-Fi 7 dan foydalanish ssenariylarini hamda uning biznes va jamiyat uchun noyob qadr-qimmatini faol o‘rganishga taklif etadi. Bu kabi o‘zaro kelishilgan saʼy-harakatlar bir yo‘nalishda faollashtirilgan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlagan holda tarmoqdagi xabardorlikni oshiradi va Wi-Fi 7 ning kerakli darajadagi ommalashuvini tezlashtiradi. Ishtirokchilar videorolik ilova qilingan arizalar yo‘llash orqali o‘z g‘oyalarini ulashishlari mumkin.

«Imagine Wi-Fi 7» tanlovi g‘oliblari IEEEning BААdagi seksiyasi va Huawei tomonidan birgalikda topshiriladigan nufuzli mukofotlar va sertifikatlarga sazovor bo‘lish bilan birga «Wi-Fi 7 pionerlari» sifatida eʼtirof etiladi. Shuningdek, tanlovning uchta g‘olibi 2024-yil may oyida Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Huawei Tech Carnival Tour ga ham eksklyuziv taklifnomani qo‘lga kiritadilar.

Doktor Eesa M. Аl-Bastoki, IEEE ning BААdagi seksiyasi faxriy raisi, Dubay universiteti prezidenti

IEEE ning BААdagi seksiyasi faxriy raisi, Dubay universiteti prezidenti, doktor Eesa M. Аl-Bastoki shunday fikr bildirdi: "IEEE va Huawei ning bir tarmoqqa ulangan dunyo uchun АKT sohasini asos sifatida bunyod etish yo‘lida birlashish anʼanasi bor. Biz Huawei bilan bir qatorda kelgusi avlod Wi-Fi lari salohiyatini namoyon etishga yo‘naltirilgan «Imagine Wi-Fi 7» tanlovi hamtashkilotchisi ekanimizdan faxrlanamiz, chunki yangi tajribaga talab rekord darajada yuqori bo‘lgan bir paytda bu tanlov simsiz ulanish sohasida yangi davrni boshlab beradi".     

Van Shunli, Huawei ning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi vitse-prezidenti

Huawei ning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi vitse-prezidenti Van Shunli quyidagilarni eʼtirof etdi: "Huawei kompaniyasi IEEE ning BААdagi seksiyasi va Dubay universiteti tomonidan «Imagine Wi-Fi 7» tanloviga ko‘rsatilgan bebaho yordami uchun minnatdordir. Ishonchimiz komilki, «Imagine Wi-Fi 7» o‘z ishtirokchilarini ilg‘or fikrlashga ilhomlantiradi va Wi-Fi 7 qanday qilib bizning kasbiy, shaxsiy va idrokiy imkoniyatlarimizni rivojlantirishiga ko‘maklashuvchi innovatsion ilovalar yaratilishiga xizmat qiladi".

Feysal Аmer Malik, texnik direktor, Huawei EBG ME&CA

Huawei ning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida korporativ segmentlar bilan ishlash bo‘yicha texnik direktori Feysal Аmer Malik jumladan shunday dedi: "Huawei da biz WLAN standartlarini ilgari surish va simsiz ulanish kelajagini shakllantirishga intilmoqdamiz. Wi-Fi 7 ning sohadagi yetakchi provayderi sifatida biz Wi-Fi 7 dan foydalanish ssenariylarini va uning noyob qadr-qimmatini faol o‘rganishni rag‘batlantiruvchi «Imagine Wi-Fi 7» tanlovini eʼlon qilishdan mamnunmiz. Bizning mijozlar bilan birgalikdagi harakatlarimiz tarmoqdagi innovatsiyalarga va Wi-Fi 7 ni simsiz aloqaning yangi etaloni maqomiga chiqarishga xizmat qiladi".

Huawei kompaniyasing Wi-Fi 7 korporativ yechimining dunyodagi eng birinchi yetkazib beruvchisi sifatida WLAN standartlarini oshirishga sodiqligi uzluksiz davom etmoqda. Huawei WLAN standartlari va Wi-Fi 7 ga sarmoya kiritish umumiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha peshqadamlikni egallar ekan, Wi-Fi 7 bo‘yicha dunyo yetakchisi sifatida o‘z o’rnini yanada mustahkamladi. Eʼtiborlisi shundaki, Huawei kompaniyasi Gartner® Magic Quadrant™ 2024 versiyasiga ko‘ra, simli va simsiz mahalliy tarmoqlar korporativ infratuzilmasini yaratish borasida yetakchi deb topildi va Wireless Broadband Alliance (WBA) Industry Awards 2023 marosimida «2023-yilning eng yaxshi korporativ tarmog‘i» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Wi-Fi 7 davri rasman boshlandi va Wi-Fi Alliance tashkiloti Wi-Fi 7 standartini sertifikatlashtirish dasturini ishga tushirdi. Huawei ning novatorlik intilishlari kompaniyani mazkur qayta tuzish texnologiyasini rivojlantirish asoschisiga aylantiradi. Wi-Fi 7 ommalashib borgani sayin Huawei simsiz ulanishning kelajagini shakllantirishda ishtirok etishda davom etadi.

Huawei muntazam ravishda korporativ bozorda Wi-Fi 7 standartidagi texnologiyalar joriy etilishini jadallashtirib boradi. Bu ko‘plab sektorlar, jumladan taʼlim, sog‘liqni saqlash, chakana savdo, ishlab chiqarish va boshqa sektorlarda foydalanish tajribasi ortishiga xizmat qiladi. «Imagine Wi-Fi 7» tanlovi kompaniyaning innovatsiyalarni rag‘batlantirish orqali sohaviy ekotizimni yaratish va umumiy muvaffaqiyatga erishish yo‘lida barcha manfaatdor taraflar bilan ochiq hamkorlik qilish bo‘yicha qarashlarining bir qismi hisoblanadi.

Tanlov tafsilotlari bilan tanishish, shuningdek unda ishtirok etishga ariza topshirish uchun - https://e.huawei.com/ae/events/2024/ae/partners/imagine-wifi7/contest