O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun Huawei invertorlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun Huawei invertorlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

2023.06.06

Ozbekiston Respublikasi Energetika vazirligida mamlakatda qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun Huawei kompaniyasining invertorlarini yetkazib berish boyicha shartnoma imzolash marosimi bolib otdi.

solar-energy-development

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida MСhJ “Yashil Energiya” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “Huawei” kompaniyasi o‘rtasida mamlakatimizda qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun invertorlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Energetika vaziri o‘rinbosari Akmal Jumanazarov va Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti janob Van Shunli ishtirok etdi va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash rejalari muhokama qilindi.

solar-energy-development

“Huawei joriy yil boshidan ekotizim va energetika sohasidagi hamkorlari bilan aloqalarni mustahkamladi. Energetika vazirligi delegatsiyasi vakillariga kompaniyaning Xitoydagi shtab-kvartirasida joylashgan ko‘rgazma zal, shuningdek, “quyosh” texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi zavodning ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishuv ekskursiyasini uyushtirildi. Sian shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbek-Xitoy biznes-forumi doirasida vazirlik bilan ushbu Huawei yechimlarini Oʻzbekistonda tatbiq etishni kengaytirish boʻyicha keyingi harakatlarni belgilovchi memorandum imzolandi. Bugungi kelishuvning imzolanishi mamlakatning uglerod neytralligiga o‘tish jarayonini tezlashtirish yo‘lidagi navbatdagi qadamlardan biri bo‘ldi”, — deya ta’kidladi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori janob Chen Szyakay.


solar-energy-development

Xitoyning Sian shahrida uchrashuv va memorandum imzolanishi, 2023-yil 17-may

Huawei Digital Power bo‘linmasi yechimlari bir necha yillardan buyon O‘zbekiston Respublikasida yirik sanoat elektr stansiyalari, tijorat va sanoat sektori, shuningdek, mahalliy quyosh elektr stansiyalari uchun fotoelektrik texnologiyalarni joriy etish loyihalarida qo‘llanilmoqda. Huawei invertorlari 2023-yil 19-may kuni Sian shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbek-Xitoy yutuqlari ko‘rgazmasida Energetika vazirligi stendida ham tomonlar o'rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik namunasi sifatida namoyish etilgan edi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi delegatsiyasi 2023-yil yanvar oyida Huawei kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurib, u yerda Huawei Digital Power zavodining ishlab chiqarish quvvati bilan tanishdi. 2021-yildan beri Huawei Digital Power o‘z e’tiborini toza energiya ishlab chiqarish, transportni elektrlashtirish va yashil AKT infratuzilmasini barpo etish kabi sohalarga qaratmoqda. 2022-yil oxiriga kelib Huawei o‘z mijozlariga 695,1 mlrd kVt/soatdan ortiq “yashil” energiya ishlab chiqarishga va energiya sarfini 19,5 mlrd kVt/soatga kamaytirishga yordam berdi, bu deyarli 340 mln tonna CO2 sarflanishining oldini olishga teng.