IT taʼlim uyushmasi va Huawei kompaniyasi Oʻzbekistonda taʼlim loyihalarini rivojlantiradi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

IT taʼlim uyushmasi va Huawei kompaniyasi Oʻzbekistonda taʼlim loyihalarini rivojlantiradi

2023.10.26

2023-yil 26-oktabr Huawei kompaniyasi va IT-taʼlim uyushmasi Oʻzbekistonda taʼlim loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan anglashuv memorandumini imzoladi. Imzolash marosimi ICTWEEK UZBEKISTAN 2023 AKT haftaligi doirasida IT-ta’lim forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

24-27-oktabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston AKT sektoridagi asosiy tadbirlardan biri bo‘lgan ICTWEEK 2023 bo‘lib o‘tadi. Huawei har yili haftaning asosiy tadbirlarida, jumladan ICT EXPO 2023 koʻrgazmasida, sunʼiy intellekt, IT-taʼlim, IT-sektoriga investitsiyalar boʻyicha forumlarda, shuningdek, Markaziy Osiyo IPv6 sammitida ishtirok etadi.

2023-yil 26-oktabr IT-taʼlim forumi doirasida Huawei IT taʼlim uyushmasi bilan AKT sohasidagi isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash va kompaniyaning taʼlim loyihalari asosida oʻquv dasturlarini joriy etishga qaratilgan oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi. Xususan, tashkilotlar “IT taʼlim uyushmasi”ni Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi yechimlari va mahsulotlariga oʻqitish boʻyicha vakolatli hamkori (“HALP”) sifatida belgilash niyatida, bu esa  keyingi AKT kurslari uchun malakali trenerlarni tayyorlash va tegishli xalqaro kompaniya sertifikatlarini olish imkonini beradi. Shuningdek, 2023-yil 17-oktabrda Pekinda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan davlat tashkilotlari bosh raqamli mutasaddilarining (Chief Digital Officers) malakasi va raqamli ko‘nikmalarini oshirish dasturi birgalikda amalga oshiriladi. Memorandumni imzolash marosimida IT taʼlim uyushmasi direktori Nodir Barnayev va Huawei sho‘ba korxonalari direktorlar kengashi vakili janob Syu Xay ishtirok etdi.

IT-ta’lim forumiga shu yilning sentabr oyida Qatar va BAAda AKT bo‘yicha intensiv kurslar dasturini tamomlagan “Seed for the Future 2023” loyihasi ishtirokchilari ham taklif etildi. Dasturda ishtirok etish natijasida sakkiz nafar o‘zbekistonlik talaba Tech4Good mintaqaviy tanlovida g‘olib bo‘ldi va dekabr oyida Dubayda bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim bo‘yicha COP-28 sammitida ishtirok etishga taklif qilindi. Shuningdek, g‘olib jamoa a’zolari bu yilgi global Tech4Good bosqichida 100 ming AQSH dollari jamg‘armasi uchun bellashishga hozirlik ko‘rmoqda.

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda AKT sohasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, bir qator ta’lim loyihalari va tanlovlarini, jumladan, yaqinda e’lon qilingan ICT Competition tanlovini amalga oshiradi. IT talabalari uchun eng yirik tanlovlardan biri O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilmoqda va tez orada ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi talabalari bilan birga o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Huawei AKT haftaligining Platinum homiysi sifatida barchani o‘z ko‘rgazma maydoniga tashrif buyurishga, shuningdek, kompaniya ma’ruzachilari Raqamli O‘zbekiston uchun ilg‘or yechimlarni taqdim etadigan ICTWEEK 2023 doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishga taklif qiladi.