ICTWEEK 2023: Innovatsiyalardan taʼlimgacha raqamli rivojlanish

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

ICTWEEK 2023: Innovatsiyalardan taʼlimgacha raqamli rivojlanish

2023.10.25

Toshkentda ICTWEEK UZBEKISTAN 2023 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi, Huawei kompaniyasi mahalliy AKT hamjamiyatining faol ishtirokchisi sifatida haftalik dasturi doirasida ICT EXPO axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi va forumlarda o‘zining raqamli yechimlarini taqdim etmoqda. Kompaniya stendida telekommunikatsiya segmenti uchun ilg‘or yechimlar, yangi “aqlli” shaharlar, korxonalar, davlat va moliya sektorlari, ta’lim muassasalari, shuningdek, uy xo‘jaliklari uchun raqamli yechimlar taqdim etilgan.

24-27-oktabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston AKT sektoridagi asosiy tadbirlardan biri bo‘lgan ICTWEEK 2023 bo‘lib o‘tadi. Huawei kompaniyasi har yili haftaning asosiy tadbirlarida, jumladan, ICT EXPO 2023 ko‘rgazmasida, sun’iy intellekt, IT sohasiga investitsiyalar bo‘yicha forumlarda, Markaziy Osiyo IPv6 sammitida ishtirok etadi hamda Seeds for the Future 2023 loyihasi talabalari IT taʼlim forumi doirasida taʼlim dasturida ishtirok etish boʻyicha muvaffaqiyatli tajribalari bilan oʻrtoqlashadilar.

ICTWEEK 2023 ning ochilish marosimida Huawei sho‘ba korxonalari direktorlar kengashi vakili janob Syu Xay kirish nutqi bilan so’zga chiqdi. U kompaniyaning ilg‘or texnologiyalarni joriy etish nuqtai nazaridan O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, mamlakatda AKT bo‘yicha kadrlar tayyorlash muhimligini ta’kidladi. “Raqamli asrda iqtisodiy o‘sishda raqamli iste’dodlar muhim rol o‘ynaydi. Huawei Seed for the Future, AKT Akademiyalari va ICT Competition kabi qator ta’lim dasturlari orqali AKT sohasidagi iste’dodlarni doimiy ravishda rivojlantirishga intiladi. Biz nafaqat universitet talabalari, balki tajribali soha mutaxassislarini ham qamrab olishga harakat qilmoqdamiz, bu esa barcha uchun raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beradi”, — dedi Syu Xay.

O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida axborot texnologiyalarini ommalashtirishning ijobiy dinamikasini qayd etgan Syu Xay, shuningdek, 2023-yil 17-oktyabrda Pekinda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan imzolangan memorandum doirasida mamlakatda IT-ta’limni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejalar bilan o‘rtoqlashdi.

Ochilish marosimida Huawei Cloud Core Network Marketing bo’limi prezidenti janob Orfeus Lyu ham “Embracing the Future Network Striding Towards the Intelligent World” (Intellektual dunyo sari kelajak tarmoqlari) mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi va 5.5G texnologiyalarini taqdim etdi, ular aloqa chegaralarini kengaytiradi va foydalanuvchilar uchun turli xildagi xizmatlar va ilovalarni taklif qiladi. “5G imkoniyatlari tufayli intellektual dunyo tobora yaqinlashmoqda va “Raqamli Oʻzbekiston 2030” strategiyasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Huawei kompaniyasi korxonalar, uylarni raqamlashtirish va aholiga raqamli xizmatlar koʻrsatish imkonini beruvchi 5Gga yoʻnaltirilgan taqsimlangan tarmoqni joriy qilmoqda, - dedi Orfeus Lyu.

Kompaniya stendida telekommunikatsiya segmenti uchun ilg‘or yechimlar, shuningdek, uyali aloqa xizmatlarining oxirgi foydalanuvchilari va uy xo‘jaliklari uchun turli ilovalar va xizmatlar, yangi “aqlli” shaharlar, korxonalar, sanoat, davlat va moliya sektorlari, ta’lim muassasalari uchun bulutli texnologiyalar, aqlli kameralar va sun'iy intellektga ega platformalarga asoslangan raqamli yechimlar taqdim etilgan. Soha mutaxassislari ekologik toza maʼlumotlar markazlari uchun energiya tejovchi yechimlar, billing tizimlari uchun aloqa operatorlari uchun dasturiy yechim, shuningdek, Mobile Money 2.0 va Pangu Model yechimlari bilan tanishishlari mumkin. Pangu Model - bu sun'iy intellektga ega yangi yechim bo'lib, u turli ssenariylarda, ham aloqa operatorlarining qo'ng'iroq markazlarida, ham turli sohalarda, masalan, ob-havo sharoitlarini prognoz qilishda qo'llaniladi.

Intellektual qurilmalar ishqibozlari uchun kompaniya O‘zbekiston bozorida XMAGE ultra-kamerali P60 va Nova 11 seriyali smartfonlar hamda bir qator taqiladigan qurilmalar kabi yangi mahsulotlarni taqdim etdi.

Huawei AKT haftaligining Platinum homiysi sifatida barchani o‘z ko‘rgazma maydoniga tashrif buyurishga, shuningdek, kompaniya spikerlari Raqamli O‘zbekiston uchun ilg‘or yechimlarni taqdim etadigan ICTWEEK 2023 doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishga taklif qiladi.