Uzoq muddatli barqaror rivojlanish yo’lida hamnafas bo'lish
Bir necha yillik mashaqqatli mehnatdan so'ng biz sinovlardan o'ta oldik va o’z yo'limizga deyarli qaytdik. Biz 2023-yilni 700 milliard yuandan (98,68 mlrd AQSh dollari) ortiq foyda bilan yakunlashni kutmoqdamiz. AKT infratuzilmasini qurish sohasidagi biznesimiz barqarorligicha qolmoqda va intellektual qurilmalar sohasidagi faoliyatimiz kutilgandan ham oshib ketdi. Bizning raqamli energetikani rivojlantirish (Digital Power) va bulutli hisoblash (Huawei Cloud) bizneslarimiz barqaror rivojlanmoqda va intellektual avtomobil yechimlarimiz sezilarli darajada raqobatbardosh bo‘ldi.
Kompaniya nomidan mijozlarimizga doimiy ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun hamda hamkorlarimizga biz bilan birga bo‘lgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shuningdek, Huawei jamoasining har bir aʼzosiga hech qachon taslim boʻlmagani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Va, albatta, biz yaqinlarimizni, bu yo'lda bizni beqiyos qo'llab-quvvatlagan har bir kishini unuta olmaymiz. Hammaga rahmat. Bizning umumiy ishonchimiz to’siqni olib tashlashga va birgalikda oldinga borishga yordam berdi.
O'tgan yil davomida bizning savdo va xizmat ko'rsatish jamoalarimiz mijozlar ehtiyojlarini qondirish va butun dunyo bo'ylab tarmoqlarning muammosiz va xavfsiz ishlashini ta'minlash maqsadida juda qattiq ishladilar.
Xitoyda iyul oyidayoq qirg‘oq bo‘ylab tayfunlar avj oldi va ko‘p joylarda kommunikatsiya infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazdi. Tarmoqlarni tezda tiklash uchun operatorlar bilan qo’lni qo’lga berib ishladik.
Yevropada, mahalliy bozordagi jiddiy muammolarga qaramay, bizning jamoamiz ma’lumotlarni saqlash bo’yicha ajoyib yechim taqdim etdi va mijozlar ishonchiga ega bo’ldi.
Indoneziyada bizning mahalliy texnik guruhimiz atigi 120 kun ichida Jakarta-Bandung tezyurar temir yo'l liniyasi bo'ylab tarmoqni tezda o'rnatishga muvaffaq bo'ldi.
Burkina-Fasoda, yuzlab kilometr daryolar va ko'llarni qamrab olgan loyihada bizning eng tajribali muhandislar jamoamizhar bir obyektga tashrif buyurib, barcha qurilish ishlarini yomg'irli mavsum boshlangunga qadar yakunladi.
Lotin Amerikasida mijoz tarmog‘i haddan tashqari yuklangan edi, shuning uchun 26 kun ichida tarmoqni zudlik bilan kengaytirish so‘rovi yuborildi. Bizning texnik guruhimiz imkonsiz narsani amalga oshirish uchun barcha qiyinchiliklarni yengdi.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (R&D) xodimlari, ta'minot bo’limi va boshqa jamoalarimizning mashaqqatli mehnati tufayli biz biznesning uzluksizligini va texnologik yetakchilikni ta'minlashda qo'shimcha muvaffaqiyatlarga erishdik. Biz intellektual qurilmalarni keng miqyosda yetkazib berishni qayta boshladik, 200 dan ortiq sho‘ba korxonalarni xususiy MetaERP tizimimizga o‘tkazdik va hisoblash yechimlarimizni keng ko’lamli tijoriy maqsadda foydalanilishini kuzatmoqdamiz. Bizning asosiy dasturiy ta'minotimiz, shu jumladan openEuler va GaussDB ko'plab sohalarga tatbiq qilingan va HongMeng Kernel mahsulotimiz esa sanoatda eng yuqori darajadagi xavfsizlik sertifikatiga ega bo’ldi.
Mashaqqatlimehnat bizga omon qolish va o'sish imkonini berdi, ammo bizni hali ham jiddiy qiyinchiliklar kutmoqda. Biroq texnologik cheklovlar va savdo to'siqlari dunyoga ta'sir qilishda davom etayotgan bir vaqtda, ko'pgina geosiyosiy va iqtisodiy noaniqliklar mavjud. Bu kuchlar birgalikda biznes modellarini va global qiymat zanjirini o'zgartirmoqda.
Biz tashqi muhitda qanday o'zgarishlarni kuzatishimizdan qat'iy nazar, raqamli, intellektual va past uglerodli transformatsiya butun dunyo bo'ylab ustuvor rivojlanish tendensiyasi bo'lib qolishiga ishonamiz. Biz biznes portfelimizning jamoaviy kuchli tomonlarini, innovatsiyalar kiritish qobiliyatimizni va murakkab apparat va dasturiy platformalar haqidagi tushunchamizdan to‘liq foydalangan holda strategik yo’nalishimizni saqlashimiz kerak. Bu bizga ekotizim hamkorlarimiz bilan birgalikda mijozlarimizga yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etishda davom etish imkonini beradi.
Biz bu imkoniyatdan faol foydalanishimiz va cheklangan resurslarimizni eng muhim strategik sohalarga sarflashimiz kerak. So'nggi paytlarda asosiy modellardagi yutuqlar Sun'iy intellektni o'quv tadbirlari darajasidagi ssenariy asosidagi o'rnatishdan sanoat darajasida keng ko'lamli ishlab chiqish va qo'llashga o'tkazmoqda. Asosiy modellarning tobora ortib borishi aql bovar qilmaydigan miqdorda hisoblash quvvatini talab qiladi. Demak, biz barcha sohalarning rivojlanishiga yordam beradigan yetakchi hisoblash bazasini yaratishimiz kerak.
2024-yilda barcha biznes bo'linmalari asosiy e'tiborni qiymat yaratish va “hosilni o'stirish”ga qaratishi kerak.
Bizning AKT infratuzilmasini mustahkamlash bo‘limimiz kompaniyaning asosi hisoblanadi va hisoblash, saqlash va tarmoq texnologiyalari kabi sohalarda o‘zining kuchli tomonlaridan foydalangan holda asosiy rolni o‘ynashda davom etadi, shuningdek, sanoatning raqamli va intellektual transformatsiyasini to'liq qo'llab-quvvatlash uchun tizim muhandislik imkoniyatlarini qo'llaydi. Xususan, bizning aloqa operatorlari bilan ishlash bo’limimiz mijozlarimizga trafikni oshirish, yangi xizmatlarni joriy etish va tarmoq o‘sishini rag‘batlantirish orqali ularning biznesdagi muvaffaqiyatini yanada yaxshiroq qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Bizning qurilmalarni yaratish bo’yicha biznes-bo’linmamiz o’z sinfidagi eng zo'r mahsulotlarni ishlab chiqish va "insoniy fazilatlar" bilan yuqori sifatli brend yaratish bo'yicha sa'y-harakatlarini ikki barobar oshirishi kerak. “Divayslar” bo’yicha yo’nalish HarmonyOS shaxsiy mobil ilovalarini ishlab chiqishni tezlashtirish, HarmonyOS ekotizimida tarixiy yutuqlarga erishish va iste'molchilarga barcha ssenariylarda misli ko'rilmagan tajribalarni taqdim etish uchun hamkorlar bilan hamkorlik qilishi kerak.
Huawei Cloud kompaniyaning raqamli tayanchiga aylanishga intilishi, ichki resurslarni quvvatlantirish hamda barcha tarmoqlarni o‘sishi va gullab-yashnashiga yordam beradigan ishonchli platforma bilan ta’minlashi kerak.
Digital Power bo’linmasi uglerod neytralligiga erishish, kompaniya foydasini oshirish va tez va barqaror o'sishni qo'llab-quvvatlash uchun mahsulot sifatini yaxshilash va raqobatdosh ustunliklarini kuchaytirishni davom ettirishi kerak.
Avtomobil yechimlari boʻlinmasi oʻzining texnologik afzalliklarini biznes muvaffaqiyatiga aylantirish uchun hamkorlar bilan yaqindan hamkorlik qilishda davom etishi kerak.
Barcha biznes-bo'linmalari ko'r-ko'rona optimizmga yo'l qo'ymaslik orqali ishonchni singdirishda davom etishlari kerak. Har biri inventar risklariga e'tibor qaratgan holda xavflarni samarali aniqlashi va operatsion samaradorlikni oshirishi kerak.
Sifat – bizni qutqaruvchi omildir. Biz umumiy sifat boshqaruvi orqali tarmoqlar va platformalarning xavfsizligi va barqarorligini ta'minlashimiz kerak. Tarmoqlar murakkablashmoqda, raqamli va intellektual mahsulotlar kengroq va chuqurroq joriy etilmoqda. Sifat mijozlarimizning qaror qabul qilish jarayonida asosiy omilga aylandi. Shuning uchun biz sifatni asosiy vakolatimizga aylantirishimiz va sifatli mahsulotlar yaratish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishimiz kerak.
O'tgan 30 yildan ortiq vaqt mobaynida biz sifat boshqaruvi bo'yicha katta tajriba va imkoniyatlarni ishlab chiqdik va biz bu tajribani turli biznes sohalarining o'ziga xos xususiyatlariga moslashtirishimiz kerak. Shuningdek, biz ushbu imkoniyatlarni yetkazib beruvchilarimiz, kanal hamkorlarimiz va ekotizim hamkorlarimiz bilan bo'lishishimiz kerak. Keng qamrovli sifat boshqaruvi tizimlari va qobiliyatlarni rivojlantirish orqali biz mijozlarimizga raqobatbardosh, yuqori sifatli mahsulotlar va yechimlarni taqdim eta olamiz.
Ekotizimni rivojlantirish tashkilotlar va iste'molchilarga hisoblash va bulutli yechimlarni taqdim etadigan biznes bo'linmalarimiz o'sishi uchun juda muhimdir. Boshqa har qanday kompaniya singari, Huawei ham cheklangan imkoniyatlarga ega, shuning uchun biz eng yaxshi mahsulot va xizmatlarga e'tibor qaratishimiz kerak.
Imkoniyatlarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratish ustida ishlayapmiz. Bu muhim texnologiyalarni muhim senariylarga moslashtirish, hamkorlarimiz bilan yaqindan hamkorlik qilish va gullab-yashnayotgan ekotizimlarni rivojlantirishni talab qiladi. Buning amalga oshishi uchun fikrlashimizni o'zgartirishimiz va ochiq hamkorlikka ko'proq e'tibor qaratishimiz kerak. Biz butun sanoatning kuchli tomonlarini birlashtirib, boshqalar muvaffaqiyatga erishishi uchun harakat qilishimiz kerak. Hamkorlik va ekotizimni rivojlantirish uzoq muddatli strategiya bo'lishi kerak.
Shu bilan birga, fundamental AKT texnologiyalarini rivojlantirishga va murakkab dasturiy va apparat platformalarida o‘z imkoniyatlarimizni oshirishga e’tibor qaratishimiz kerak. Biz bu imkoniyatlarni ochishimiz va ularni hamkorlarimiz uchun xizmatlar platformasi sifatida taqdim etishimiz kerak. Bu ularga sssenariy asosidagi yechimlarni ishlab chiqishda o'zlarining kuchli tomonlaridan maksimal darajada foydalanishga yordam beradi. Va birgalikda biz umumiy muvaffaqiyatga hissa qo'sha olamiz.
Bizning umumiy strategik yo‘nalishimiz aniq. Biz shtab-kvartirani tartibga solish, boshqaruvni soddalashtirish va siyosat izchilligini ta’minlashda davom etamiz, shu bilan birga zarur tuzatishlar kiritamiz. Budjet boshqaruvimiz markazlashgan holda, biz operativ vakolatlarni joylardagi idoralarga berishda davom etamiz. Operatsiyalarni boshqarish nuqtai nazaridan, barcha operatsion bo'linmalar tezkorlik bilan xabardorlikni oshirishi, o'z imkoniyatlarini kuchaytirishi va barcha mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi kerak. Dilerlarga o'z operatsiyalarini boshqarish va o'z qarorlarini qabul qilish huquqini berish orqali dilerliklarni ko'rib chiqish jarayonini o'zgartirish bo'yicha loyihamizni ilgari surishda davom etamiz.
Kompaniya o'zining turli biznes bo'linmalari o'rtasida baholash siyosati va qiymat almashishni baholash va rag'batlantirish siyosatini optimallashtirishda davom etadi. Iste'dodlarni yetkazish siyosatimiz orqali biz kompaniyaning yirik bo’linmalarining taniqli menejerlari va mutaxassislarini hisoblash, bulut va raqamli energetika kabi biznesning yangi sohalariga faol o'tkazishga undaymiz. Bu yangi bo'linmalarga tezda o'z tashkiliy tuzilmasini qurishga, yangi imkoniyatlardan foydalanishga va sifatli o'sishga erishishga yordam beradi. Bu, shuningdek, yirik bo'linmalarga inson resurslarini yangilash va o'z xodimlariga yangi rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etish imkonini beradi. Energiya va g'ayrat bilan to'ldirilgan tashkilot cheksiz kuch va salohiyatga ega bo'ladi.
Kompaniya rivojlanib borar ekan, bizning menejerlarimiz zamon bilan hamnafas bo'lishlari va bir joyda hech qachon to'xtab qolmasliklari kerak. Ularda muvaffaqiyat uchun kurashish uchun ham jasorat, ham qobiliyat bo‘lishi kerak. Rahbarlar aniq strategik qarash va yondashuvga ega bo'lishi va shunga mos ravishda ishonchli operatsion xaritalarni ishlab chiqishi kerak. Ular yangi biznes yo'nalishlari va texnologiyalari bo'yicha bilim va ko'nikmalarini tezda yangilashlari va muhim bozorlarda keraklii paytda muvaffaqiyatga erishish uchun katta mas'uliyatni o'z zimmalariga olishlari kerak.
Biz rahbarlarni tanlash siyosatini ularning hissasi va natijalariga ko‘proq e’tibor qaratish maqsadidatartibga solamiz. Xulosa tizimini joriy qilishda biz menejerlarni tanlash mexanizmlariga amal qilamiz. Asosan, rahbarlar martaba zinapoyasi bo'ylab ko'tarilishlari kerak va biz ularning biznesga qo'shgan hissasiga qarab to'g'ri nomzodlarni aniqlaymiz.
Faqatgina salmoqli hissa qo'shganlar kompaniya tomonidan baholanadi. Bizning maqsadimiz ko'proq hissa qo'shadigan insonlarga o’sish va rivojlanish uchun imkoniyat berishdir. Biz zamonaviy operatsiyalar uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oladigan va kompaniyani muvaffaqiyatning keyingi bosqichiga olib chiqadigan menejerlar jamoasini yaratmoqchimiz.
Biz uzoq umr ko'rishimizni himoya qilish va biznes o'sishini yaxshiroq qo'llab-quvvatlash uchun biznes muhiti, muvofiqlik, kiberxavfsizlik va maxfiylik ustida ishlashni davom ettirishimiz kerak. Biz tushunishimiz kerakki, biznes muhitidagi o'zgarishlar nafaqat geosiyosiy ziddiyatlar, balki global iqtisodiy sikllarga ham bog'liq. Biz bu o‘zgarishlarga oqilona yondashishimiz, sanoat siyosatini, turli mamlakatlar va mintaqalarning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishga harakat qilishimiz va imkon qadar ijobiy hissa qo‘shishimiz kerak.
Komplayensga rioya etish kompaniyaning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga egadir. Ishbilarmonlik muhiti qanchalik beqaror bo'lsa, biz qoidalarga rioya etishni boshqarish va xavflarni nazorat qilishga ko'proq e'tibor qaratishimiz kerak. Shu bilan birga, kiberxavfsizlik va maxfiylikni himoya qilish bizning biznesimizni davom ettirishning asosidir. Biz mijozlarimizga xavfsiz, ishonchli va barqaror mahsulot va xizmatlarni doimiy ravishda taqdim etish uchun keng qamrovli boshqaruv tizimimizni rivojlantirishni davom ettirishimiz kerak. Bizning yondashuvimiz har doim turli mamlakatlar uchun ichki siyosatni moslashtirishga qaratilgan. Va biz unga amal qilamiz. Lekin ilg‘or tajribalarni ham kengroq almashishimiz, ularni turli mahalliy vaziyatlarga moslashtirishimiz kerak. Umuman olganda, biz mijozlar va boshqa manfaatdor tomonlarning ishonchi va qo'llab-quvvatlashini qozonish uchun ular bilan doimiy pragmatik muloqot qilishimiz kerak.
Biz qanchalik ko'p tajriba va mulohaza yuritsak, shunchalik kuchliroq bo'lamiz. O'tmishda biz kuchayib borayotgan bosim oldida taslim bo'lmaganmiz yoki o'zimizni turli xil maqtovlarga berilib ketishimizga yo'l qo'ymaganmiz. Oldinga yo'l hali ham murakkab, ammo tarix qat'iy ishonganlarga yaxshilik ulashadi.
Biz oldinga siljishda davom etishimiz va imkon qadar ko'proq insonlarni birlashtirishimiz kerak. Birgalikda biz har qanday qiyinchiliklarni yengamiz. Qachonki biz barcha bilan hamnafas bo'lsak, yanada katta muvaffaqiyatlar sari tinmay olg'a intilamiz. Buyuk odamlar buyuk tarixni yaratadilar va biz yangi qahramonlar paydo bo'lishi uchun zamin yaratmoqdamiz.
Yangi yil bilan!