Sian shahrida boʻlib oʻtgan Xitoy-Oʻzbekiston biznes forumida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Huawei kompaniyasi bilan oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Sian shahrida boʻlib oʻtgan Xitoy-Oʻzbekiston biznes forumida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Huawei kompaniyasi bilan oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

2023.05.17

2023-yil 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Xitoy-O‘zbekiston biznes forumi doirasida Huawei ning O‘zbekistondagi kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Memorandum AKT infratuzilmasini mustahkamlash va ta’lim muassasalarining raqamli transformatsiyasiga ko‘maklashishga qaratilgan. Imzolash marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Huawei ning O‘zbekistondagi kompaniyasi bosh direktori janob Chen Szyakay ishtirok etdi.

huawi-min-digital-xian

“Huawei O‘zbekistondagi 24 yillik faoliyati davomida har doim zamonaviy texnologiyalar va yechimlarni taqdim etish uchun mahalliy ekotizim bilan yaqindan hamkorlik qilishga intildi. Ayni paytda O‘zbekiston raqamli transformatsiya sari ildam qadamlar bilan bormoqda. Ekotizim hamkorlari bilan tuzilgan har bir kelishuv intellektual va barqaror infratuzilmani rivojlantirish uchun ko'proq imkoniyatlar yaratadi. Umid qilamizki, imzolangan memorandum doirasida biz mamlakatning barcha fuqarolari uchun foydali bo‘lgan raqamli transformatsiya jarayonini jadallashtirishda yordam bera olamiz”, — dedi janob Chen Szyakay.

O‘tgan oyda vazir Sherzod Shermatov boshchiligidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-park va mahalliy aloqa operatorlari vakillaridan iborat delegatsiya Xitoyning Shenchjen shahridagi Huawei kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida kompaniya tomonidan AKT texnologiyalari, jumladan, 5G va 5.5G texnologiyalari, sunʼiy intellekt, bulutli hisoblash va energiya tejamkor texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun raqamli yechimlar sohasidagi innovatsiyalar va tendentsiyalarni taqdim etildi. Tashrif davomida vazir Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi prezidenti janob Yi Syan bilan ham uchrashdi va AKT sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Huawei kompaniyasi 1987-yilda tashkil etilgan bo’lib, dunyoda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi yechimlari va intellektual qurilmalarni yetakchi yetkazib beruvchi bo’lib hisoblanadi. Huawei kompaniyasining 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda 207 000 xodimlari va ofislari mavjud. Kompaniyaning O‘zbekistondagi idorasi 1999-yilda ochilgan. Ayni paytda kompaniyada 400 dan ortiq kishi faoliyat yuritmoqda, shundan 70 % - mahalliy ishchilarni tashkil etadi.