O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Huawei kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Huawei kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurdi

2023.04.19

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi vazir Sherzod Shermatov boshchiligida Huawei kompaniyasining Shenchjen shahridagi bosh qarorgohiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida kompaniyaning ko‘rgazma zallari bo‘ylab tanishuv sayohati o‘tkazildi.


Raqamli texnologiyalar vazirligi, quyi tashkilotlar va mahalliy aloqa operatorlari vakillaridan iborat delegatsiya Xitoyning Shenchjen shahridagi Huawei kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida kompaniya AKT texnologiyalari, jumladan, 5G va 5,5G, Sun’iy intellekt, bulutli hisoblash, energiya tejamkor texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun raqamli yechimlar sohasidagi innovatsiyalar va tendentsiyalarni taqdim etdi.

Xitoyda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan raqamli loyihalar, jumladan, ta’lim muassasalari va ularning kampuslari, ijtimoiy va transport obyektlari, alohida tuman va shaharlarni raqamlashtirish loyihalari asosida tajriba almashildi.

“Huawei kompaniyasi har doim AKT ekotizimini rivojlantirish uchun barcha ishtirokchilar, jumladan, tartibga soluvchi organlar, aloqa operatorlari, taʼlim muassasalari vakillari soha va innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi haqida xabardorligini oshirishi, tajriba almashishi mumkin boʻlgan qulay muhit yaratishga intiladi va O'zbekistonda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqadi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida mamlakatimizning raqamli infratuzilmasini mustahkamlash, AKT sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlash, soha mutaxassislarining malakasini oshirish va IT xizmatlari sohasida mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Bugun biz kompaniyamiz tashkil topgan joy - Shenchjen shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi bilan global tajribamiz bilan o‘rtoqlashyapmiz va bu respublikada jamiyatni raqamlashtirish uchun yanada ko‘proq foyda keltirishiga umid qilamiz”, — dedi janob Chen Szyakay, Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori.

Huawei O‘zbekistonda 23 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib, mamlakatning AKT infratuzilmasini mustahkamlashda faol ishtirok etib, beshta asosiy yo‘nalishda ish olib boradi: aloqa operatorlari (CNBG), davlat sektori va yirik sanoat (EBG), qayta tiklanuvchan energiya sohasi (Digital Power) va bulutli hisoblash (Cloud), shuningdek, foydalanuvchilar uchun aqlli qurilmalarni (CBG) joriy etish.