MWC 2023: Huawei va Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekistonda AKT sohasini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

MWC 2023: Huawei va Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekistonda AKT sohasini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

2023.03.02

2023-yilning 28-fevral kuni Barselonadagi Butunjahon Mobil Kongressi (MWC 2023) doirasida Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi rahbarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda AKT sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi aloqa operatorlari infratuzilmasini mustahkamlash toʻgʻrisida kelishuvlarga erishildi.

Barselonada boʻlib oʻtgan Mobil Jahon Kongressi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Jamol Maxsudov Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo hududidagi aloqa operatorlari bilan ishlash boʻlimi prezidenti janob An Szyan va Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori Janob Chen Szyakay bilan uchrashdi. Tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni va oʻtgan yili MWC 2022 tadbirida tuzilgan Memorandum doirasidagi qoʻshma ishlar, jumladan, Toshkent va Samarqandda yagona maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash markazini muvaffaqiyatli ishga tushirish hamda 5G texnologiyalarini joriy etish masalalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini muhokama qildilar, shuningdek mamlakatda AKT infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasidagi yangi rejalarni belgilab oldilar.

“Raqamli infratuzilma misli koʻrilmagan yangi talablarga duch kelmoqda. 5G texnologiyalari, bulutli hisoblash va Sunʼiy intellektning oʻzaro birlashuvi aloqa operatorlariga foydalanuvchilarning oʻzgaruvchan ehtiyojlarini optimal ravishda qondirishga, hamda foydalanuvchilarga va sanoatga yangi marralarga koʻtarilish va yaxshi tajribalar orttirish uchun koʻproq imkoniyatlar yaratadi. MWC 2023 kabi global tadbirlar doirasida Oʻzbekistonni raqamlashtirish masalasini tartibga soluvchi organlar va aloqa operatorlari bilan muhokama qilish va birgalikda rejalashtirish soddalashtirilgan, ekologik toza va intellektual AKT infratuzilmasini yaratish uchun mavjud muammolarni chuqurroq oʻrganish va ularni hal qilish yoʻllarini topish imkonini beradi. Umid qilamizki, bizning hamkorligimiz 5G ning keng miqyosda rivojlanishiga, shuningdek, kelgusida 5,5G ga oʻtishga zamin yaratadi”, — dedi Chen Szyakay.

Barselonadagi Butunjahon Mobil Kongressi har yili aloqa operatorlari, yirik IT-kompaniyalari va AKT sohasini tartibga soluvchi organlarni bir joyga jamlaydigan AKT texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbirlardan biridir. Kongress doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi, quyi tashkilotlar va mahalliy aloqa operatorlari vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi MWC 2023 tadbirida va Huawei kompaniyasining boshqa qator tadbirlarida ishtirok etadi.