Raqamli texnologiyalar kelgusi yilda Oʻzbekiston taraqqiyotida muhim rol oʻynashda davom etadi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Raqamli texnologiyalar kelgusi yilda Oʻzbekiston taraqqiyotida muhim rol oʻynashda davom etadi

2022.12.28

“Huawei kompaniyasi Oʻzbekistonda 23 yildan buyon faoliyat yuritib, iqtisodiyotning har xil jabhalari uchun texnologik yechimlarni taqdim etgan holda, sanoatni raqamli transformatsiya qilish, ekologik AKT infratuzilmasini yaratish, taʼlim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirish, aholining axborot texnologiyalariga oid koʻnikmalarini yaxshilash va intellektual qurilmalar asosida raqamli dunyo afzalliklaridan foydalanish yoʻnalishidagi harakatlarga  oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. 

Anʼanaga koʻra tugayotgan yilning soʻnggi haftasi amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yil uchun rejalar tuzish uchun ajoyib fursatni taqdim etadi. Oʻzbekistonda AKT sohasining jadal rivojlanayotganini hisobga olgan holda, oʻylaymanki, ekotizim boʻyicha barcha ishtirokchilar va hamkorlar 2022-yilda erishilgan yutuqlar bilan faxrlanishlari mumkin. Mamlakatning raqamli transformatsiyasi Raqamli strategiya doirasida muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda, xususan bunga:

- “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash Yagona markazining ishga tushirilishi;

- Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini oʻtkazish uchun Samarqandda 5G tarmoqning yoʻlga qoʻyilishi;

- BPO xizmatlar sohasida Oʻzbekiston imkoniyatlarining kengaytirilishi;

- raqamli koʻnikmalarni oshirish boʻyicha yosh avlod uchun imkoniyatlarning yaratilishi;

- Oʻzbekistonda yashil energetika tarmogʻiga raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalar sonining koʻpaytirilishini misol qilish mumkin.

Huawei tarafdan raqamli sohadagi mazkur muhim loyihalarda qatnashish biz uchun katta sharafdir. Biz 2023-yilda, ayniqsa kelgusi yil mamlakatda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilinishi ortidan raqamli texnologiyalar oʻzining ahamiyatli vazifasini bajarishda davom etadigan bir davrda ham, yangi imkoniyatlarga hamisha ochiqmiz va tayyormiz. Kelgusi yilda ilgʻor yechimlarni joriy etish orqali  aholi uchun xizmatlar sifatini oshirish, bilimlardan foydalanish uchun teng imkoniyat yaratish, ekologik texnologiyalar yaratish bizning kompaniyamiz uchun ustuvor vazifa boʻlib qolaveradi. Oʻzbekiston uglerod neytralligi, iqtidorli kadrlarni tayyorlash, aholining turmush darajasini oshirish va mamlakatni raqamli xabga aylantirish boʻyicha qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun hech shubhasiz ulkan salohiyatga ega. 

Huawei kompaniyasi nomidan Oʻzbekiston xalqini eshik qoqayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklab, 2023-yilda barchangizga mustahkam sogʻlik, quvnoq kayfiyat,  salmoqli muvaffaqiyatlar va ulkan yutuqlar doimo hamroh boʻlishini tilab qolamiz.”

Chen Szyakay, Huawei Uzbekistan direktori.