Huawei mahalliy aloqa operatorlari bilan birgalikda O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini rivojlantirishda davom etmoqda

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei mahalliy aloqa operatorlari bilan birgalikda O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini rivojlantirishda davom etmoqda

2022.07.29

Huawei yechimlari asosidagi mahalliy aloqa operatorlari O‘zbekistonda 5G tarmoqlarini sinovdan o‘tkazishni davom ettirmoqda. Xususan, kongress-xoll binosida va Samarqand shahridagi sayyohlik majmuasi mehmonxonalaridan birida sinov tariqasida ishga tushirildi. Maksimal tezlik 1209 Mbit / s ga yetdi.

ShHTga aʼzo davlatlar Davlat rahbarlari Sammitiga tayyorgarlik koʻrish arafasida Samarqand shahridagi sayyohlik markazida Huawei uskunalari negizida UZTELECOM milliy aloqa operatori beshinchi avlod tarmoqlarini ishga tushirdi. Sinovlar doirasida 1209 Mbit/s eng yuqori tezlikka erishildi, bu esa Samarqand shahrida qurilayotgan yangi turistik markaz majmuasi tarkibiga kiruvchi binolar ichida uzluksiz aloqani ta’minlash imkonini beradi. Ushbu tadbir mamlakatning AKT infratuzilmasini mustahkamlash, IT sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun aloqa operatorlarining eng yaxshi tajribasi va xizmatlarini taqdim etish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.

Infratuzilma joriy yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan ShHT tadbiriga va ICTWEEK UZBEKISTAN 2022 AKT haftaligiga tizimli tayyorlashni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri va “O‘zkomnazorat” rahbariga bino ichidagi kafolatli mobil aloqa qoplanish echimini taqdim qilindi

"Beshinchi avlod tarmoq texnologiyalarining joriy etilishi Oʻzbekistonda telekommunikatsiya sohasini yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi. 5G innovatsiyalari tarmoqlar, korxonalar samaradorligini oshirish, shuningdek, O'zbekiston aholisi uchun turli xil ilovalar jozibadorligini oshirish orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish uchun imkoniyatlarini ochadi. Avvalgi 4G tarmoqlari 2016-yilda, mamlakatda ShHT sammiti chog‘ida ishga tushirilganligi bugungi kunga kelib 5G rivojlanishiga poydevor qo‘ydi. Huawei  5G tarmoqlarini qurish uchun innovatsion uskunalaridan foydalanishi bugungi kunda 5.5G ga tizimli yangilash uchun asos yaratadi, uglerod chiqindilari va energiya sarfini kamaytirishni hisobga oladigan yashil tarmoqlarga ertaroq o‘tishga yordam beradi”, dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay.

2019-yilda O‘zbekiston Prezidenti Pekindagi Huawei tadqiqot va ishlanmalar markaziga tashrifi chog‘ida 5G innovatsion yechimlarini joriy etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni oshirishni talab qilgan edi. Birinchi marta ICTWEEK 2019 doirasida UZTELECOM va Ucell kompaniyalari bilan birgalikda maksimal tezligi 1802 Mbit/s dan ortiq bo‘lgan 5G tarmoqlari sinovdan o‘tkazildi va bu O‘zbekistonda AKT infratuzilmasini rivojlantirish va mustahkamlashda yangi bosqichning boshlanishini bo’ldi. Oxirgi ikki yil davomida 5G tarmoqlarini tijorat maqsadlarida joylashtirish UZTELECOM, Mobiuz va Ucell bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

2021-yilda O‘zbekiston uchun iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi kabi muhim tarmog‘ida 5G tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi pilot loyiha taqdim etildi. Milliy tadqiqot universiteti bo’lgan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiya muhandislari” instituti bilan hamkorlikda va UZTELECOM ko‘magida 5G texnologiyalari, narsalar interneti, dron, intellektual sensorlar va katta ma’lumotlarni intellektual qayta ishlash platformalari asosida boshqaruv, monitoring va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlaridan foydalangan holda “aqlli” qishloq xo‘jaligi pilot loyihasi amalga oshirildi.

Huawei kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida 20 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib, ilg‘or raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mamlakat aholisining hayoti va kundalik faoliyatini yaxshilash uchun mahalliy tarmoq operatorlari, soha hamkorlari, ta’lim muassasalari va mahalliy hamjamiyat bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniya o‘zining “O‘zbekistonda, O‘zbekiston uchun” shioriga amal qiladi va aqlli o‘zaro bog‘langan dunyoni barpo etish uchun har bir inson, har bir xonadon va har bir tashkilotga raqamli yechimlarni taqdim etish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.