Huawei kompaniyasi Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar universitetida “Talabalar press-klubi”ning ochilishiga koʻmaklashdi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei kompaniyasi Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar universitetida “Talabalar press-klubi”ning ochilishiga koʻmaklashdi

2022.01.27

Huawei kompaniyasi Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar universitetida “Talabalar press-klubi”ning ochilishiga koʻmaklashdi

27-yanvar kuni O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar universitetida “Talabalar press-klubi”ning tantanali ochilish marosimi va taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyiha Yoshlar ishlari agentligi, IT-Park va Huawei kompaniyasi koʻmagida amalga oshirildi.


“Talabalar press-klubi”ning ochilish marosimida O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevlar so‘zga chiqdilar. Universitet mehmonlari va talabalariga taqdim etilgan press-klub inkubatsiya kovorking markazi va fotojurnalistika laboratoriyasi bo‘lib, uning faoliyati talabalarga o‘z mahorati va iste’dodini faol rivojlantirish imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan. Press-klubda turli soha mutaxassislari bilan talabalar uchrashuvlari, onlayn va offlayn seminar va ma’ruzalar, muhokama uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

“Huawei 2019-yilda memorandum imzolanganidan beri Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlik qilib kelmoqda. O‘tgan yillar davomida biz yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirdik. Talabalar press-klubi ana shunday loyihalardan biriga aylanib, bo‘lajak jurnalistika mutaxassislariga zamonaviy va texnologik jihozlangan muhitda o‘z bilimlarini oshirish imkonini bermoqda. Kovorking markazi AKT sohasidagi asosiy yoʻnalishlarni yoritib berish, yosh IT jurnalistlarini tayyorlash va media ishlab chiqarishga IT-texnologiyalarni joriy etishni rivojlantirish boʻyicha imkoniyatlar bilan tanishish va muhokama qilish uchun ham ajoyib joy bo‘ladi”, deya taʼkdladi Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasining direktor o‘rinbosari janob Go Veylay.

            Texnologik yechimlar orqali ta’lim olish imkoniyatlarini taqdim etish, shuningdek, o‘zining korporativ ijtimoiy mas’uliyatini amalga oshirish maqsadlariga amal qilgan holda O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi universitetlar va maktablarni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etmoqda. O‘tgan yili kompaniya tomonidan IT-universitetlari talabalari uchun “Seeds for the Future” kabi qator ta’lim loyihalari, shuningdek, xitoy tilini o‘rganishga ixtisoslashgan 59-sonli maktab o‘quvchilari o‘rtasida iste’dodlarni aniqlash koʻrik-tanlovi o‘tkazildi. 2020-yilda Huawei kompaniyasi va O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar universiteti jurnalistlar uchun “O‘zbekistonning AKT kuzatuvchisi” qo‘shma koʻrik-tanlovi o‘tkazdi va bu koʻrik-tanlov doirasida boʻlajak va amaldagi jurnalistlar raqamli texnologiyalar mavzularini yoritib borishdi.