O'zbekistonda Huawei kompaniyasi Toshkent shahridagi Amity Universiteti bilan o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi
Huawei kompaniyasi Toshkent shahridagi Amity Universiteti bilan o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Huawei O'zbekistondagi mahalliy aloqa operatorlari, ekotizim bo’yicha sheriklari, davlat idoralari va yirik korxonalar vakillari, shuningdek, IT texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan universitetlar va institutlar bilan hamkorlikning 20 yillik tajribasiga ega.
23 fevral kuni Huawei Uzbekistan delegatsiyasi Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalar shaharchasiga tashrif buyurdi va u erda universitet o’quv binosi bilan tanishdi. Tashrif davomida tomonlar Huawei va Amity o'rtasida O'zbekiston Respublikasi hududida IT sohasidagi iste'dodlarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha hamkorlik rejalarini muhokama qildilar.
Tashrif yakunlariga ko’ra Toshkent shahridagi Amity universiteti bilan o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yosh mutaxassislarni qo'llab-quvvatlashga, dolzarb IT yo’nalishlari bo'yicha qo'shma tadbirlar, mehmon ma'ruzalari va mahorat darslarini, shu jumladan Amity talabalarining Huaweining har yili o'tkaziladigan "Kelajak urug'lari" global loyihasida, ushbu loyiha doirasida o'zbekistonlik talabalar kompaniyada olti yildan beri malaka oshirib kelmoqdalar, ishtirokini tashkil etishga qaratilgan.
Huawei kompaniyasi, shuningdek, IT sohasiga ixtisoslashmagan, ammo hozirgi kunda u yoki bu tarzda raqamli texnologiyalar bilan bog'liq universitetlar bilan ham hamkorlik qiladi. Dunyoda iqtisodiyotning barcha sohalari raqamlashtirilayotganini hisobga olsak, IT yechimlar va ularni qo'llash bo'yicha asosiy bilimlar har qanday o'quv dasturida foydali bo'ladi. Masalan, yaqinda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti professor-o'qituvchilari uchun qishloq xo'jaligi sohasida bulutli va server texnologiyalarini qo'llash bo'yicha ma'ruzalar bo'lib o'tdi. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan birgalikda esa ilgari tuzilgan memorandum doirasida "O'zbekiston AKT Sharhlovchisi" tanlovi o'tkazildi.