Huawei kompaniyasi 2020 yil uchun barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi hisobotini e'lon qildi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei kompaniyasi 2020 yil uchun barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi hisobotini e'lon qildi

Ezgulik uchun xizmat qiluvchi texnologiyalar: AKT bilan barqaror ijtimoiy rivojlanish
2021.07.08

Huawei kompaniyasi 2020-yil uchun barqaror rivojlanish toʻgʻrisidagi hisobotini eʼlon qildi. Kompaniya ushbu yillik hisobotni 13 yildan beri uzluksiz nashr etib kelmoqda. 2020-yil uchun tayyorlangan hisobotda Huawei kompaniyasining barqaror rivojlanishni taʼminlash boʻyicha toʻrtta ustuvor yoʻnalishi, xususan raqamli integratsiya, xavfsizlik va ishonchlilik, atrof-muhitni muhofaza qilish, hamda barqaror va uygʻun ekotizimga erishish boʻyicha oxirgi bir yil ichida amalga oshirgan ishlari va erishgan yutuqlari oʻz ifodasini topgan.

TECH4ALL raqamli integratsiya tashabbusi: raqamli dunyoda hech kim unutilmaydi

COVID-19 pandemiyasi global taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimlarida jiddiy va misli koʻrilmagan muammolar keltirib chiqardi. Oʻzining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi innovatsion yechimlari yordamida Huawei kompaniyasi turli mintaqalardagi aholi uchun taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida sifatli manbalardan teng darajada foydalanish imkoniyatini yaratdi va pandemiyaga qarshi kurashda oʻz vazifasini bajardi.

2020-yilda Huawei butun dunyo boʻylab 200 dan ortiq maktablarda “Skills on Wheels” (“Koʻchma sinflar”) va Connecting Schools (“Ulangan maktablar”) dasturini tadbiq etib, 60 mingdan ortiq odamga foyda keltirdi. Huawei, shuningdek, oʻzi faoliyat yuritayotgan hududlarda pandemiyaga qarshi kurashishda AKT yechimlaridan foydalandi va 90 ga yaqin mamlakatga texnik yordam koʻrsatdi va ushbu qiyin davrda mahalliy jamoalarni qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻlidan kelgancha harakat qildi.

2020-yilda Huawei raqamli texnologiyalar yordamida tabiiy resurslarni samaraliroq boshqarish va bioxilma-xillikni saqlashda 18 ta davlatning 22 ta qoʻriqlanadigan hududlariga yordam berdi. Bundan tashqari, kompaniya aholisi kam va olis aholi punktlari uchun aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi oʻzining RuralStar Pro yechimini ommaga taqdim etdi. RuralStar yechimlari chekka qishloqlarda yashovchi 50 milliondan ortiq aholini tarmoqqa qamrab olinishini taʼminlaydi.

Odamlar uchun: xavfsiz, ishonchli va yuqori sifatli mahsulotlar, yechimlar va xizmatlar ishlab chiqish

Huawei kompaniyasi tomonidan kiberxavfsizlik va maxfiylikni himoya qilishga eng ustuvor vazifalar sifatida qaraladi. 2020-yilda kompaniya dasturiy taʼminotni ishlab chiqishda ishonchlilikni taʼminlashning standart dasturini va baholash mezonlarini ishlab chiqdi va ishonchli kodlash boʻyicha bir qator mexanizmlarni yaratdi. 2020-yil oxiriga kelib, Huawei butun dunyo boʻylab kiberxavfsizlik va maxfiylikni himoya qilish sohasida 2963 ta patent oldi. Oʻtgan yili kompaniya 5000 dan ortiq xizmatlar taʼminotchilari bilan maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha shartnomalar imzoladi va talablarga amal qilinishi borasida keng koʻlamli kompleks tekshiruvlar oʻtkazdi.

Sayyoramiz farovonligi uchun: ekologik va barqaror rivojlanishni taʼminlaydigan texnologiyadan foydalanish


Huawei kompaniyasining direktorlar kengashi raisi Lyan Xua oʻz hisobotida: “Aqlli texnologiyalar dunyosi ekologik musaffo boʻlishi kerak. Texnologiyalar borasida erishadigan yutuqlarimiz bizga tabiatni yaxshiroq tushunishimiz va uni muhofaza qilishimizga va inson faoliyatining sayyoramizga zararli taʼsirini kamaytirishga yordam beradi. Biz, texnologiyalarning tabiat bilan uygʻunlikda ishlashi va dunyoni yanada yaxshi tomonga oʻzgartirishda bizga yordam berishi mumkinligiga ishonamiz.”– deya taʼkidladi.

Ekologik jihatdan yanada musaffo va barqaror raqamli dunyoni yaratish boʻyicha oʻz saʼy-harakatlari doirasida Huawei uglerod chiqindilarini kamaytirish, qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishni kengaytirish va yopiq sikldagi iqtisodiyotning shakllanishiga yordam berishga koʻproq eʼtibor qaratmoqda. 2020-yilda Huawei kompaniyasining CO2 chiqindilari har million yuan daromadga nisbatan bazaviy yil (2012) bilan solishtirganda 33,2% ga kamaydi va 2016-yilda kompaniya tomonidan belgilangan maqsadli koʻrsatkchdan (30%) oshdi.

2020-yilda rivojlanishni rejalashtirish boʻyicha global ekologik notijorat qoʻmita 5800 dan ortiq kompaniyalarni iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashga qoʻshgan hissasi boʻyicha baholadi. Huawei kompaniyasi boshqa sanoqli kompaniyalar qatorida chiqindilarni kamaytirish, iqlim xavfini yumshatish va kam uglerodli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha qabul qilgan chora-tadbirlari uchun nufuzli “A” daraja bilan baholandi.

Qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishni ilgari surish uchun Huawei raqamli energiya yechimlarini 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda joriy etib, dunyo aholisining uchdan bir qismini qamrab oldi. Bugungi kunga qadar ushbu yechimlar hisobiga qayta tiklanadigan manbalardan 325 milliard kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarildi va 10 milliard kVt/s elektr energiyasi tejab qolindi. Ushbu saʼy-harakatlar tufayli CO2 chiqindilarini 160 million tonnaga kamaytirishga erishildi.


Ezgulik uchun xizmat qiluvchi texnologiyalar: Jamiyatga foyda keltirish va BMTʼning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yordam berish

Huawei kompaniyasi oʻz mijozlari uchun tijorat qiymatliklarini yaratish bilan bir qatorda, barcha manfaatdor tomonlar uchun ijtimoiy boyliklarni yaratishning va BMTʼning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishning ahamiyatini yaxshi anglaydi.

Huawei oʻz xodimlari haqida gʻamxoʻrlik qiladi va ularning xavfsizligini birinchi oʻringa qoʻyadi. COVID-19 pandemiyasi paytida kompaniya oʻz xodimlarining salomatligini saqlash va xavfsizligini taʼmilash, shuningdek, yetkazib beruvchilar va pudratchilarga oʻz ishlarini xavfsiz qayta tiklashda yordam berish boʻyicha bir qator tadbirlarni amalga oshirdi.

2020-yilda Huawei kompaniyasi butun dunyo boʻylab 650 dan ortiq xayriya tadbirlarini tashkil etdi. Uning “Seeds for the Future” yetakchi korporativ ijtimoiy javobgarlik dasturi 130 ta mamlakat va mintaqalardan boʻlgan 9000 ga yaqin talabalarni qamrab oldi va bu yoshlar kelajakda AKT sohasi uchun qimmatli isteʼdodlar zaxirasiga aylanadi.

Huawei Oʻzbekistonda ham barqaror rivojlanishga katta eʼtibor qaratmoqda. 2020-yilda sogʻliqni saqlash sohasida yangi texnologiyalarni joriy etish orqali pandemiyaga qarshi kurashish boʻyicha ulkan yordam koʻrsatildi. Kompaniya “Green Uzbekistan” tashabbusini ilgari surgan holda, Orol dengizi tubini obodonlashtirish loyihasida ishtirok etdi. Toshkentdagi ikkita maktabga raqamli taʼlimni rivojlantirish uchun uskunalar taqdim etildi. Bu yil esa, allaqachon innovatsion texnologiyalarga ega koʻchma sinf shaklidagi “Mobil AKT Akademiyasi” loyihasi ishga tushirildi.