Huawei Cup 2021 musobaqasiga start beriladi: Huawei kompaniyasi tomonidan AKT sohasida oʻtkaziladigan Yevrosiyo musobaqasi uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei Cup 2021 musobaqasiga start beriladi: Huawei kompaniyasi tomonidan AKT sohasida oʻtkaziladigan Yevrosiyo musobaqasi uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi

2021.08.23

Huawei kompaniyasi Huawei Cup 2021 – AKT sohasidagi Yevrosiyo musobaqasi uchun roʻyxatdan oʻtkazish boshlanganini eʼlon qiladi. Huawei kompaniyasi 2015-yildan buyon AKT sohasidagi talabalar va yosh mutaxassislar uchun ushbu taʼlim loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Uning maqsadi – iqtidorli yosh AKT mutaxassislarini jalb qilish va ularni oʻzlarining kasbiy sifatlarini mustaqil ravishda rivojlantirishga qiziqtirishdir. Hozirgi kunga qadar tanlovda 50 mingdan ortiq talabalar va yosh AKT mutaxassislari ishtirok etishga. Bu yilgi roʻyxatga olish 23-avgustdan boshlandi.

Huawei Yevroosiyo kompaniyasi vitse-prezidenti Vu Say shunday deydi: “Huawei Cup – bu Huawei kompaniyasining Yevrosiyodagi yetakchi taʼlim loyihasi boʻlib, u yetti yildan buyon muntazam ravishda oʻtkazilib kelmoqda va zamonaviy AKT yechimlari bilan ishlashni biladigan minglab iqtidorli yoshlarni birlashtirmoqda. Musobaqa ishtirokchilari – bu taʼlim muassasalarida berilayotgan bazaviy taʼlim bilan chegaralanib qolmayotgan, sinchkov aqli oʻsish va kamol topish uchun yangiliklarni izlayotgan, yangi bilim va innovatsion yechimlarga intilayotgan shijoatli yoshlardir. Biz Huawei Cup musobaqasi ularga eng yangi trendlar va texnologiyalar bilan tanishish, oʻzlarining martaba istiqbollarini kengaytirish va AKT sohasidagi xalqaro ekspertlar hamjamiyatining bir qismi boʻlishlari uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etayotganidan xursandmiz. Ishonchim komilki, Huawei Cup ishtirokchilar va gʻoliblar uchun AKT sohasida professional yutuqlar va tadqiqotlar sari ilk qadam boʻladi va ular butun mintaqaning dinamik rivojlanayotgan IT sohasiga koʻplab innovatsiyalarni olib kiradi”.

Musobaqalarda Rossiya, Belarusiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Turkmaniston, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjondan boʻlgan 18 yoshga toʻlgan, 2021-yilgi oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari talabalari, aspirantlari va bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilar bepul onlayn maktabda oʻz professional darajasini oshirishlari va musobaqaga tayyorgarlik koʻrishlari mumkin. Huawei ekspertlarining AKTning katta talabga ega boʻlgan sohalariga bagʻishlangan vebinarlari va maʼruzalari shu sohalar boʻyicha juda koʻp narsalarni bilib olishga yordam beradi. Maktab ishtirokchilarni Huawei kompaniyasining amaliy keyslari va yangi texnologiyalari bilan tanishtiradi.

Musobaqalar bir necha bosqichda oʻtkaziladi. Roʻyxatdan oʻtish 23-avgustdan boshlanadi, birinchi bosqich viktorinasi 1-sentyabrdan 31-oktyabrgacha boʻlib oʻtadi.

Bu yil tanlov oltita nominatsiyada oʻtkazildi: AI (sunʼiy intellektning modellari va usullari), Storage (maʼlumotlarni saqlash tarmoqlarini qurish), IP (IP tarmoqlarining texnologiyalari va protokollari), 5G (yangi avlod mobil aloqa texnologiyalari va standartlari), APP (Mobil ilovalarni loyihalash) va yangi jurnalistlar uchun ICT Observer (AKT kuzatuvchisi) nominatsiyasi.

Tanlovda ishtirok etish uchun huaweicup.ru saytida roʻyxatdan oʻtish kerak.

Huawei kompaniyasi yosh isteʼdodlarning barchasiga raqamli bilimlarni egallashlari uchun teng imkoniyatlar taqdim etishga intilmoqda. Huawei Cup mintaqaviy musobaqalari bilan bir qatorda, kompaniya har yili “Seeds for the Future” loyihasini oʻtkazadi va bu loyiha bu yil noyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. “Seeds for the Future” loyihasida bu yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, INHA universiteti, Yeoju texnika instituti, Amiti universiteti va Turin politexnika universiteti talabalari ishtirok etishadi.