Huawei 2020-yil uchun o’z hisobotini eʼlon qildi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei 2020-yil uchun o’z hisobotini eʼlon qildi

2021.03.31

Huawei qiyinchiliklarga qaramay biznesga oid yuqori koʻrsatkichlar, hamda mijozlar va jamiyat rivoji uchun hissa qo’shishga moyilligini maʼlum qildi 

[Shenchjen, Xitoy, 2021-yil 31-mart] Huawei 2020-yil sarhisoblarini eʼlon qilib, oʻtgan yil uchun bashorat qilingan natijalarga erishganini bildirdi. Kompaniyaning butunjahon savdo koʻrsatkichi 891,4 mlrd. yuan (*136,7 mlrd. AQSh dollari) miqdorida bo’lib, bu oʻtgan yildagi koʻrsatkichga nisbatan 3,8% koʻp demakdir, sof foyda esa 64,6 mlrd.  yuanni tashkil qildi, oʻtgan yilga nisbatan 3,2 % ga koʻp demakdir. 

2019 va 2020 yillarda AQSh sanktsiyalari qo'llanilishidan kelib chiqadigan operatsion faoliyat qiyinchiliklariga qaramay, Huawei yana bir bor KPMG auditorlik kompaniyasini taklif qilib, moliyaviy hisobotini mustaqil va xolis tekshirishni so’radi. KPMG hujjati - standart o'zgartirilmagan auditorlik xulosasi deganidir. Vaziyatlardan qat'iy nazar, biz hukumatlarga, mijozlarga, buyurtmachilarga, xodimlarga va hamkorlaga o'z faoliyatimiz ko'rsatkichlarini oshkor etishda davom etamiz.

 

2020-yilda Huawei kompaniyasining aloqa operatorlariga yoʻnaltirilgan biznesi COVID-19 pandemiyasi sharoitida 170 tadan ortiq mamlakat va mintaqada 1 500 tadan ziyod tarmoqlarning soz ishlashini taʼminlab, dunyo boʻylab telekommunikatsion tarmoq, onlayn taʼlim va onlayn xarid tizimlarining faoliyatini qoʻllab-quvvatladi. Mobil operatorlar bilan hamkorlikda kompaniya har jihatdan mukammal aloqa taassurotini taqdim etishga koʻmaklashdi. Koʻplab tashqi muassasalar jahonning yirik shaharlarida oʻtkazgan 5G tarmogʻidan foydalanishga oid sinovlarga koʻra, Huawei yoʻlga qoʻygan 5G texnologiyalari operator tarmoqlarida foydalanish qulayligi boʻyicha birinchi oʻringa loyiq koʻrildi. Kompaniya koʻmir qazib olish, poʻlat ishlab chiqarish, bandargohlar va maxsulot ishlab chiqarish singari 20 dan ortiq sanoat yoʻnalishlaridagi 5G tarmogʻiga doir 3000 dan ortiq innovatsion loyihalarni amalga oshirish yoʻlida koʻplab mobil operatorlar bilan ham ishladi. 

Oʻtgan yilda Huawei kompaniyasining korporativ biznesi ssenariylarga asosidagi innovatsion yechimlarni ishlab chiqish hamda “barchaniki, barchadan va barcha uchun” shiori ostidagi raqamli ekotizimni yaratish yoʻlida ulkan ishlarni amalga oshirdi. Pandemiya davrida Huawei virusga qarshi kurashda oʻz unumdorligini isbotlagan texnik tajriba va yechimlarni taqdim qildi. Shulardan biri sunʼiy intellekt koʻmagida ishlaydigan HUAWEI CLOUD asosidagi diagnostika yechimi boʻlib, u jahondagi shifoxonalarga tibbiy infratuzilmaga tushadigan yuklamalarni kamaytirishga yordam berdi. Bundan tashqari, Huawei boshlangʻich va oʻrta maktablarda taʼlim oladigan 50 milliondan ortiq oʻquvchilar uchun bulutda ishlaydigan oʻquv platformalarini ishga tushirish maqsadida hamkorlar bilan ish olib bordi. 

HarmonyOS operatsion tizimi va  Huawei Mobile Services (HMS) ekotizimining ishga tushirilishi natijasida Huawei kompaniyasining isteʼmolchilarga yoʻnaltirilgan biznesi “Seamless AI Life” strategiyasi (“1 + 8 + N”) bilan jadal ravishda ilgarilab, aqlli ofis, fitnes va salomatlik, aqlli uy, oson sayohat va koʻngil ochish yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratgan holda, isteʼmolchilarga barcha qurilmalar va ssenariylar boʻylab intellektual taassurotni taqdim etishga intildi. 

“Oʻtgan yili biz sinovlarga matonat bilan dosh bera oldik”, - dedi Ken Xu, Huawei kompaniyasining almashinuvchi raisi. “Biz oʻz mijozlarimiz uchun salmoqli qiymat yaratish, pandemiyaga qarshi kurashish, shuningdek, butun dunyo boʻylab iqtisodiyotni tiklash va ijtimoiy taraqqiyotni qoʻllab-quvvatlash maqsadida innovatsiyalar yaratishda davom etdik. Shu bilan birga, biz mazkur vaziyatdan faoliyatimizni takomillashtirish uchun foydalandik, bu esa oʻz navbatida bashoratlarga muvofiq boʻlgan koʻrsatkichlarga erishishga turtki berdi. Ayni paytda murakkab biznes muhitga qaramasdan, biz, birorta davlat yoki mintaqaga bogʻlanib qolmagan, aksincha buning oʻrniga mahsulotlarni uzluksiz yetkazish uchun xalqaro resurslarni jalb etuvchi globallashgan va diversifikatsiyalangan savdo zanjiriga qatʼiy amal qilishimizni yana qayta isbotladik. 

Biz mijozlarimiz bilan yaqindan ishlashda davom etib, ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiy o’sish va barqaror rivojlanishni qo’llab quvvatlaymiz. 

2020-yil uchun tuzilgan yillik hisobotdagi barcha moliyaviy koʻrsatkichlar katta toʻrtlikka kiruvchi xalqaro auditorlik kompaniyasi – KPMG tomonidan tekshirilgan.   2020-yil hisobotini mana bu ilovadan yuklab oling: https://www.huawei.com/en/annual-report/2020

1 AQSh dollari 2020 yil 31 avgust holatiga ko’ra, 6.5198 yuanga teng