Bill Tan, Huawei: Fanlararo raqamli sinergiya orqali aloqa operatorlarining raqamli transformatsiyasi tezlashtirilishi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Bill Tan, Huawei: Fanlararo raqamli sinergiya orqali aloqa operatorlarining raqamli transformatsiyasi tezlashtirilishi

2021.02.24

Shanxay, Xitoy, 24 fevral 2021 yil – “Huawei”ning Shanxaydagi MWC 2021 kongressi doirasida “Huawei”ning raqamli operatsiyalar transformatsiyaga bag’ishlangan forumida “Huawei” Global Texnik qo'llab-quvvatlash xizmati prezidenti Bill Tan to'rtta asosiy yo'nalishda – xizmatlar, platformalar, texnologyalar va ekotizim kabilarda sinergiya orqali aloqa operatorlarining raqamli transformatsiyasini tezlashtirish bo'yicha yangi raqamli strategiyani taklif qildi.

 

Bill Tan, “Huawei” Global Texnik qo'llab-quvvatlash xizmati prezidenti

Ushbu raqamli transformatsiya strategiyasi samaradorlikni yangi bosqichga olib chiqadi va doimiy xizmat ko'rsatuvchi innovatsiyalarni boshqaradi. Strategiya raqamli texnologiyalar sohasida iste'dod sohiblarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan va butun tashkilot bo'ylab real, tizimli o'zgarishlarni amalga oshirishga mo'ljallangan.

5G va intellektual texnologiyalarning rivojlanishi optimallashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida raqamli transformatsiyani tezlashtirmoqda. Va bu, o'z navbatida, aloqa operatorlari yangi talablarga ega ekanligini anglatadi, ular xizmatlar va taqdim etilgan ma'lumotlar yordamida bajarilishi kerak. Operator tizimlari uchun operatsion va texnik xizmat ko'rsatish (O&M) usullari foydalanuvchilar uchun resurslar, xizmatlar va xizmatlarni qamrab oluvchi uch bosqichli arxitekturaga ega bo'lishi kerak. Har bir daraja o'zini o'zi boshqarish va o’zaro aloqani boshqarilishini talab qiladi. Ushbu arxitektura foydalanuvchi bilan o’zaro aloqa tajribasini optimallashtiradi va butun umr davomida moslashuvchanlikni oshiradi, shu bilan resurs samaradorligini maksimal darajada oshiradi va yangi xizmatlar sonini ko'paytiradi.

“Aloqa operatorlari to'rtta asosiy yo'nalishdagi - xizmatlar, platformalar, texnologiyalar va ekotizim kabilarda sinergiyaga erishish orqali yangi xizmatlarning yangi yo'nalishlariga erishishi mumkin. Ushbu yondashuv samaradorlikni oshiradi, yangi innovatsion xizmatlarga ilhom beradi va transformatsiyani chuqurlashtiradi. Raqamli transformatsiya haqida gap ketganda, bir butun hajm uni tashkil qiluvchi qismlar yig'indisidan ko'proq bo'ladi. Texnologik sinergiyaning afzalliklarini maksimal darajada oshirish uchun biz to'rt sohada ham jiddiy islohotlarga intilishimiz kerak", dedi Bill Tan.

O'zining asosiy ma’ruzasida Bill Tan har bir sohada zarur bo'lgan sinergiyani tasvirlaydi:

  • Xizmatlar: bozorda o'zgarishlar tezlashi bilan an'anaviy rejalashtirish, qurish, xizmat ko’rsatish, optimallashtirish va qo’llash usullari yanada moslashuvchan va dinamik bo'lib borishi kerak. Biroq, odatdagi yondashuv yangi shaxsiylashtirilgan xizmatlarning ko'payib borayotganligini samarali qo'llab-quvvatlashga imkon yaratmaydi. Masalan, servislar va xizmat ko'rsatish orqali tarmoq tezkorligini ta'minlash hamda tarmoq tizimiga asoslangan marketing integratsiyasi uchun jarayonning asosiy nuqtalari foydalanuvchilar faolligi asosida optimallashtirilishi kerak.
  • Platforma: Birlashgan platforma arxitekturasi ma'lumotlarning yuqori darajadagi tahlilini ta'minlaydi, bu esa yanada oqilona qarorlar qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin. Kompaniyaning har bir bo'linmasi mikro-innovatsiyalar rejimda iloji boricha tezroq ishlashga qodir bo'ladi. Platforma darajasida takroriy optimallashtirish transformatsiyaga qarshilikni minimallashtirish uchun ma'lumotlar, aktivlar va tahlil vositalaridan o’zaro foydalanishni ta’minlaydigan platforma bazasida insonlar orasidagi hamkorlikdan raqamli tizimlar hamkorligiga o'tishni tezlashtiradi.
  • Texnologiyalar: qurilmalar, kanallar, bulutlar, intellektual funksiyalar va boshqalar darajasidagi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish aloqa provayderlariga an'anaviy ish jarayonlarini sezilarli darajada optimallashtirishga yordam beradi. Raqamli texnologiyalarni har bir jarayonga tatbiq etish orqali asta-sekin qo’lda amalga oshiriladigan operatsiyalarning katta miqdorini o’z ichiga olgan statik va passiv ishchi jarayonlarni intellektual, dinamik va faol oqimlarga aylantirishi mumkin.
  • Ekotizim: moslashuvchan ekotizimni joriy etish va innovatsion model bilan birgalikda raqamli transformatsiyani tezlashtirish uchun xizmat ko'rsatuvchi provayderlarning asosiy vakolatlarini birlashtiradi. “Huawei” platformalar va avtomatlashtirish texnologiyalarini taqdim etadi. Kompaniya tomonidan taklif etiladigan imkoniyatlar sheriklar va aloqa operatorlari uchun ularning o'z asosiy takliflariga e'tibor qaratishlari uchun resurslarni bo'shatadi.

Bill Tan kutilgan ijobiy samaraga erishish uchun raqamli transformatsiya barcha manfaatdor tomonlarning faol ishtirokida amalga oshirilishi kerakligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, “Huawei”ning GTS bo'linmasidagi jarayonlarning raqamlashtirish darajasi 2016 yilda raqamli texnologiyalarni joriy etish va tegishli jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida amalga oshirilgan “Digital GTS” deb nomlangan transformatsiya bo’yicha tashabbus tufayli sezilarli darajada oshdi. So'nggi to'rt yil ichida ushbu tashabbus taraqqiyotni rivojlantirishga ishonchli yondashuvni ishlab chiqishga imkon yaratdi:

  • Dastlab, biz biznes jarayonlarning muhim bosqichlarida muammolarni aniqlaymiz. So’ngra kerak bo'lgan joylarda texnologik yechimlarni joriy etishni taklif qilamiz.
  • So’ng biz mavjud izolyatsiya qilingan tizimlarni optimallashtirish uchun platformadan foydalanamiz. Tarmoq tahlili platformasi (GDE) bir nechta xizmat stsenariylarini birlashtiradi va ma'lumotlarni avtomatik ravishda uzatish orqali avtomatlashtirish va keng ko'lamda intellektual imkoniyatlarni amalga oshiradi.
  • Nihoyat, platforma xizmatlar, ma'lumotlar va ekotizim bilan bog'liq ko'plab sohalarda raqamli sinergiyaga erishish uchun bosh o’zak rolini o’taydi. Natijada, raqamli transformatsiya tezlashishda davom etadi.

“MWC Shanghai 2021” kongressida “Huawei” kompaniyasi yanada ochiq, intellektual va samarali raqamli tajribalarni taqdim etish uchun yangilangan HUAWEI SmartCare® yechimini e'lon qildi. Birinchi bosqichda “Huawei” aloqa operatorlari va ekotizim sheriklariga ushbu ma'lumotlar va tarmoq imkoniyatlarini kodlash ehtiyojlarini minimallashtirishga imkon beradigan hamda dastur yangiliklarini faollashtiradigan vositalar zanjirlari orqali muvofiqlashtirishga imkon beradigan ma'lumotlar hamda tarmoq imkoniyatlarini taqdim etadi. Shu bilan birga, platformada takrorlanadigan vazifalar va murakkab muammolarni avtomatik ravishda hal qiladigan 30dan ortiq o'rnatilgan intellektual modellar mavjud. Platforma asosiy texnologiyalarni va algoritmlarni yangilaydi, shu jumladan “to'lqinlar”ni intellektual bashorat qilish va keshdagi issiq hamda sovuq ma'lumotlarni aniqlash, shu bilan hisoblash resurslaridan foydalanishdagi samarani yanada kuchaytirishga erishiladi. Ushbu uchta yangilanish “Huawei”ga raqamli transformatsiyani tezlashtirish va foydalanish jarayonlarini optimallashtirish hamda aloqa operatorlari tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish imkoniyatini beradi.

Forum yakunida “Huawei” kompaniyasi aloqa markazining IT-modelini tavsiflovchi T-BIM (Telecom-Building Information Modeling) texnik hujjatini ishlab chiqdi. Standart interfeyslarning taqdim etilgan ta'rifi tizimlararo va fanlararo hamkorlikda axborotdan foydalanishning yaxlitligi va samaradorligini ta'minlaydi, texnik standartlarning tatbiq etilishini rag'batlantiradi, aktivlarni boshqarish samaradorligini oshiradi va kelajakda sohaning rivojlanishiga zamin yaratadi.

“Huawei” kompaniyasi tarmoq bo'ylab o'zaro manfaatli natijalarga erishish va innovatsiyalar orqali raqamli tugunlar salohiyatini ochish uchun antenna-machta qurilmalari operatorlari, aloqa operatorlari va tarmoqdagi sheriklari bilan ishlashni davom ettiradi.

MWC Shanghai 2021 haqida

“MWC Shanghai 2021” kongressi 23-25 fevral kunlari Xitoyning Shanxay shahrida bo'lib o'tdi. “Huawei” kompaniyasi o'z mahsulotlari va yechimlarini Shanxay Yangi Xalqaro Ko'rgazma Markazining (SNIEC) N1 zalidagi E10, E50 va E90 stendlarida namoyish etdi. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun: https://carrier.huawei.com/en/events/mwcs2021 sahifasiga tashrif buyuring.