Braziliyada 5G texnologiyalari asosidagi “aqlli” fermer xo’jaliklari

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Braziliyada 5G texnologiyalari asosidagi “aqlli” fermer xo’jaliklari

2021.01.05

Tiago Fontes

5 yanvar 2021 yil

Ilgari, bug'doy o'rim-yig'imi paytida dehqonlar kunning jazirama issig’ida o'rim-yig'im oldidan kuniga ko’pi bilan besh soat uxlay olardilar. Hozirgi kunda gektar bug'doyni avtonom kombaynni ishga tushiruvchi bir necha tugmachalarini bosish orqali yig'ib olish mumkin. Qishloq xo'jaligidagi ilg'or texnologiyalar fermerlik amaliyotini bir necha yil oldin ilmiy fantastik film deya qayd etilishi mumkin bo’lgan bir voqelikka aylantirib yubordi.

Rio-Verde shahri Goyas shtatidagi eng yirik don ishlab chiqaruvchisi bo'lib, milliy don ishlab chiqarishning 1,2 foizi uning ulushiga to’g’ri keladi. 378,853 gektar maydonni egallagan mazkur viloyatda qishloq xo'jaligi mahsuloti yiliga qariyb 1,2 million tonnani tashkil etadi, uning asosiy ekinlari sholi, paxta va soyadan iborat.

Qishloq xo'jaligi 4.0

Ekishning ilmiy usullari, qishloq xo'jaligining avtomatlashtirilgan uskunalari va ilg'or ishlab chiqarish tizimlari qishloq xo'jaligi sanoatining rivojlanish asosida joylashgan. Rio-Verde iqtisodiy o'sishni, innovatsiyalar va texnologiyalarni o'zlashtirmoqda, bu qishloq xo'jaligini keyingi bosqichga olib chiqadi – “aqlli” texnologiyalar mintaqani “Qishloq xo'jaligi 4.0” davriga yaqinlashtiradi.

Goyas shtatida hukumat qishloq xo'jaligini raqamli isloh etishda yetakchi rolni o’z bo’yniga oldi. FAPEG (Goyas shtati Tadqiqot fondi) qishloq xo'jaligi nou-xaulari va dasturiy ilovalarini yaratmoqda; “Huawei” kompaniyasi 5G, bulutli hisoblashlar va sun'iy intellekt sohasida o’z yechimlarini taqdim etmoqda; “Claro Brasil” mahalliy telekommunikatsiya agentligi esa 5G tarqalishini ta'minlab bermoqda. Tarmoqlararo hamkorlik, shuningdek, dronlar va avtonom o'ziyurar apparatlardan foydalanish kabi texnologiyalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Aqlli va eng yuqori aniqlikka ega qishloq xo'jaligi uchun asosiy qollanilish sohalari

Qishloq xo'jaligi sohasida aqlli yechimlarning potentsial afzalliklari beqiyosdir:

Yuqori aniqlikka asoslangan dehqonchilik real vaqt rejimida qishloq xo’jaligi ekinlari, tuproq va havo sharoitlarini kuzatish uchun tasvirlar va datchiklar yordamida olingan ma'lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi, bu esa fermerlarga muayyan maydonlarda, shu jumladan real vaqtda, o'zgarishlarni kuzatish va ulardagi mavjud o’zgarishlarga javob berishga imkoniyat hosil qiladi. Ma’lumotlarni kiritishda o'zgaruvchan tezlikdagi texnologiyalar ekish va o'g'itlar hamda zararkunandalarga qarshi vositalardan foydalanishda yanada yuqori aniqlikka erishiladi, bu esa fermerlarga pulni ham, mehnat resurslarini ham tejash bilan bir qatorda mahsulotlarning zarur miqdorlarnigina qo’llashiga imkon beradi.

Aqlli sug'orish tizimlari suvdagi yo’qotishlarni kamaytiradi va uning o'z vaqtida kerakli maydonlarga yetib borishini ta'minlaydi.

Tuproqni kuzatish tizimlari tuproqning umumiy sifati va kimyoviy tarkibini kuzatishga qodir, bu fermerlarga muayyan ekinlarning hosildorligini oshirishga hamda mahalliy darajada yuzaga keladigan muammolarni, xususan, tuproq zaharlanishi, sho'rlanish va kislotalanishini hal qilish kabilarga imkon yaratadi.

Hosildorlikni kuzatish hosilni yig'ish paytida, jumladan miqdori, sifati va namligi haqida geografik ma'lumotlarga asoslangan real vaqt rejimida ma'lumot beradi.

Dronlar fermalarni havodan kuzatishga qodir, kameralar va sensorlardan olingan ma'lumotlar esa fermadagi boshqa tizimlarga uzatiladi.

Qaror qabul qilish qobiliyatiga ega avtonom transport vositalari oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish tizimidagi aniq muammolarni hal qilishi mumkin. Marshrutni aniqlash sensorlarga asoslangan bo'lib, atrof-muhit to’g’risidagi ma'lumotlarni yig'ish va marshrutlarni real vaqt rejimida kuzatib borish, sun’iy intellekt, bulutli yechimlar orqali aqlli boshqaruv hamda 5G ni o’tkazuvchi keng polosa esa 360 gradusli qamrovga ega HD videolarni ko'rishga imkon yaratadi.

Aqlli issiqxonalar ekinlarni o'stirish sharoitlarini optimallashtirish va inson aralashuvini kamaytiradigan avtomatlashtirilgan iqlim va sug'orishni boshqaruv tizimlari yordamida boshqarishni ta’minlaydi.

Yuqori aniqlikka ega chorvachilik IoT yordamida "sigirlarning holatini tarmoq orqali kuzatish" kabi stsenariylarda chorva mollarining sog'lig'ini boshqarish va yaxshilashga imkon beradi.

Fermer xo'jaliklarini boshqarish tizimlari dala ma'lumotlarini qishloq xo'jaligi texnikasi telematikasi, meteorologik observatoriyalar va jahon savdo bozorlari kabi kengroq manbalardan olingan ma'lumotlar bilan birlashtirishga ko’maklashadi. Ma'lumotlarni tahlil qilish, tavakkalchiliklarni baholash va moliyaviy tahlil vositalari dehqonlarga chiqindilarni kamaytirish va ishlab chiqarish hajmini maksimal darajada oshirishga imkon beradi.

Yuqori aniqlikdagi tasvirlar va videofilmlar asosida kasalliklarni aniqlash chorva mollari va ekinlarga tahdid soluvchi hodisalarga tezkor javob berish tizimlari uchun asos bo'lishi mumkin.

5G, bulutli hisoblash va sun'iy intellekt qishloq xo’jaligi yer-mulklarini kuzatish vaqtini bir haftadan bir soatgacha qisqartirishi va uning faoliyat samaradorligini oshirishi mumkin. Muammoli maydonlar tahlili gerbitsidlardan foydalanishni 90% ga kamaytiradi.

Aqlli boshqaruv tizimlari real vaqtda ma'lumotlarni tahlil qilish orqali o'simliklar va mikrorayonlarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda yuqori samarali qishloq xo'jaligini kuzatish va boshqarish imkonini beradi. Masalan, o'rmonni boshqarish yuqori aniqlikdagi yechimlarni o'z ichiga oladi, bu esa o'rmon resurslarining mavjud holatini ta'minlash uchun yetarli algoritmlarga ega bo'lgan mashinalarni ko'rish yechimlarini beradi.

Ushbu afzalliklarga muvofiq, Braziliyaning qishloq xo'jaligi sanoati yangi texnologiyalar va dasturlarga ustuvor ahamiyat bermoqda - ayniqsa, IoT yechimlari bilan ishlaydigan aqlli ma'lumotlarga. Yaqinda Braziliya hukumati o'zining “Qishloq xo'jaligi 4.0” dasturini o'z ichiga olgan Milliy IoT rejasini e'lon qildi. “Qishloq xo'jaligi 4.0” to'rtta ustunga asoslangan: ma'lumotlar asosida boshqarish, yangi vositalar bilan ishlab chiqarish, barqaror rivojlanish va professionalizatsiya. Mobil Internet, IoT, avtomatlashtirilgan ko'rish hamda aqlli qaror qabul qilish kabi texnologiyalar qishloq xo'jaligini tejamkor va aqlli onlayn boshqaruv modeli tomon yo'naltiradi. Muayyan agrotexnika sohalarida qo'llaniladigan 5G, bulutli hisoblash va sun'iy intellektning yaqinlashishi samaradorlik, resurslardan foydalanish, hosildorlik va samaradorlik oshirishi mumkin.

Bugun biz qishloq xo'jaligi kelajagi sari ilk qadamlarni tashlamoqdamiz. Ishonamizki, hamkorlik va ochiqlik Braziliyada aqlli qishloq xo'jaligini rivojini tezlashtiradi.

Huawei 5G, bulutli hisoblash va sun'iy intellektni o'z ichiga olgan universal imkoniyatlarni va shu bilan birga, sanoatni isloh etish uchun E2E salohiyatini ta'minlay oladigan yagona kompaniyadir. Aqlli qishloq xo'jaligining rivojlanishi real vaqtda yuqori aniqlikka ega ishlab chiqarish hamda aqlli boshqaruvga erishish uchun simsiz aloqa, bulutli hisoblash va avtomatlashtirilgan ko’rish kabi xususiyatlarga bog’liq. Bu, o'z navbatida, ilg'or tajribalar uchun asos yaratadigan barqaror ekotizimni shakllantirishga hissa qo'shadigan tarmoqlararo hamkorlikni yo'lga qo'yishni nazarda tutadi.

Ma'lumotlar uzatilishining yuqori darajali tezligi, uzatishlarda kechikishlarning kamligi hamda ulanishning ulkan imkoniyatlari tufayli 5G ma'lumotlarni uzatish va qayta ishlash tezligi hamda aniqligini yaxshilabgina qolmay, dronlar va robotlarni boshqarishda aniqlik va barqarorlikni yaxshilaydi. 5G sun’iy intellekt va bulutli hisoblash bilan birlashtirilganda, real vaqtda video kuzatuv, masofadan turib diagnostika va joylardagi diagnostika kabi yangi ishlab chiqarish stsenariylari aqlli qishloq xo'jaligini rivojlantirishga yordam beradi.

Huawei kompaniyasining 5G yechimlari va xizmatlari haqida ko'proq bilish uchun havolani bosing.