Storysign ilovasi (imo-ishoralardagi hikoyalar)
Eshitish qobiliyati zaif bo'lgan bolalarga o’qishni o’rgatishda yordam
Huawei kompaniyamizning vazifasi - har bir kishiga, uyga va tashkilotga o'zaro bog'liq intellektual dunyoni yaratish uchun raqamli xizmatlarni taqdim etish. Biz texnologiya odamlarning hayotini boyitishi kerak, deb o'ylaymiz, sun'iy intellect (SI) esa insoniyat uchun mumkin bo'lgan chegaralarni kengaytirishga qodir.
2018-yilda SI va kengaytirilgan haqiqatdan foydalangan holda Huawei kompaniyamiz eshitish qobiliyati past bo’lgan bolalar uchun dunyodagi birinchi - Storysign ilovasini yaratdi. O'qishni o'rganish har qanday bola uchun qiyin bo'lishi mumkin, ammo eshitish qobiliyatida turli darajada nuqsonlari bo’lgan yosh bolalar uchun bu haddan tashqari qiyin vazifa bo'lishi mumkin. Bizning texnologiyamiz eshitish qobiliyatida muammolari bo'lgan 32 million bolalar uchun kitoblar dunyosini ochishga, xayolot, qiziquvchanlik va ijodkorlik olamida erkin sayr qilishga yordam berishini bilardik.
Storysign - bu eshitish qobiliyatida nuqsoni bo’lgan bolalarga tanlangan kitoblardan matnlarni imo-ishora tiliga tarjima qilish orqali o'qishga yordam beradigan bepul mobil ilova. SI kuchi va kengaytirilgan haqiqat tufayli StorySign ushbu hikoyalarni jonlantiradi va har bir bolaga ushbu hikoyalardan zavqlanish imkonini beradi.
Storysign ning ishlash printsipi
-
Bola o'qish uchun tanlagan kitobini ochadi, ilovani ishga tushiradi va telefonni tanlagan kitobi sahifasi ustida ushlab turadi.
-
Bizning samimiy avatarimiz bo’lmish virtual “Yulduzcha” qahramoni, hikoyani imo-ishoralar bilan namoyish etadi, ilova esa u ko’rsatayotgan har bir so'zni ajratib ko’rsatadi.
-
StorySign ilovasi bolalar va ularning ota-onalariga birgalikda toki ular imo-ishoralar yordamida o'qish va muloqot qilishni o'rgangunlariga qadar hikoyalarning sehrli olamidan o’rtoqlashishga yordam beradi.
Texnologiya tomonidan ilgari surilgan ijodkorlik
Biz Storysign ilovasini Yevropa karlar ittifoqi, Britaniya karlar Assotsatsiyasi, “Penguin Books” kitoblari nashriyoti va Aardman animatsion kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqdik.
“Penguin Books” nashriyoti bilan hamkorligimiz bolalarning eng sevimli hikoyalarini jonlantirishga imkon beradi. Aardman bilan birgalikda bolalarning sevimli virtual qahramoniga aylanib ulgurgan ajoyib Yulduzcha (Star) ning yuz ifodalari va qo'llarining imo-ishoralarini mukammal yetkazilishini ta'minlash maqsadida harakatlarni o'qish va animatsiya yaratish uchun eng zamonaviy texnologiyalarni qo'lladik.
Karlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda ishlab, biz eshitish qobiliyati past odamlar duch keladigan muammolarni tushunishga va kar bolalarning hayotini haqiqatan ham o'zgartiradigan texnologik yechimlarni topishga muvaffaq bo'ldik. Umid qilamizki, bunday yechim karlar uchun savodxonlik tarixini butunlay o'zgartirib yuboradi.